216
5)
H(x
*
) = H(x) bo’ladigan har qanday
x
*
! = x qiymatini hech qanday
hisob-kitoblar yordamida topish mumkin bo’lmaydi.
Har qanday simvollar ketma-ketligi kabi, elektron raqamli imzoni
hisoblashning formulasini matematik ko’rinishda
quyidagicha tasvirlash
mumkin:
S = F (h(M), Ks)
Bu yerda
M – ma’lumot matni,
Ks – mahfiy kalit,
h(M) –
xeshlashtirish funktsiyasi.
Yuqorida keltirilgan ifodaga ko’ra, elektron raqamli imzoni xosil qilish
uchun boshlang’ich xomashyo sifatida ma’lumotning o’zi emas, balki uning
xeshi olinadi (
ya’ni, ma’lumotning xesh-funktsiya yordamida xosil bo’lgan
natijasidan foydalaniladi). Chunki imzo bilan tasdiqlanuvchi matn kattaligi
noldan to bir necha megabaytgacha bo’lishi mumkin. Ayniqsa mu matn grafik
elementlarga ega bo’lsa, yanada kattalashib ketishi mumkin. Ammo
amaliyotda qo’llaniladigan barcha xeshlashtirish algoritmlari hisob-kitoblar
uchun matnning oldindan belgilangan standart uzunlikda bo’lishini
talab
qiladi. Masalan, Rossiyada ishlatiladigan
ЭЦПГОСТР 34.10-94 algoritmida
bu standart uzunlik 32 baytga teng bo’lishi talab qilinadi. Demak,
xesh -
funktsiya algoritmining hal qilishi kerak bo’lgan asosiy masala - istalgan
uzunlikdagi va hajmdagi ma’lumotdan kerakli uzunlikdagi (
masalan, 32
baytli) sonlar ketma-ketligini hosil qilishdir. Bunday talablarga javob
beradigan xesh-funktsiya algoritmini yaratish unchalik qiyin
ish emas, ammo
bu funktsiya bir qancha talablarga javob berishi kerak. Eng avvalo, xesh-
funktsiya yordamida olingan natija boshlang’ich ma’lumotga birga-bir mos
kelsin va bu natija boshlangi’ch ma’lumotning har qanday o’zgarishida ham
unga yana birga-bir mos kelsin.
Undan tashqari, xesh-funktsiya shunday
hisoblanilishi kerakki, har qanday
M ma’lumot uchun
h(M) =h(M*) bo’lgan
Do'stlaringiz bilan baham: