Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Piramidaning yana bir turi ko’p bosqichli marketing (multi-level 
marketing MLM) deb ataladi. U yuqoridagi piramidadan printsipial jihatdan farq 
qilmaydi, lekin unda nafaqat yangi a’zolar jalb qilinadi, balki biror bir real tovar 
sotilishi xam tashkil qilinadi. Masalan, rasmlar, parfyumeriya maxsulotlari, dietik 
oziq-ovqat maxsulotlari, oziq-ovqatga «qimmatli va foydali» bioqo’shimchalar, 
meditsina preparatlari va xakozolar. Oddiy sotuv shaxobchalarida bunday tovarlar 
unchalik chaqqon sotilmasligi uchun (chunki ular ancha qimmat va unchalik 
foydali xam emas) uni kuchli va ta’sirli reklama asosida piramida a’zolariga sotish 
amalga oshiriladi. Bunda asosiy shart – ma’lum miqdordagi oylik sotuv xajmiga 
erishishdir. Piramida a’zolari distribyuterlar deb ataladilar va sotuvdan tushgan 
mablag’ning bir qismiga egalik qilish xuquqiga egadirlar. Lekin pulning asosiy va 
katta qismi bunday turdagi piramidani tashkil qilgan asoschilar xamyoniga tushadi, 
albatta. Investitsiyalar bilan bog’liq Internet firibgarligi usulida Sizga faqat 
Internet orqali amalga oshadigan va tezlik bilan boyib ketishingizga olib keluvchi 
tadbirda ishtirok etishingiz taklif qilinadi. Masalan, Sizga ma’lum bir miqdordagi 
mablag’ni biror bir ajoyib loyixaga investitsiya qilishingiz so’raladi va oyiga katta 
miqdordagi foiz to’lash va’dasi beriladi. Siz o’z pulingizni jo’natganingizdan so’ng 
ma’lum bir muddatda oyiga foizlarni va’da qilingan miqdorda olib xam turasiz va 
shuning uchun bunga boshqalarni xam jalb qila boshlaysiz. Aslida esa bu loyixa 
fiktiv bo’lib, foizlar xilma xil insonlarning pulini ustalik bilan bir biriga qayta 
jo’natish kombinatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Lekin bir kunmas bir kun 
shunday noqulay vaqt keladiki, Sizning pulingiz ham, foizingiz ham izsiz g’oyib 
bo’ladi. Misol sifatida Pontsi loyixasini keltirish mumkin. U o’z kompaniyasiga 
investitsiya qilishni taklif qiladi va bunga ishonganlarga katta foiz va’da qiladi. 
Investorlarning pullariga esa mazza qilib boy yashaydi. Investorlarning biridan 


226 
olingan mablag’ning bir qismini boshqasiga jo’natib, ularga bergan va’dasini 
bajarib turaveradi. Investorlar ko’plab jalb qilinganda bu tadbir yaxshi ishlaydi
lekin ularning soni juda xam ko’payib ketganda, ularga jo’natish uchun mablag’ 
yetmay qoladi va natijada loyixa xam barbod bo’ladi.
Internet orqali xech qaerda qayd qilinmagan aktsiya yoki boshqa turdagi 
qimmatli qog’ozlar sotib olish xam firibgarliklarning biror bir turiga mansub 
bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Lekin bunday ishlar xam Internet orqali amalga 
oshiriladigan ajoyib biznes deb tushuntirilishi mumkin. Kreditlarni tozalab berish 
takliflari, offshor zonalarda bank operatsiyalarini o’tkazib berish kabi qiziqarli 
takliflar, elektron pochta orqali Siz katta miqdordagi pulni yutganligingiz xaqidagi 
xabarnoma («Siz faqatgina pulingizni sizga jo’natish uchunbizga 10 dollar 
jo’natsangiz kifoya, katta miqdordagi yutuq pulingizni olasiz» degan ajoyib taklif 
bo’ladi) kabi takliflarning barchasi Sizdan ma’lum bir miqdorda pul mablag’i 
undirib olishga yo’naltirilgandir. Boshqa turdagi firibgarliklarga ajoyib dori-
darmonlar, ozuqa moddalari, ozdiradigan preparatlar, uy ofisda bajariladigan ishlar 
taklifi kabilarni kiritish mumkin. Masalan, Sizga uyda o’tirib Internet orqali 
bajariladigan ish taklif qilindi, deylik. Firmaga borganingizda, bu ishga mos 
kompyuter va programmaviy ta’minot sotib olishingiz yoki faqatgina mana bu 
provayderda ishlashingiz so’ralishi mumkin. Demak, bunday firibgarlar Sizga o’z 
maxsulotini yoki xizmatini o’tkazmoqchi, degan xulosa chiqadi albatta. Fosh 
qilingan bir firibgarlikni tavsif etamiz. Bir firibgar o’ziga internet.com degan 
server ochib, uni kompyuter qurilmalari bo’yicha virtual magazin deb atadi va 
undagi tovarlarga juda past baxo belgiladi. Qiziqqan shaxslar unga pul jo’nata 
boshladilar va u ularga talabingiz bajariladi deb javob jo’natadi. Ma’lum bir 
vaqtdan so’ng qurilmalar o’z vaqtida olinmaganligi sababli, talabnoma jo’natganlar 
talablarini rad qilib, o’z pullarini qaytarib ola boshladilar. Firibgar esa bu 
pullarning o’rtacha qiymati o’z bankida turgan vaqti uchun foiz olib juda yaxshi 
xayot kechirgan. Yana bir firibgarlik www.multicredit.gua.net serveri bilan 
bog’liq bo’lib, u Construcredit nomli Gvatemala bankining juda arzon kreditini 
taklif qiladi. Lekin taklif qilingan anketani to’ldirgan biror bir inson kredit 


227 
ololmagan, chunki bu tadbir tashkilotchilari uchun anketa ma’lumotlari kerak 
bo’lgan xolos. Ushbu anketa ma’lumotlari esa boshqa turdagi «antiqa» 
firibgarliklarni amalga oshirish uchun xomashyo rolini o’ynagan. Emigratsiya 
bilan bog’liq firibgarliklarda Internetdan Kanada, AQSh yoki Avstraliyaga viza 
to’g’rilab beramiz, deb taklif qilinadi. Bu shaxslar o’zlarini advokat deb atashadi 
va Sizning cho’ntagingizni yanada engillashtirishga o’z hissalarini baholi-qudrat 
qo’shishga harakat qiladilar. Barcha firibgarliklar bir xil ko’rinishdagi so’zlarni 
ishlatadilar – ya’ni «eksklyuziv taklif», «ajoyib imkoniyat», «shoshiling, vaqt juda 
xam tig’iz», «bunaqasi bo’lmagan» va xakozalar. Bunda asosiy maqsad, diqqatni 
chalg’itish va potentsial mijozning taklifni yaxshilab fikrlab ko’rishidan iloji 
boricha ko’proq chalg’itishdir. Juda katta foyda va barcha kasalliklarga davo 
bo’ladigan preparatlar xaqidagi cho’pchaklar xam ko’pchilik insonlarni ishontiradi. 
Shu yerda bir savol tug’iladi - qanday qilib kompyuter firibgarligini bilish 
mumkin?Internet bilan bog’liq firibgarliklarni aniqlash uchun masalan, 
quyidagilarni xar kim bilishi kerak: 
 Taklif elektron pochta orqali juda ko’p potentsial mijozlarga keladi; 
 Olingan taklifda jo’natuvchining manzili yo’q yoki bo’lsa xam u fiktiv; 
 Sizga kredit kartochkangiz raqamini ko’rsatishni so’raydilar; 
 Sizdan pul jo’natishingizni so’raydilar; 
 Maxsulot yoki xizmatning asosiy ko’rsatgichlari o’rniga «bundan 
millionlar foydalanayaptilar va juda xursandlar» kabi antiqa ma’lumotlar 
jo’natiladi; 
 Bu mahsulot yoki hizmatdan foydalangan insonlarning ajoyib fikrlari 
misol sifatida va jonli ravishda keltiriladi; 
 Taklif juda foydali, qulay va aqlga muvofiq emas.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling