Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Internet magazinlar bilan bog’liq firibgarliklar
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
Internet magazinlar bilan bog’liq firibgarliklar
Internet orqali sizga istalgan narsani sotib olishingiz uchun ajoyib takliflar qilishlari mumkin, ammo bu narsaning qandayligini ko’rish va narsaning ko’rsatgichlarini aniq bilish juda ham qiyin bo’ladi. Ammo internet orqali xarid qilishning bir qancha qoidalariga rioya qilinsa, potentsial firiblar, muttahamlar, tovlamachilar va aldamchilardan samarali himoyalanish mumkin. Masalan, mahsulotga juda ham past narx qo’yilgan va sotuv xaqidagi taklifda sotuvchining manzili va telefoni yo’q. Bundan xulosa qilish mumkinki, sizga yoki qalbaki maxsulot taklif etilayapti yoxud sizning pulingizni o’zingizni rozi qilgan xolda o’marish rejalashtirilayapti. Bunday xolda erinmasdan sotuvchiga qo’ng’iroq qiling va undan sizga ma’lum bo’lgan maxsulotning xususiyatlarini, texnik ko’rsatgichlarini va boshqalarni surishtiring. Agar bu so’rovga noto’g’ri javoblar va tushuntirishlar olsangiz, internet magazindagi xariddan voz kechishingiz mumkin bo’ladi. Undan tashqari, sotuvchi va kompaniya xaqida ko’proq ma’lumotlar yig’ing, uning faoliyati xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishing va shundan so’nggina ushbu internet magazin bilan ishlash kerakmi yoki yo’qligini xal qiling. Tovarni olishda esa kur’yer tomonidan yetkazib berish xizmatidan foydalaning va maxsulotga to’lovni uni olganingizdan so’ng amalga oshiring. Fishing Fishing (inglizcha fishing – baliq ovi) sizning plastik kartangiz ma’lumotlarini o’g’irlashdan foydalangan xolda pul topish bilan bog’liq bo’lgan internet firibgarlik turidir. Buning uchun bir guruh o’zaro kelishib olgan firibgarlar Sizga banklar va to’lov tizimlari nomidan elektron xatlar jo’natadilar. Foydalanuvchiga qandaydir bank sayti bilan aynan bir xil bo’lgan saytga kirish taklif etiladi. Bu bank taklif etayotgan xizmatlardan foydalanishingiz uchun esa 230 sizga plastik kartangiz ma’lumotlarini va pin-kodini ko’rsatish so’raladi. Agar siz bu ma’lumotlarni kiritsangiz, firibgarlar ushbu ma’lumotlar asosida xuddi siznikiga o’xshash kalbaki plastik kartalar tayyorlab, ular yordamida sizning bankdagi pullaringizni o’maradilar. Demak, siz o’z shaxsiy ma’lumotlaringizni firibgarlar ko’rsatgan saytda qoldirib, ularga o’z mablag’laringizni o’z qo’llaringiz bilan topshirasiz-qo’yasiz. Bunday firibgarlikning yana bir turi sifatida fuqarolarning mobil telefonlariga bank nomidan kredit to’lovlari bo’yicha qarzdorlikni to’lash haqida qo’ng’iroq qilinadi. Agar fuqaro ularga bankdan hech qanday kredit olmaganligini bildirsa, «bank xodimi» mojaroga aniqlik kiritish bahonasida undan plastik kartasining ma’lumotlarini ko’rsatishni yoki aniqlashtirishni so’raydi. Agar bu ma’lumotlar oshkor etilsa, plastik kartadagi pullarga firibgarlar biror bir internet magazindan o’zlari uchun kerakli narsalarni sotib oladilar. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, banklar va to’lov tizimlari hech qachon fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini elektron xatlar orqali so’ramaydilar va ularning mobil telefonlari orqali bu ma’lumotlarni aytishni iltimos qilmaydilar. Agarda ularga bunday ma’lumotlar kerak bo’lib qolsa, fuqaro banka shaxsan kelishi taklif etiladi. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling