Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Virusdan foydalanish asosidagi firibgarliklar
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
Virusdan foydalanish asosidagi firibgarliklar
Bunday turdagi viruslarning mohiyati - so’ralayotgan resurslarni nusxalangan fiktiv resurlarga qayta jo’natgan xolda almashtirishdir. Bunday ishlar eng ommabop runet resurslarida – Yandeks, Rambler, Mayl, VKontakte, Odnoklassnikilarda xam amalga oshirilganligi ma’lum. Virus bilan «zararlangan» kompyuterda biror bir resursning adresini tera turib, foydalanuvchi unga aynan o’xshash firibgarlar tomonidan tuzilgan soxta serverga tushib qoladilar va undan tizimga kirish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni kiritish so’raladi (ya’ni, foydalanuvchining login va paroli so’raladi). Adres qatorida saytning aniq nomi yozilgan va tashqi ko’rinish original serverdan nusxalangani tufayli, ko’pchilik foydalanuvchilarda hech qanday shubxalanish yoki gumon paydo bo’lmaydi va ular o’z login va parollarini kiritadilar. Login va parol kiritilganidan so’ng, hisobga olish yozuvini «tasdiqlash» yoki «faollashtirish» uchun minimal narxdagi SMS jo’natish so’raladi. Shunday qilib, firibgarlar nafaqat abonentlar hisob raqamlaridagi mablag’larni yechib oladilar, balki ularning login va parollarini bilgan xolda ular nomidan o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni jo’nata ham oladilar. Masalan, «Tekinga firma nomidan kattagina sovg’a olishingiz uchun 232 bizga 10 dollar yuboring», «Firma tashkil etayotgan lotoreyada ishtirok etish va kompyuter yutib olish uchun 5 dollar yuborishingiz kifoya qiladi», «Kompaniya tashkil etayotgan gumanitar tadbirda ishtirok etish uchun 1 dollar yuborishingiz mumkin» va boshqalar. Virus bilan zararlangan dasturlarni yuklab olish va ishga tushirish uchun foydalaniladigan asosiy mavzular jumlasiga ijtimoiy saytlardagi qo’shimcha funktsiyalar (sovg’alar, VIP-kirish va boshqalar) ni, telefondan SMS ma’lumotlarni o’qib olishni, VKontakte dagi reytingni oshirish, mobil telefon egasining telefoni nomeridan uning qaerdaligini (manzilini) bilib olish kabi qiziqarli takliflarni ko’rsatish mumkin. Ko’rsatilgan ilovaga o’tilgan zahoti foydalanuvchining kompyuteri virusli dasturni avtomatik ravishda ishga tushirib yuboradi. Bunday viruslar bilan zararlangan foydalanuvchilarga maslahat sifatida ko’rsatilgan resurslarga kiriladigan parollarni darhol o’zgartirishni xamda antivirus bazalari yangilangan antivirus dasturlar ishlatishni boshlashni tavsiya qilish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, ommaviy saytlarning resurslari hech qachon tizimda qayd qilingan foydalanuvchidan yana bir marta qo’shimcha avtorizatsiya qilinishni so’rashi mumkin emas. Biz yuqorida ko’rsatgan kabi pul to’lab, SMS jo’natish orqali avtorizatsiya qilish amaliyoti esa hech qanday ommaviy elektron resurslarda mavjud emas. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling