Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Internet tarmogidagi firibgarliklarning turlari
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
Internet tarmogidagi firibgarliklarning turlari
Internetdagi ko’pchilik foydalanuvchilar undan o’zlari uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni qidiradilar, qiziqarli musiqa va filmlarni yozib oladilar, bloglarda yoki turli chatlarda yozishmalar qiladilar, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa insonlar bilan tanishadilar, turli mahsulotlar sotib oladilar yoki hizmatlardan foydalanadilar, 228 qiziqarli saytlarga kiradilar, elektron pochtadan foydalanadilar va shularga o’xshash turli-tuman ishlarni amalga oshiradilar. Lekin kunlardan bir kuni ular juda qisqa vaqtda kattagina pul ishlab olish xaqidagi taklif bilan to’qnash keladilar. Ushbu taklif shunchalik qiziqarli, ishonarli, chiroyli va foydali qilib tushuntiriladiki, internetda ishlovchi oddiy (va laqma) fuqaroning unga ishonmasdan ilojisi qolmaydi. Ozgina pul sarf qilib, kattagina mablag’ ishlab olishga qiziqish shunchalik bo’ladiki, bu inson ko’rsatilgan elektron (yoki pochta yoxud bank hisob raqamiga) manzilga talab etilgan pulni o’tkazadi va chidam bilan yaxshigina daromad olishni kuta boshlaydi. Lekin afsuski, bu birodarimiz qancha kutgani bilan orzu qilgan pulini ololmaydi, firibgar esa unga o’xshash boshqalarni ham chuv tushira beradi. Xozirgi paytda shunga o’xshash firibgarliklar internet tizimida keng miqyosda amalga oshirilayapti va sodda hamda ishonuvchan insonlardan pul olishning yangidan-yangi usullari kashf qilinib, xayotga bemalol tadbiq qilinayapti. Bunday virtual fazo firibgarlarining javobgarlikka tortila olinmasligi, ularning anonim ravishda ishlashi va ishonuvchan insonlarning juda ham ko’pligi bunday «tadbirkorlik faoliyati» ning o’ziga xos yoqilg’isi sifatida namoyon bo’layapti. Ko’pchilik foydalanuvchilar internetda ham xuddi real xayotdagidek qonun va qoidalar amal qilayotganligini tushunmaydilar yoki tushunishni istamaydilar. Agar xayotda kartadan yoki biror turdagi qimordan katta yutuq olish mumkin emasligini ko’pchilik bilsada, ular internetdagi xuddi shunday faoliyat turlaridan katta pul ishlab olish mumkin deb o’ylaydilar. Lekin shuni aniq va ravshan qilib ta’kidlash mumkinki, «tekin ovqat faqat qopqondagina bo’ladi». Xaqiqiy pullarga o’xshash elektron pullar ham xech yerda yo’qdan bor bo’la olmaydilar. Internet esa ma’lumot uzatish va almashinish vositasigina xolos. Pul ishlash uchun asosiy vositalar esa faqatgina qandaydir maxsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatishdir. Bu xolatni internetga tadbiq qilsaq, quyidagini olamiz: internetda pul ishlash uchun unda intellektual mulk yaratish kerak yoki unda ko’pchilik uchun kerakli bo’lgan qandaydir xizmatlar ko’rsatish lozim. Firibgarlik bilan bog’liq bir askiyani keltiramiz: «Endigina ish boshlagan kompyuter xakeri boshqasidan kompyuter forumida suradi: 229 - Menga aytingchi, qanday qilib internetda pul ishlash mumkin? - Menga 20 dollar yuborsang, men senga aytib beraman, - dedi malakali xaker boshlovchi xakerga. - Xozirgina pul yubordim. - Internetda ana shunday qilib pul ishlanadi!» Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling