Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Bulutda ish joyini tashkil qilish


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Bulutda ish joyini tashkil qilish 
Bulut (Cloud) ga nafaqat tizimlar, balki foydalanuvchilarning ish joylari ham 
joylashib oladilar. VDI (Virtual Desktop Infrastructure) lar biznesning raqamli 
transformatsiyasini amalga oshirish paytida IT-ning landshaftini ham o’zgartirib 
yuboradilar. VDI texnologiyasi juda ham yangi emas, u bozorda keng miqyosda 
ishlatildi. Virtual ish joylarining talab qilingan soniga bog’liq ravishda VDI tadbiq 
qilishning uch xildagi stsenariysi mavjud. Ularning ichida eng oddiyyi 20-50 ta 
hodimning ish joyini virtualizatsiya qilishga imkon beradigan kichikrik 
loyihalardir. Bunda biznes jarayonlarda xech nima o’zgarmaydi, chunki bu 
stsenariyda oddiy ish stantsiyalaridagi kabi bir xildagi boshqaruv uskunalaridan 
foydalaniladi. Ammo 200 atrofidagi foydalanuvchilar uchun bunday tizimni 
yaratish ancha murakkab, chuki bunda ishnochlilikka, monitoringga, rezerv 
nusxalashga va funktsionalga bo’lgan talablar paydo bo’ladi. Lekin 
foydalanuvchilarning ish joylari 2000 tadan ortiq bolsa, yana bir qancha 
muammolar paydo bo’ladi, chunki bunda VDI talabchan biznes ko’rinishidagi 
servisga aylanib qoladi hamda tadbiq etilayotgan tizimning katastrofalarga 
nisbatan chidamli bo’lishi talab qilinadi. Infosistem Djet kompaniyasida amalga 
oshirilgan yirik loyihalarning birida tizimning katastrofaga chidamliligiga aktiv va 
passiv rejimda ishlaydigan SOD lar orqali erishilgan. Asosiy SOD da ishlash 
imkoni bo’lmaganda Citrix NetScale Global balansirovkachi foydalanuvchilari 
rezerv SOD ga ulab turgan. Boshqa bir loyihada esa SOD lar parallel ishlganlar, 
eng kritik ish joylarining katastrofalarga chidamliligi esa taqsimlangan klaster 
yordamida amalga oshirilgan. Foydalanuvchilar ham o’z navbatida yangi 
texnologiyaning afzalliklarini tushuna boshladilar. VDI ishlatilishi tufayli bulutli 
platformalarni yaratish va yangilashni bir namunadan foydalangan xolda amalga 
oshirish, ish joylarini tashkil qilishni soddalashtirish va bir qancha fizik ish 
stantsiyalarini nozik mijozlar uchun ajratish mumkin bo’ldi. Bu ayniqsa, bir 
qancha moliyaviy tashkilotlarni o’ziga integratsiya qilgan va meros sifatida turli-
tuman texnikalarga hizmet ko’rsatishi kerak bo’lgan banklar uchun mo’ljallangan 
loyihada muhim ahamiyat kasb etdi. VDI lardan foydalanish bir qancha 


357 
muammolarni hal qilish imkonini yaratdi va kompaniyaga yangidan qo’shilgan 
tashkilotlarning xodimlari qiyinchiliklarsiz standart ish joylariga o’tdilar. VDI 
larning yaqin kelahakda o’zgarishiga ilib keladigan tendentsiyalar jumlasiga 
quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Ularning birinchisi, virtual stantsiyalar ichdagi 
grafikaning tezlashishi, unga 3D-tizimlarning, grafik tahrirlagichlarning, 
mul’timediya uskunalarining, HD imkoniyatlarning markaziy protsessorga ishni 
kamaytirish maqsadida qoshilishi. Bular katta hisoblash resurslarini talab qiluvchi 
dasturlar ishga tushirilganda vujudga keladigan muammolarni hal qilishga yordam 
beradi. Ikkinchi tendentsiya – mobil qurilmalar soning ko’payishi va ularni 
ishlatish uchun bulut (cloud) dan foydalanilishi. VDI texnologiyasi yordamida 
mobil qurilmalar eskirib qolgan ilovalar bilan ham ishlash imkoniyatiga ega 
bo’ladilar va o’zlari ham dunyoning istalgan nuqtasidan korporativ ilovalarga kira 
oladigan nozik mijoz bolib qoladilar. Uchinchi tendentsiya – hisoblash resurslari 
va ma’lumotlarni saqlash tizimlaridagi hususiyatlarni bir vaqtning o’zida amalga 
oshira oladigan giperkonvergent tizimlarga bo’lgan qiziqishning ortishi. Chunki bu 
hususiyat 
gorizontal 
chiziqli 
mashtablashtirishni 
kafolatlab 
beradi. 
Giperkonvergent tizimlar biznesning o’sish bosqichida hisoblash quvvatlarini tezda 
ko’paytirish imkoniyatiga ega bo’lish maqsadida shaxsiy va gibrid bulutlar yaratish 
uchun juda qulaydir.
Shaxsiy, korporativ va ommaviy bulut (cloud) larning o’ziga yarasha 
koamchililari va afzalliklari mavjud bo’lib, ularning har brining o’z ishlatilish 
joylari bor albatta. Jahon miqyosida esa ommaviy bulutlar ko’proq rivojlanayapti. 
Konvergent tuzilmalarda hosil qilinadigan gibrid bulutlarning rivojlanishi 
an’anaviy ilovalarda ko’proq ishlatilayapti. Dell EMC kompaniyasi 
mutaxassislarining fikriga ko’ra esa hozirgi davrda korporativ yechimlarning eng 
ommabop yo’nalishi tayyor cloud infratuzilmasini sotib olish va uni o’rnatib 
ishlatish bo’lib qoldi. CAGR kompaniyasining bashoratiga ko’ra, yaqin besh yilda 
konbergent va giperkonvergent infratuzilmalarga bo’lgan sarf-harajatlar 10% ga 
oshishi mumkin ekan. Bulut (Cloud Native) da ishlatish uchun mo’ljallangan 
ilovalarning keng miqyosda ishlatilishi turli xildagi tizimlar uchun raqamli 


358 
transformatsiya talablaridan biridir. Zamonaviy infratuzilmalarga bo’lgan 
talablardan 
boshqalari 
– 
flesh-tizimlardan 
foydalanish, 
gorizontal 
mashstablashtirish imkoniyati, ishonchlilik, havfsizlik, chidamlilik va dasturiy 
aniqlaniladigan 
yechimlardan 
foydalanishdir. 
Bulutli 
gibrid 
arxitektura 
provayderning ommaviy bulutini hamda mijozning shaxsiy bulutini ishlatishni 
ko’zda tutadi. Bunda konvergent infratuzilma data markazni tashkil qilishni eng 
qisqa yo’lidir. Agarda mijozga hozircha kamroq hisoblash quvvatlai kerak bo’lsa, 
u oldin bir modulda ishlab turadi va keyinchalik talablari oshgan holda o’z 
infratuzilmasini kengaytira boradi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, yangi dunyo – mobil dunyodir va bu 
raqamli transformatsiya dunyosida hodimlar doimo bir joydagi ofisda 
o’tirmaydilar, ammo ular har doim aloqada bo’lishlari lozim. Bu mobil dunyo va 
mobil qurilmalar biznes uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratishi bilan birga 
havfsizlik bo’yicha ham bir qancha muammolar yaratadi. Havfsizlik siyosatini 
boshqarish uchun mo’ljallangan tizimlarni MDM (Mobile Device Management
deb nomlanadi. Bu muammoni hal qilish uchun Samsung kompaniyasi o’zining 
barcha planshetlari va smartfonlarini 2017 yildan boshlab Knox deb nomlangan 
korporativ ma’lumotlarni himoya qilishning apparat platformasi bilan ta’minladi. 
Mahsus registr operatsion tizimda ruxsat berilmagan o’zgarishlar bo’ldimi yoki 
yo’qligini aniqlaydi va agar bunday o’zgarishlar bo’lgan bo’lsa, u darxol bunday 
o’zgarishlarni yo’qqa chiqaradi. Kompaniyaning Knox Workspace deb 
nomlangan alohida mahsuloti esa o’ziga hos ishchi konteyner bo’lib, korporativ 
ilovalarni shaxsiylaridan ajratib turadi. Bu konteyner xodimning shaxsiy mobil 
telefoniga o’rnatiladi va faollashtirilib, korporativ MDM vositasida boshqariladi. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling