Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


 3D-printerlar vositasidagi elektron biznes


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

4.5. 3D-printerlar vositasidagi elektron biznes 
Ishlab chiqarishda raqamli innovatsion texnologiyalarni, ayniqsa, zamonaviy 
3D-printerlarni qo’llash shu qadar keng va katta miqyosli masalaki, uni biroz 
yoritish uchun ham ushbu kitobdagidan ko’ra ancha ko’proq sahifalar zarur bo’lar 
edi. Shuning uchun ham biz bu bo’limda xozirgi paytda shiddat bilan 
rivojlanayotgan faqatgina bitta zamonaviy innovatsion texnologiya – 3D-
innovatsion texnologiyalarning qo’llanilish ko’lami haqidagina qisqacha to’xtalib 
o’tamiz. Ko’pincha bu haqda gap ketganida ko’pchilik 3D-ko’zoynaklarni eslay 


193 
boshlaydi. Ammoxozirgipaytda3D-skaner, 3D-audio, 3D-video, 3D-shuter, 3D-
tovush, 
3D-rasmyokitasvirva3D-
printerdegantushunchalarhamshiddatbilanhayotimizgakiribkeldi. 
3D 
atamasi 
inglizcha 3d – three dimensional (uch o’lchamli) ma’nosini anglatadi. 3D-
printerlarning ishlash tomoili istalgan predmetning nushasini biror bir materialdan 
foydalangan xolda qavatma-qavat usulda printerda yaratishni (yasashni) anglatadi. 
Ya’ni, 3D-printerning ishlashi natijasida biror bir ob’ektning fizik nushasi paydo 
bo’ladi va uni ushlab ko’rish yoki undan qandaydir maqsadlarda foydalanish 
mumkin bo’ladi. Uch o’lchamli pechat g’oyasi oldingi asrning 80-yillarida aytilib, 
bu yo’nalishdagi birinchi natijalar 90-yillarning oxirlarida olingan edi. Birinchi 
3D-printer AQSH ning Massachusets texnologiya institutida ishlab chiqilgan 
bo’lib, xozirgi paytda uning juda ko’p turlari va modellarining uy sharoitida 
ishlatiladigan ixcham turlari ham mavjud. Narxlari ham qanday turga mansubligiga 
qarab, 600 dollardan 20 million dollargacha boradi. Ularni internetdan zakaz qilib 
olish imkoniyatlari ham bir talay. 3D-printerda pechatlash printsipi ham juda 
oddiy: ob’ekt yaratilishi uchun kerakli bo’lgan xomashyo (masalan, ABS-plastik 
yoki gips) pechat qiladigan kallakdan (katridjdan) o’tadi va kerakli darajagacha 
isitilib, ob’ekt yasaladigan platformaga ob’ektning 3d-informatsion modeliga mos 
ravishda qavatma-qavat kompyuter boshqaruvida solinadi. Ob’ektning 3d-
informatsion modeli esa global internet tarmogi’dan olinishi yoki raqamli3D-
skanerlar vositasida osongina xosil qilinishi mumkin. Demak, bu ish amalga 
oshishi uchun har qanday pechat qilinadigan ob’ektni 3D-printer uning information 
modeli va dasturiy ta’minot (masalan, 3D MAX dasturi) yordamida bir qancha 
qavatlarga bo’lib chiqadi. Hisob-kitobdan so’ng, 3D-printer monitorida ob’ektning 
og’irligi qancha bo’lishini, pehchat qancha vaqt davom etishini va ob’ektning 
ko’rinishi qanday bo’lishini bilish hamda uning 3D ko’rinishdagi rasmini olish 
mumkin bo’ladi. 3D-printer ishga tushgandan so’ng, biroz vaqt o’tgach, uning 
platformasida ob’ektning aynan fizik nushasini olish mumkin bo’ladi. Biz uchun 
eng zarur yumush – printerda yasalishi kerak bo’lgan ob’ektning information 
modelini olishdir yoki uni kerakli dasturiy ta’minotdan foydalandan xolda 


194 
tuzishdir. Qolgan barcha ishni 3D-printening o’zi avtonom ravishda bajaradi. 3D-
pechat uchun kerakli bo’lgan information modellarni internetdan topib, yuklab 
olish yoki maxsus 3D-dasturlar yordamida ularni yaratish mumkin. Raqamli3D-
printerlarning tobora ommabop bo’lib ketishiga sabablar bir talaygina: 
Xomashyo materiallarni topish osonligi; 
Printerlarni ishlatish nisbatan qulayligi; 
Ishonchlilik va yaratilayotgan ob’ektlarning mustahkamligi; 
Bajarilayotgan ishning ekologik talablarga jabob berishi; 
Fizik model yaratish jarayoning narxi unchalik qimmat emasligi. 
Xuddi shuning uchun ham 3D-printerlarda yasaladigan ob’ektlarning narxi 
boshqa usullarga nisbatan bir necha barobar arzon bo’ladi. Shu tufayli 3D-
printerlar quyidagi yo’nalishlarda tobora keng miqyosda qo’llanilayaptilar: 
 Mashinasozlikda va ob’ektlarning prototiplarini yaratishda; 
 Arxitektura yumushlarida va dizaynlashtirishda; 
 Modellashtirishda hamda turli xildagi mashina va agregatlarni 
loyihalashda; 
 Tibbiyotda va stomatologiyada turli xil organlarni yaratish va ularni 
sinab ko’rishda; 
 Muhandislik ishlarida turli xildagi uskuna va ob’ektlarning nushalarini 
hosil qilishda; 
 Qurilishda va uning uchun kerakli bo’lgan turli inter’erlar hamda 
exter’erlarni yaratishda; 
 Kino va mul’tfilmlar ishlab chiqarishda personajlar yaratish va ularni 
suratga olishda; 
 Avtomobilsozlik, samolyotsozli va kosmik sanoatda turli xil zahira 
qismlarni ishlab chiqish va ularni sinab ko’rishda; 
 Turli xildagi va ko’rinishdagi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda; 
 Bolalar uchun turli o’yinchoqlar ishlab chiqarishda. 
Shuning uchun ham 3D-printerlar texnologiyalari yil sayin rivojlanib, 
qo’llanilish sohasi tobora kengayib bormoqda. Ilmiy xodimlar turli xil inson 


195 
organlarini ham 3D-printerda yaratish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. 
Kosmik agentlik NASA esa fazogirlar uchun kerakli bo’lgan turli xildagi ehtiyot 
qismlarni va ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlarini 3D-printerda yaratish ustida ilmiy 
izlanishlarni jadallashtirmoqdalar. Bir qancha avtomobilsozlik firma va 
samolyotsozlik kompaniyalari o’zlari ishlab chiqarayotgan avtomobil va 
samolyotlarning bir qancha oddiyroq qismlarini xozirdayoq 3D-printerlarda 
yasayaptilar hamda bundan katta iqtisodiy samara ko’rayaptilar. Gollandiyada esa 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling