Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
Bloomchain ning boshqa ishtirokchilari ham banklar ichida byurokratiyaning juda
yuqori darajada ekanligini va bu xolat tashqi innovatsion kompaniyalar bilan ishlashni ancha murakkablashtirishini bildirdilar. FinTex startap yillar davomida katta banklar bialn muzokaralar olib borib, yangi moliyaviy loyihaga rozilik olishi mumkin, ammo shartnomaga imzo qo’yish paytida bankning yuristi loyihaga qarshi chiqishi mumkin. Bu esa barcha ishning amalga oshmasdanoq, barbod bo’laganini anglatadi. Lekin mamlakatimizdagi banklarning ish sharoitlari ancha o’zgarib, liberallashib, innovatsiya va investitsiyalarga keng yo’l ochilayotgani tufayli, yaqin yillar ichida xolat tubdan o’zgarishiga umid qilish mumkin. 379 Moliyaviy texnologiyalarni respublikamizda keng miqyosda rivojlantirsh uchun to’siq bo’lib turgan faktorlardan biri – bu saha bo’yicha yuqori malakali professor-o’qituvchilar va kadrlarning yetishmasligidir. Yaxshi mutaxassislar ko’pchilik xollarda turli-tuman vajlarni ko’satgan holda chet ellarga ketishga harakat qiladilar. Qolgan malakali mutaxassislarni esa O’zbekistonda ishlayotgan chet el kompaniyalari va tashkilotlari ko’proq maosh va yaxshi ish sharoitlari taklif qilgan holda ishga oladilar. Kichik kompaniyalar va davlat toshkilotlari esa ular bilan bu yo’nalishda raqobat qila olmaydilar. Hozirgi kunlarda yaxshi mutaxassislar uchun ish haqqi ancha katta bo’lgani uchun, startaplar loyihani amalga oshirish uchun endi ishni boshlagan yosh kadrlarni yoik frilanserlarni ishga jab etishlari mumkin. Ammo ularning ishlarini nazorat qilish va xatolarini to’g’rilash uchun juda bo’lmaganda bitta tajribali mutahassisni jab qilish kerak bo’ladi. Bunda boshqa muammoga ham duch kelish mumkin – yaxshi dasturchini tayyorlab bo’lganingizdan so’ng, uni boshqa bir kompaniya ilib ketishi ham mumkin. Bizningcha mutaxassislari kompaniyada ushlab turish uchun ularga motivatsion paketlar taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, ular uchun aktsiyalar, optsionlar yoki loyihadagi ma’lum bir qism mulk sifatida berilishi mumkin. Ba’zi bir ekspertlar fintex-startaplarning muammolari ichida tarmoqni Markaziy Bank qattiq nazorat qilishi tufayli kelib chiadi deydilar ham. Hozirgi davrda huddi shu tashkilot bizda bozorning o’rnini egallagan va shu sababli ham bizda fintex industriyaning erkin rivojlanishi uchun imkoniyat ancha past darajada. Yana bir muammo – banklarning ham yangi texnologiyalar yaratishdan cho’chishi, ya’ni, ular “Markaziy bank bunga nima der ekan?”, - deb hadirsiraydilar. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling