Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

CORREQTS 
ko’pchilik banklar tomonidan 
foydalaniladi. Bu tizimdan, masalan, Sberbank, Rayffayzenbank, Nordea Bank


383 
Kredit Evropa Bank, Bank Kredit Swiss va boshqalar foydalanadilar. Shunday 
qilib, zamonaviy bosqichda bank sektori rivojlanishining asosiy tendentsiyasi 
raqamli bankingning to’la-to’kis kontseptsiyasini yaratishdir. Bunda quyidagi 
tashkiliy bosqichlarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin:

Raqamli kanallarning o’zaro muloqotini yaratish (internet-banking, mobil 
bank); 

Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda raqamli mahsulotlarni hayotga 
tadbiq qilish (on-layn rejimida kirish parollarini olish, ma’lumotlarni 
elektron ko’rinishga keltirish); 

Barcha operatsiyalarni to’liq raqamlashtirish (Big Data, Android Pay); 

Sun’iy intellectdan foydalanish asosida mijozga fokuslangan modellar 
qurish. 
Ushbu bosqichlarni amalga oshirish natijasida banklar on-layn transformatsiyaga 
uchrashi, yangi to’lov usullarining paydo bo’lishi va mijozlarning bank bilan 
boshqacha muloqot usullari yuzaga kelishi mumkin. Bank biznesidagi bunday 
yangiliklar kredit tashkilotlarining faoliyatida ham, ularning iqtisodiy havfsizligini 
ta’minlashda ham bir qancha katta o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Raqamli 
banking sharoitlarida iqtisodiy havfsizlikni ta’minlash uchun, bizning fikrimizcha, 
quyidagi tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi: 
 Dasturiy mahsulotlarni doimiy ravishda ishlab chiqarish va yangilash
 Markazlashgan ma’lumotlar bazasini yaratish; 
 Kredit tashkilotlarning iqtisodiy havfsiligini ta’minlash uchun qonuniy va 
normativ-xuquqiy asoslarni mukammallashtirish; 
Iqtisodiyotni rivojlantirish doimo yangi texnologiyalar asosida amalga oshadi 
va shuning uchun ham zamonaviy ilmiy-texnik inqilob sharoitlarida bank sektori 
bu borada ilg’orlardan biri bo’lib qoldi. RIA Reyting agentligi ekspertlarining 
fikriga ko’ra, kelajakda aynan bank sektori kapitalning asosiy manba’i bo’lib 
qoladi. Rossiya bank sektorining foydasi esa, ba’zi bashoratlarga ko’ra bir trillion 


384 
rublga yetishi mumkin. Shuning uchun ham katta moliyaviy yo’qotishlarning 
oldini olish uchun raqamli banking kontekstida kredit tashkilotlarining samarali 
havfsizlik tizimini yaratish talab etiladi. Yuqorilardan kelib chiqqan holda, raqamli 
iqtisodiyot sharoitlarida banklarning havfsiz va to’xtovsiz ishlashini ta’minlash 
bo’yicha quyidagi tadbirlarni hulosa sifatida keltirishimiz mumkin: 
1. Raqamli iqtisodiyotga o’tish sharoitlarida kredit tashkilotlarining iqtisodiy 
havfsizlik darajasini oshirish eng birinchi navbatdagi ishlardan biridir; 
2. Raqamli banking bank iqtisodiy havfsizligi tizimida zaruriy elementlardan 
biri bo’lib qoladi; 
3. Raqamli banking – moliyaviy sektorning rivojlanish yo’nalishi bo’lib, 
zamonaviy analitika vositasida turli hildagi chakana bank hizmatlarining 
raqamli transformatsiyasiga olib keladi, turli darajadagi kredit tashkilotlari 
orasidagi hamkorlikni rivojlantiradi va eng yangi ilg’or texnologiyalar va 
raqamli innovatsiyalarning bank sektoriga kirib kelishiga sabab bo’ladi.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling