Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)


Download 3.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/53
Sana26.10.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1723599
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.

darvozalar
o'rnatilgan. Lager joyla- 
shishiga qarab himoya to‘siqlari bilan o‘ralgan. Osur- 
larning bu ko'rinishdagi harbiy qarorgoh - lager quri-
53


lishi tuzilmasi boshqa xalqlar, jumladan, keyinchalik 
rimliklar tomonidan o'zlashitirib olingan.
Osur podsholari armiyani yuqori sifatli qurol-yarog‘ 
bilan ta’minlashga katta e’tibor berganlar. Osur armiya­
si o‘sha vaqtda qurol-yarog‘ bilan eng yaxshi ta’minlan- 
gan armiya bolgan. Osuriya armiyasida bir xil turdagi 
qurol-yarog' joriy qilingan. Armiya uchun davlat us- 
taxonalarida o‘z davriga nisbatan qurol-yaroglar yuqori 
sifatli tayyorlangan. Osuriya armiyasida sovut, qalqon 
va dubulg‘alar bolgan. Qurol ustaxonalarida metall o‘q, 
uchli kamon, sopqon, jez uchli kalta nayza, sovut, qi- 
lich, xanjar, temir qoplangan yo‘g‘on yog'och tayoq ham- 
da jang aravalari, otning egar-jabduqlari, qamal uchun 
turli mexanizm va moslamalar tayyorlangan.
Arxeologik qazishmalar vaqtida Sargon II ning (mil. 
aw . 722-705-yillar hukmronlik qilgan) saroyidan 
juda ko‘p qurol-yaroglar topilgan. Osur podsholari 
Sinaxxerib, Asarxaddon tomonidan (mil.aw. VII asr) 
«qora boshlilami qurollantirish uchun otlar, xachirlar, 
eshaklar, tuyalar, jang aravalari, yuk arava va oddiy 
aravalar, gllofdonlar, o'qlar, kamonlar, har turli as- 
bob-anjomlar hamda ot-xachirlarning egar-jabduqla- 
rini yana qabul qilish uchun» Nineviya shahrida chi- 
nakam aslahaxona, ya’ni «shu narsalarning hammasi 
saqlanadigan saroy» qurilgan.
Birinchi marta «muhandislik» askariy qismlari 
ham Osuriyada paydo bolgan, bu askariy qismlar- 
dan toglardan y o l ochish, oddiy va ponton ko'prik- 
lar hamda askarlar uchun lagerlar qurishda foydala­
nilgan. Saqlanib qolgan tasvirlar qadimgi Osuriyada 
istehkomlar qurish san’ati o ‘sha zamon uchun g'oyat 
yuksak darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi.
Bir qancha joylarda, jumladan, Zanjirlida (hozir­
gi Turkiya hududi) topilgan qal’alarning hozirgacha 
saqlanib qolgan xarobalari qadimgi Osuriyada qal’a 
qurish texnikasi g'oyat yuksak darajada bolganidan 
dalolat beradi. Osuriya davlati mamlakatni strategik
54


jihatdan muhim bolgan hududlari va chegara vilo- 
yatlarida to‘rt tomoni qalin devorlar va minora (qoro- 
vulxona)lar bilan mustahkamlangan doimiy qal’a-is- 
tehkomlarni yuqori darajadagi muhandislik san’ati bi­
lan qurganlar. Bunday nihoyatda mustahkam, ishg'ol 
qilish mumkin bolmagan qal’alar to'rtburchak yoki 
doira shaklida bolgan. Qal’a - mudofaa istehkomlar 
qurish texnikasini eronliklar osurlardan oYganganlar, 
so'ngra u eronliklardan qadimgi rimliklarga otgan.
Harbiy yurish vaqtida Osuriya armiyasida yer qa- 
zish, yol, ko'prik qurilishi va boshqa ishlami baja- 
radigan alohida muhandis qismlari mavjud bolgan. 
Armiya ixtiyorida shahar-qal’alarning devorlarini bu­
zish uchun taranlar, qamal minoralari va shturm nar- 
vonlari
bolgan. Daryodan askarlaming o'tishi uchun 
charm meshlar bolib, ulardan askarlar daryodan ke- 
chib o'tishda foydalanganlar hamda ular yordamida 
sol va suzuvchi ko'priklarni qurganlar.
Osuriyada yaxshi qurilgan yollar katta strategik 
ahamiyatga ega bolgan. Osur muhandis qismlari har­
biy yollam i qurish va ta’mirlashda tosh va yog'ochdan 
unumli foydalanganlar. Harbiy maqsadlar uchun foy- 
dalaniladigan yollam i qurish va ta’mirlash armiya zim- 
masiga yuklangan. Osurlaming bu tajribasidan keyin- 
chalik rimliklar foydalanganlar. Qadimgi Rimda barsha 
yollar rim armiyasi tomonidan barpo etilgan. Osuriya­
da strategik ahamiyatga ega bolgan yollam i maxsus 
harbiy bolinmalar qo'riqlagan. Yollarda pochta va sig­
nal bolimlari harbiy aloqani ta’minlash vazifasini ota- 
gan. Yollar birinchi navbatda armiyaning jangovar tay- 
yorgarligi, qo'zg'olonlami zudlik bilan bostirish uchun, 
har qanday qo'shni davlat hujumidan o‘z vaqtida xabar 
topib himoyalanish maqsadida tezkor aloqani amalga 
oshirish vositasi bolgan. Bundan tashqari, Osuriya old 
Osiyda asosiy xalqaro savdo yollariga egalik qilgan. Bu 
yollaming xavfsizligini ta’minlashga ham yuqori dara- 
jada e’tibor berilgan.
55


Har bir askar mudofaa inshooti, yo‘l qurulishi va 
qal’alami buzish uchun uzun yog'och sopli jez chokich 
va temir bolta olib yurishga majbur bolgan. Qurol-ya- 
rog‘ va oziq-ovqat zaxirasi podsho harbiy omborlarida 
saqlangan.
Osuriya askarlarining qalqonlari har xil shaklda: 
yengil aylana shaklidan boshlab toVtburchak yoki 
to‘g‘ri burchakli qilib egilgan. Askarlar balandlikda hu- 
jumdan himoya qilish uchun undan foydalanganlar.

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling