Ravshan rajabov qadimgi sharq harbiy san’ati yangi asr avlodi toshkent 2018 uo‘K: 94(100) (075)
Download 3.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi sharq harbiy san\'ati. Rajabov R.
Harbiy dengiz floti.
Boshda Osuriyada deyarli dengiz floti bolmagan. Harbiy yurishlar paytida dar- yolami kechib o'tishga ham to‘g‘ri kelgan. Armiya suv havzasini teriga havo toldirib suzib o“tgan. Otlar esa o'zlari suzib o'tishgan. Keyinchalik Osuriya o‘z dengiz flotini qurishni bosh- laydi. Ko'pincha Osuriya boshqa mamlakatlaming, bi rinchi galda, kemasozlik, dengizchilik yuqori darajada rivojlangan, qudratli savdo flotiga ega bolgan Finiki- yaning dengiz flotidan foydalangan. Osuriya Finikiya kemasozlariga harbiy kemalami qurishga buyurtma bergan. Bu kemalar raqib kemasiga taran zarbasi be- rish uchun o4:kir burunli qilib yasalgan. Eshkakchilar ikki qavatda joylashgan. Kemalar Dajla va Frotda qu- rilib, Fors qoltig'ida suvga tushirilgan. Osur podshosi Sargon Kipr oroliga kuchli harbiy dengiz ekspeditsiyasini tashkil qilganda Finikiya dengiz flotidan foydalangan. Finikiyaliklar dengizchilik sohasi- da mohir bolganlari uchun ular butun old Osiyoga o‘z kemalari, dengizchilari, kemasozlari bilan turli shartlar asosida o'zlari uchun foydali shartlarda xizmat ko‘r- satganlar. Sinaxerib podsholigi davrida Eron qoltigl- ga flot jo'natilishi Osuriya yozuvlarida juda mufassal tasvirlangan. Shu maqsad uchun zarur bolgan kema lami Nineviyada Finikiya kemasoz ustalari qurgan. Bu kemalarga Tir, Sidon va Ioniyadan keltirilgan tajribali dengizchilar xizmat qilgan. Bu kuchli flot Tigr daryosi- ning quyi oqimi bilan Opisga jo'natilgan. Shundan ke- yin kemalar quruqlikdan sudrab o'tilib, Araxtu kanaliga tushirib yuborilgan. Frot daryosiga yetgach, kemalarga Osuriya harbiy armiyasi, qurol-aslaha, oziq-ovqat ort- tiriladi. Bu kuchli harbiy flot osur harbiy maqsadlarini bajarish uchun Eron qoltiglga jo'nab ketadi. 48 Ashshurbanipal hukmronligi davrida (mil. aw. 669-626-yillap) Osuriya Fors qo'ltig'ida o‘z hukmron- ligini mustahkamlash uchun Eron qoltig'ida flot qu- rishga harakat qilganlar. Ammo bunda ham Finikiya kemasozlarining yordamisiz ish bitmagan. Dengizbo“yi Xaldeyasidagi osur bosh qo'mondoni Belibni Ashshur- banipalga yozgan maktublaridan birida kemalar qu- rish uchun finikiyaning Sidon shahridan 20 ta mohir kemasoz ustalami yuborishni so'rab murojaat qilgan. Osuriya davlati yaratilgan davridan toki o'zining halokatigacha bolgan uzoq asrlar davomida uzluksiz istilochilik urushlari olib borgan. Osuriyaning siyosa- ti urush edi, bu qonli istilochilik urushlari davomida Osuriya old Osiyoda eng kuchli harbiylashgan davlat- ga aylandi. Osuriya harbiy san’ati o‘sha davr uchun nihoyatda mukammal rivojlangan.Osuriya lashkar- boshilari dushmanga to‘g‘risidan va yon tomonidan hujum qilish usulini qollagan. Front bo^lab keng hu- jumga o'tishda bu usullaming har ikkalasini ham bir- yo la qollashni bilganlar. Ko'pincha, osuriyaliklar turli harbiy hiylalarni ham ishlatganlar. Chunonchi, ular dushmanga kechasi hujum qilganlar. Dushmanni qi- rish taktikasi bilan birga, tinkasini quritish taktika- sini ham qollaganlar. Shu maqsadda dushmanning barcha kommunikatsiyalaridan ajratib qoyish, uni suvdan, oziq-ovqat keltirish va harbiy yordam olish imkoniyatidan mahrum qilish uchun harbiy qismlar qamal qilingan dushman shaharining barcha darvo- zalarini, suv manbalarini, quduqlarni, daryolai'dan kechib o‘tiladigan joylam i egallab olganlar. Osur armiyasi istilochilik urushlarida dushmanga yashin tezligida hujum qilib, dushmanni o‘zini o'nglab olishiga imkon bermay, tor-mor qilish taktikasini qol lagan. Ashshurbanipal (eramizdan awalgi VII asrda) Elam mamlakatini bir oy ichida bosib olgan. Osuriya armiyasi jangda qattiq zarba berib, dushman ketidan jadal va shiddat bilan quvib borib, uni yo‘q qilgan. 49 Osurlar birinchi galda qo'shni mamlakatlarning eng muhim shahar va hududlari, savdo yollarini bosib olish- ni, shuningdek, oljalar va asirlar qolga kiritishni ko‘zda tutib urush olib borganlar. Qolga tushgan asirlami esa, odatda, qullarga aylantirib, bir qismi sotib yuborilgan. Osur podsholarining g'olibona harbiy yurishlarini hikoya qilgan bizgacha yetib kelgan yozuvlarida urushlarda olingan oljalar batafsil tasvirlanadi. Masalan, podsho Sinaxxerib Bobildan 208 ming asir, 720 ta ot va xachir, 11073 eshak, 5230 tuya, 80100 buqa va sigir, 80600 bosh qoy va echki haydatib keltirgan. Urushda qolga tushirilgan oljalami podsho, odatda, ibodatxonalarga, shaharlarning boshliqlari, podsho ayonlari va askarlar- ga taqsimlab bergan. Oljaning katta qismini, albatta, podsho o'ziga olib qolgan. Osuriyaliklaming yana bir harbiy strategik taktikasi bu - dushmanni terror qilish usuli, ya’ni istilo qilinayot- gan mamlakat aholisini va armiyasini dahshatga solib qo‘rqitish bolgan. Osur armiyasi old Osiyoda ozining shafqatsizligi bilan tanilgan. Maglub bolgan dushman qoziqqa o'tqazilgan, tiriklay terisi shilib olingan, bumi kesilgan, bosh terisi shilib tashlangan. Mil. aw. XIV asr boshlarida podsho Salmanasar I old Osiyoda osur- laming azaliy raqibi bolgan xett armiyasiga qaqshat- qich zarba bergan. Xett armiyasining katta qismi asirga tushgan. Salmanasar I asirlardan 15 mingtasini ko'zini ko‘r qilgan. Osur askari bosib olingan mamlakatdagi erkaklar, ayyollar va bolalami oldirishdan toymagan. Homilador ayollar va go'daklar shafqatsizlarcha oldi- rilgan. O'sha davrdagi odatga ko'ra bosib olingan sha har aholisining bir qismi oldirilgan, qolgan qismi asir ga olinib, qul qilib sotib yuborilgan. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling