Raximov A. 2020 y 2020 yil
Kafеdra mudiri: _____________ Salоxiddinova D.Z
Download 62.17 Kb.
|
lotin Архитектуравий бионика 2020 бак (1)
Kafеdra mudiri: _____________ Salоxiddinova D.Z
Fanning ishchi o’quv dasturi «Arxitеktura» fakultеti kеngashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan ( 2020 yil «____»__________dagi «_____» - sonli bayonnoma). Fakultеt ilmiy kеngash raisi: ____________ Abduraimov M.R. Kеlishildi: Institut o’quv bo’limii boshlig’i: ________Axunjanov A. KIRISH Bionikaning predmeti deb quyidagilarga aytiladi: turli murakkablikdagi biologik ob'yektlar, hujayralardan tirik organizmlar va ularning populatsiyaldarigacha, struktura va ishlashini o’rganish, bundan maqsad yangi mukamalroq texnik qurilmalarini yaratish va biologik va texnik elementlarning hususiyatlarini optimal qo’llayotgan, yagona bir maqsadga yo’naltirilgan ahloq funksional tizimini biotexnik komplekslarini sintez қilishdir. (Ta'rif “Bionika-75” nomli 1-Xalqaro konferensiyada qabul qilingan,1975 y., Varna, Bolgariya) Arxitekturaviy bionika – bu ijtmoiy talablardan mos keladiganini aniqlaydigan tabiiy shakllarni cheksiz hazinasini o’rganishdir, bionik prinsiplar va ularni arxitekturaviy-biologik integratsiyasini moddellashtirishdan boshlab to’g’irlangan arxitekturaviy modellashtirishgacha, bulardan esa arxitekturaviy-bionik amaliyotni ijodiy rivojlanishigacha. Arxitektor tabiyatda kechadigan ob'yektiv qonunlarga amal qilishi zarur, bu yerda masalaning yakuniy va umumqamraydigan yechim formulasi biologik qonundir – “funksiya va shakl yagonadir, va integraldir”. Arxitekturaviy bionikaning asosiy konsepsiyasi quyidagilardir: 1. Ob'yektning tashqi ko’rinishi, ekspressivligi – uning vazifasi, uning funksiyasi natijasidir. 2. Shakl binoning tuzilmaviy tabiatini ifoda etishi zarur: qismlar funksiyasi yoki tashqi ko’rinishda o’z aksini topayotgan elementlarda. 3. Materialni qo’llashda haqqoniylik. 4. Arxitektura ichkaridan rivojlanishi zarur va tashkil topayotgan muhitini ifoda etishi zarur. 5. Arxitektura vaqt ruhiyatiga mos kelishi va milliy o’ziga hosliklarni interpritatsiya qilishi zarur. Arxitekturaviy bionikaning «Quyosh, fazoviy muhit, o’simliklar –doktrinaning uchta ustuni» (Le-Korbyuz'e), bunda tabiat tushunchasi arxitektorlar tomonidan dekor sifatida emas, balki arxitekturaviy shakillantirishning butun tizimi sifatida tushunilishi kerak. Bular asosida arxitekturaviy yo’nalishlar yuzaga keldi, ular asos sifatida organizmlarning shakllantiririlishi va hayot faoliyatining biologik jarayonlarini olganlar. Ularning doktrinasi zamonaviylikning ekologik va energetik krizis bilan bog’langan tub jaraenlarini aks etadi. Tarix bizning vaqtda ham rivojlanib takomillashib kelayotgan arxitekturaviy bionikaning asosini solgan, ya'ni: -arxitekturaning ishlayotgan fazoviy muhit (shakl) tashkillashtirilishini o’rganish; -tirik tabiatning konstruktiv-tektonik tizimini va ularning shakllanish “texnologiyasini” (shu jumladan qurish materiallarining yangi samarali hususiyatlarini ham) o’rganish; - arxitekturaviy-tabiiy muhitni tashkil etish (ekologik aspektlar) bilan bog’liq bo’lgan savollarni ishlab chiqish; - tirik tabiat va uyg’unlashuv, hamda aholining hayot faoliyatini qonunlarining estetik o’zlashtirish. Oliy maktab arxitektorni shunday ijodiy ishchi qilib tarbiyalashga yo’naltirilganki, unda rassom, olim, muhandis, mehnat va turmush jarayonlari tashkil etuvchisi hislatlari uyg’unlashgan bo’lishi kerak, - ijtimoiy hayot va shaharsozlik masalalari hislatlarini tushunadigan va estetik to’laqonli, funksional maqsadga muvofiq, mustahkam, ekologik va iqtisodiy inshoatlar fe'lini tushunadigan mutahasis. Arxitekturaviy bionika fan sifatida, arxitekturaviy lotihalashtirish qonuniyatlarini o’rganishga, arxitektorlarni ta'lim shakl va usullari va tarbiyaga yo’naltirilgan, o’zining to’liq metodikasiga ega emas. Arxitekturaviy loyihalashtirishning umumiy metodikasiga, arxitekturaviy loyihalashtirishning o’quv dissiplina sifatida o’ziga hos metodlarining eng samaradorlarini nazarii umumlashtirishni amalga oshirilgan, ehtiyoj paydo bo’ladi. Bizning Respublikada arxitektorlarni tayyorlaydigan o’quv mussalar tarmog’ini rivojlantirish pedagogik faoliyatga arxitektor-amaliyotchilarni, arxitekturaviy bionika metodikasini ilmiy isbotini o’zlashtirish ainiqsa zarur bo’lgan, jalb etish zaruriyatini tug’diryapti. Arxitekturaviy bionika fani arxitekturaviy loyihalashtirish metodi sifatida – arxitektorning ta'lim olish va tarbiyalashning jamoaviy jarayonidir. Metodika arxitekturaviy loyihalashtirish o’quv dissiplinasi, pedagog-arxitektor faoliyati va shaharsoz faoliyati va chegaradosh mutahasisliklar o’zaro aloqasi qonuniyatini o’rganadi. Arxitekturaviy bionikaning umumii maqsadi – oliy mahsus maktabda yosh arxitektorlarni tayyorlash va tarbiya qilishni samarali qurishi bo’lishi uchun, loyihalashtirish princip va metodlarini o’zaro qandai bog’lash zarur degan savolga javob beradigan arxitekturaviy loyihalashtirishning yangi metodikasini ishlab chiqishdir. Download 62.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling