Raximov A. 2020 y 2020 yil


Shaxsga yo’naltirilgan ta'lim


Download 62.17 Kb.
bet5/12
Sana13.04.2023
Hajmi62.17 Kb.
#1350550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
lotin Архитектуравий бионика 2020 бак (1)

Shaxsga yo’naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o’z mohiyatiga ko’ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kеlgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kеlib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta'lim tеxnologiyasi tizimning barcha bеlgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intеnsivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta'limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikda ta'limni tashkil etish. Dеmokratik, tеnglik, ta'lim bеruvchi va ta'lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob'yеktiv qarama – qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialеktik mushohadadan shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash – yangi kopyutеr va axborot tеxnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitish usullari va tеxnikasi. Ma'ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta'lim, kеys – stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

Download 62.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling