Raximov X. “Valeologiya asoslari”


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/49
Sana13.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1353695
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
valeologiya asoslari

Tamaki tarkibi. 
Tamaki tarkibida turli xil kimyoviy moddalar bor. 1809 yilda tamaki bargidan 
nikotin moddasi ajratib olingan. Nikotin odam organzmiga ta’sir etuvchi asosiy 
modda hisoblanadi. Tutab turgan sigaretaning xarorati 300 gradusda bo’ladi. Tutab 
turgan sigaretada ajoyib kimyoviy fabrika bo’lib, o’zidan 4 mingdan ortiq turli 
kimyoviy birikmalarni ajratadi, shu jumladan 40 xil kontsergen moddalar. Tamaki 
tutining komponentlariga quyidagi moddalar kiradi: dioksid uglerod, uglerod oksid
dodorod tsianid, ammoniy, izopren, atsetal’degid, akrolein, nitrobenzol, atseton, 
vodorod sul’fid, sinil kislota va boshqalar. Papiros tutunida shuningdek qattiq 
zarrachalar, nikotin, suv va smola moddalari bo’ladi. Tamaki smolasi tarkibiga 
politsiklik aramat uglevodorodlar, shu jumladan nitrozoaminlar, aramatik aminlar, 
izoprenoid, piren, benzopiren, xrizen, antratsen, flyuoratin. Bundan tashqari smola 
o’zida odiy va murakkab fenolfenalar kaliy, qo’rg’oshin, poloniyning radioaktiv 
birikmalarni saqlaydi. 


33 
Tamakini chekadilar, xidlaydilar, chaynaydilar. Sharq mamlakatlari O’rta 
Osiyoda ko’proq nosvoy chekadi. Nosvoy tarkibida tamaki, kul, kuydirilmagan oxak, 
moy va boshqa moddalar bor. Tamaki o’simligi dunyoning 120 mamlakatida ekiladi. 
Dunyo bo’yicha 4,7 mln gektarga tamaki o’simligi ekiladi. Agarda shu yerlarda 
bug’doy ekilsa qo’shimcha 20 mln. tonna bug’doy yig’ib olish mumkin edi. Xar yili 5 
– 6 mln tonna quritilgan tamaki barglari tayyorlanadi. 
Tamaki chekish odati hozirgi vaqtida yer shari aholisining ko’pchilik qismini 
qamrab olgan. O’smir dastlab chekkanda kattalarga taqlid qilmoqchi bo’ladi. Birinchi 
papiros yoki nos chekilganda o’smir organizmida himoya reaktsiyalari vujudga 
keladi. Uning ko’ngli ayniydi, ko’p so’lak ajraladi, qon tomirlar torayadi, o’smirning 
rangi oqaradi. Ba’zida xushidan ketadi. Bir necha marta chekkandan so’ng o’smir 
organizmida himoya reaktsiyalari kamayib borib, o’smir organizmi tamaki yoki 
nosga o’rganib qoladi. So’ng o’smirda mustahkam shartli refleks hosil bo’ladi. 
O’smir 12 – 15 yoshda tamaki yoki nos ta’mini tatib ko’rar ekan. Chekishning 
dastlabki davrida organizmda xar xil sezgilar yo’qolib boradi. Bu davrda bir kunda 10 
– 15 ta gacha papiros chekiladi. Chekuvchilarda asta – sekin nikotin sindromi 
shakllanib boradi, boshqacha aytganda organizmni nikotinni qabul qilishga bog’lanib 
qolish vujudga keladi. Bu uchta stadiyada rivojlanadi: 
1. Birinchi stadiya – bu psixik moslashish bunda odam chekkisi kelaveradi va 
borgan sari ko’proq papiros chekadi. Bu stadiya 1 – 5 yil davom etadi. 
2. Ikkinchi stadiya – somatik belgilar namoyon bo’la boshlaydi, chekuvchida 
bronxit kasalini hosil bo’lishi, oshqozon, yurakda va boshqa a’zolarda og’riq noqulay 
xolatlar ro’y beradi. Nerv sistemasida o’zgarish sodir bo’ladi. Chekuvchida 
ta’sirchanlik, bosh og’rish xolatlari sodir bo’ladi. Bu stadiya 5 – 15 yil davom etadi. 
3. Uchinchi stadiya – chekish avtomatik bo’lib qoladi. Doimiy bosh og’rig’i, 
xotirani susayishi, juda ta’sirchan bo’lib qolishi, doimiy yo’tal paydo bo’ladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling