Sizningcha bu tushunchalar qanday ma’noni anglatadi?
TUSHUNCHALAR
|
MAZMUNINI YORITING
|
Ijtimoyilashuv
|
Ijtimoylashuv (ba’zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb berilgan) tushunchasi ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik kategoriyalardan biri boiib, bu atama shaxsning uni oʻrab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida jamiyatdagi mavjud tajribalarni oʻzlashtirishga moyilligi yoki oʻzlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosi ostida individ tugʻilib, uni oʻrab turgan birlamchi va ikkilamchi muhit ta’sirida ulgʻayishi, undan soʻng jamiyatga qoʻshilishi, oʻrgangan barcha tajribalarini atrof
muhitdagilar bilan hamkorlik qilish jarayonida qo`llashi va kimlargadir shu tajribalarni uzatishda vosita bolishi jarayoni tushuniladi.
Ijtimoylashuv inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot va faoliyat jarayonida uni faol tarzda qollash jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv har bir shaxsning jam iyatga qoʻshilishi, uning me’yorlari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni koʻrsatishi va kerak boʻlsa, shu ijtimoiy tajribasini oʻz navbatida oʻzgalarga oʻrgata olish jarayonidir.
|
Tarbiya
|
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
|
Tamoyil
|
TAMOYIL — belgilangan qoida, u bilan har qanday faoliyatda, shu jumladan boshqaruv faoliyatida ham foydalanish mumkin
|
Sotsium
|
SOTSIUM (lot. socium – umumiy, birgalikda) — kishilar hayot faoliyati shartsharoitlarining umumiyligini tavsiflovchi ijtimoiy birlik.
|
Muammo
|
Muammo (qadimgi yunoncha: πρόβλημα prasoba — vazifa, topshiriq) [1] keng maʼnoda — oʻrganish, hal etishni talab qiluvchi murakkab nazariy yoki amaliy masala; fanda — har qanday hodisa, ob’yektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi pozitsiyalar shaklida harakat qiladigan va uni hal qilish uchun adekvat nazariyani talab qiladigan qarama-qarshi vaziyat; hayotda muammo odamlar tushuna oladigan tarzda shakllantiriladi.
Muammoni muvaffaqiyatli hal qilishning muhim sharti uni toʻgʻri shakllantirishdir.
Notoʻgʻri tuzilgan muammo yoki psevdo-muammo haqiqiy muammolarni hal qilishdan uzoqlashtiradi[2]. Tizimologiyada tizim-tashkiliy faoliyat algoritmi harakatning ragʻbatlantiruvchi omili sifatida tavsiflangan „Muammo“ bosqichidan boshlanadi.
Inson uchun muammoning mohiyati shundan iboratki, u tahlil qilishni, baholashni, gʻoyani shakllantirishni, tajribada tekshirish va tasdiqlash bilan javob topish kontseptsiyasini talab qiladi.
Muammo asosan aniq yechimga ega boʻlmagan (noaniqlik darajasi bilan) savoldir. Muammo noaniqlik mavjudligida vazifadan farq qiladi.
|
Faoliyat
|
Faoliyat subyektning olam bilan faol oʻzaro munosabatidir. Odam faoliyati falsafaning faoliyat falsafasi sohasida oʻrganiladi.
Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F. shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy F. (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy F. (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy F. (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi F.).
Inson F.i shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. F. elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va manfaatlari, F. predmeti, motivlari, F.ning maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va usullari tashkil etadi. F. muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi.
Keyingi davrlarda F. funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, F. bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi.
|
Moslashuv
|
Moslashuv (tilshunoslikda) — tobe (bogʻliq) aloqaning bir turi boʻlib, bunda birikmaning tobe qismi oʻz shaklini xrkim qismning shakliga moslaydi, shu bilan hokim qismga bogʻlanadi. Hokim qismning shakli oʻzgarishi bilan tobe qism ham maʼno jihatdan shu shaklga mos boʻlgan shaklni oladi. Oʻzbek tilida M. aloqasi, asosan, qaratqichqaralmish va ega-kesim aloqasida koʻrinadi va bu moslik shaxs va son jihatidan boʻladi, yaʼni qaratqich yoki ega qaysi shaxssonni bildirsa, qaralmish yoki kesim xuddi shu shaxssonni bildiruvchi shaklda boʻladi: men yozyapman, sen yozyapsan, u yozyapti, biz yozyapmiz, siz yozyapsiz, ular yozishyapti. Mening ukam, sening ukang, uning ukasi...
Hokim qism (qaratqich yoki ega) 3-shaxsni bildiruvchi otlardan ifodalanganda, hokim va tobe qism sonda moslashishi ham, moslashmasligi ham, yaʼni hokim qism koʻplik son, tobe qism birlik son shaklida boʻlishi mumkin: sozandalar keldilar (kelishdi) yoki sozandalar kel-d i. Ega 3-shaxsdagi shaxs bildirmaydigan soʻzlardan boʻlganida, ega koʻplik, kesim esa birlik shaklida qoʻllanadi, yaʼni son jixatdan moslashish boʻlmaydi: gullar ochildi.
|
Jamiyat
|
(lotincha: socium — „umumiy“) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui hisoblanadi. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular Jamiyatdagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. Jamiyat hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi.
|
Etnografiya
|
Etnografiya (grekcha: etno- xalq va ... grafiya - yozaman), etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi barcha xalqlarning, etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va maʼnaviy taraqqiyot darajasidan qatʼi nazar, teng holda oʻzaro tafovuti yoki umumiyligi va oʻxshashligini, ularning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganuvchi maxsus fan sohasi. E. hozirgi etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, urf-odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bogliq holda oʻrganadi. Tarixiy E. yoʻqolib ketgan xalq va elatlar, oʻtmishdagi etnik jarayon, maishiy turmush va maʼnaviy madaniyat xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Etn. bilimlar qadim zamonlardan paydo boʻlgan boʻlsada, lekin mustaqil fan sifatida 19-asrning oʻrtalarida shakllanib boʻldi. Dastlab, bu atamani 16-asrning oxirida nemis yozuvchisi I.Zummer ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida va 1808-yilda maxsus jur.lar shu nom bilan chiqa boshlagan. E. soʻzi mashhur fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper taklifi bilan Parij antropologlari kongressida alohida fan sifatida qabul qilingan (1839).
E. dastlab faktik bilimlarni toʻplaydi, keyin ularni tahlil etish orqali mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. E. fani, boshqa fanlar singari oʻziga xos maxsus tadqiqot usullari va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bogʻliq boʻlib, oʻz tadqiqotlarini ayrim fan sohalari antropologiya, arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya, sanʼatshunoslik bilan aloqador holda amalga oshiradi.
|
Etnopsixologiya
|
"Etnik psixologiya" atamasi (nemischa: Völkerpsychologie) 19-asrning 2-yarmida taklif qilingan. Etnik psixologiya kontseptsiyasini asoslab berishga va uning vazifalarini shakllantirishga harakat qilgan nemis faylasuflari va tilshunoslari G. Steinthal va M. Lazarus. I. Gerbart psixologiyasiga asoslanib, „xalq ruhi“ tushunchasini gerbartlik pozitsiyalaridan talqin qilib (individual ongga oʻxshatib) 1859-yilda oʻzlari asos solgan fond sahifalarida isbotlashga harakat qildilar. "Xalqlar psixologiyasi va tilshunoslik nemischa: Zeitschrift fur Völkerpsychologie und Sprachwissenschaft jurnaliZeitschrift fur Völkerpsychologie und Sprachwissenschaft), bu til, din, huquq, sanʼat, fan, hayot, urf -odatlar va boshqalar. P. jamoaviy aql, iroda, his-tuygʻular, xarakter, temperament va boshqalarning tashuvchisi sifatida odamlar psixologiyasida yakuniy tushuntirishni olish. P. Bu tushunchaga koʻra, ijtimoiy hayotning barcha hodisalari oʻziga xos „milliy ruhning emanatsiyasi“dir. Xalqlar psixologiyasining alohida fan sifatidagi vazifasi xalq ruhining mohiyatini psixologik jihatdan tushunish, xalqlarning maʼnaviy faoliyati qanday qonuniyatlarga koʻra davom etishini aniqlashdan iborat.
|
Megaomillar
|
Megaomillar
(mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik,
ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo‘ladi. Ular boshqa omil guruhlari
orqali yer yuzasi barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi.
|
Makroomillar
|
Makroomillar
(makro-katta)-davlat, halq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda yashovchi
aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi.
|
Mezoomillar
|
mezoomillar
mikroomillar orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga muayyan
shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar-oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli
ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi.
Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi.
Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |