Rayimqulov shoxrux
Download 423.5 Kb.
|
Rayimkulov Shohruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Y a shma
G‘ozg‘on marmari — dunyoga mashhur marmarlardan biri hisoblanadi. Uning rangi nafis va xilma-xildir. G‘azg‘on marmari to‘q kulrang, qizg‘ish, tutun rang, och qizg‘ish, ko‘kimtir, ba’zan oq ham bo‘ladi.Uning rangi taram-taram bo‘lib biridan ikkinchisiga asta sekin o‘tadi.
Rasmlari turli tuman 20 yil xizmat qiladi. G‘ozg‘on marmari chinnisimon, muzlashga bardoshli nafis qizg‘ish rangda, ayniqsa uning dengiz manzaralarini eslatadigan tabiiy turlari o‘ziga xos go‘zaldir. G‘ozg‘on marmari qadimdan ma’lum bo‘lib, Buxoroda, Samarqanddagi machit hamda binolarni bezashda ishlatilib kelingan. Ayniqsa, naqshlar o‘yib ishlangan marmar o‘ziga xos tabiiy go‘zal ko‘rinishi bilan kishini hayratga soladi. Fransiyada o‘tkazilgan butun dunyo ko‘rgazmasida G‘ozg‘on rangdor marmari birinchi o‘rinni olgan. Yashma — yarim yumshoq tosh turiga kirib, juda chiroyli har xil rangli, rasmli, juda zich bo‘ladi. Qip-qizil yoki ochiq yashil ranglisi ham bo‘ladi. Uning rasmlari to‘lqinsimon, to‘g‘ri, dog‘lar holida va bir tekis bo‘yalgan bo‘lmaydi. Murakkab rasmli va murakkab rangli yashma xuddi chalmani eslatadi. Fantastik rasm va naqshlar ko‘rinishiga ega bo‘lib, o‘ziga xos har xil ishlangan rasmlarni eslatadi. Malaxit — oynadan birmuncha yumshoq, tabiatda kurtaksimon holda uchrab, uni kesganda qiziqarli oval shaklidagi, lentasimon, to‘q yashil yuzalarni qora kontur chiziqli bo‘lib, ajoyib tasvirni beradi. To‘q yashil, ochiq yashil va havo-rang malaxitlar ham bo‘ladi. Malaxitdan zargarlikda va tosh o‘ymakorligida juda keng foydalaniladi. Uni qayta ishlash juda qiyin bo‘lishiga qaramasdan arxitektura bezagida keng qo’llaniladi. Nefrnt — juda qattiq tosh. Qadimda bu toshni oltin bahosida hisoblaganlar. U asosan kulrang-yashil ba’zan sutsimon, sariq, qizil va qora ranglilari ham uchraydi. Xitoyda nefritdan har xil cholg‘u asboblari va har xil taqinchoqlar tayyorlashda keng foydalanishgan. Nefritdan arxitektura bezagida va tosh o‘ymakorligida har xil o‘yma laganlar, ko‘zalar har xil namoyonlar va boshqa narsalar ishlanadi. Temurning Go‘ri-Amir maqbarasida ajoyib naqshlarni o‘yib toshlar ishlangan. Temurning qabri ustidagi to‘q yashil rangli nefrit diqqatni o‘ziga jalb etadi. Ulug‘bek 1425 yilda mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng o‘ljalar ichida katta ikki bo‘lak nefrit toshi ham bo‘ladi. Bu nefritni yaxshilab ishlab, bir-biriga ulab Temur qabri ustiga qo‘yadilar. Gipstosh — uni ba’zan angidrid deb ham yuritadilar, chunki angidrid qattiqroq bo‘lib, manzarali ko‘rinishga ega emas. Gipstosh yarim yaltiroqsimon har xil dog‘li, xuddi ilon terisiga o‘xshashroq bo‘ladi. Uning yumshoqroq turi ishlatiladi. Undan tosh o‘ymakorligida har xil yodgorliklar, haykallar, o‘yma naqshli namoyon, lagan, ko‘za va boshqa narsalar yasaladi. Arxitekturada keng foydalaniladi. Agat — xalsedon qattiq tosh turiga kirib, o‘zining rang-barangligi va juda chiroyli ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Uning rangi sutsimon, och havorang, kulrang, tillarang, pushti va boshqa ranglarda bo‘ladi. U yaltiroqsimon xususiyatga ega bo‘lib, undan kichik zargarlik buyumlari, kichik sovg‘a buyumlari, ajoyib o‘yma naqshlar ishlanadi. Arxitekturada keng foydalaniladi. Undan o‘zbek ustalari ko‘pincha o‘yma naqshlar, laganlar, ko‘zalar, har xil namoyonlar tayyorlaydilar. Tosh o‘ymakorligida keng ishlatiladi. Download 423.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling