Rayimqulov shoxrux


Natijalarining joriy qilinishi


Download 423.5 Kb.
bet7/14
Sana16.06.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1496399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Rayimkulov Shohruh

Natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning bazasi sifatida Toshkent viloyati Bekobod tumani 53 sonli - umumiy о’rta ta’lim maktabi tanlab olindi va ularda tadqiqot ishlari amalga oshirildi.
Ishning sinovdan o’tishi (aprobatsiyasi). Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari ilmiy uslubiy maqolalar toplamlarida (2021–2023 yy.) “Umum ta’lim maktablarida o’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga oid bilim va ko’nikmalarini shakllantirish metodikasi” , “Texnologiya va kasb ta’limi praktikumi amaliy mashg’ulotlarida kasb-hunar o’rgatishning milliy an’anaviy asoslari” hamda “Texnologik ta’limi darslarida o’quvchilarni xalq hunarmanchiligi asosida mehnatga tayyorlash jarayoni” nomli maqolalar chop etildi.
Umumiy о’rta ta’lim maktablari о’quvchilarini mehnat va kasbga tayyorlashni takomillashtirishda xalq hunarmandchiligidan foydalanishning pedagogik sharoitini tadqiq qilishda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:
1.Texnologik ta’limi darslarida о’quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalash maqsadida mutafakkir, donishmandlar, olimlar asarlarining tarixiy manbalarida yoritilgan mazmunini о’rganish, tahlil qilish orqali mazkur sohaning hozirgi davrdagi ilmiy, nazariy poydevorini yaratish lozim.
2. Umumiy о’rta ta’lim maktablari о’quvchilarini texnologik ta’limi darslarida xalq xunarmandchiligi asosida tarbiyalash maqsadida xalq hunarmandchiligi sohalarining milliy, mahalliy, hududiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, о’g’il bolalar va qiz bolalar faol ishtirok etgan, ya’ni kо’nchilik, mahsidо’zlik, kosibchilik, pichoqchilik zardo’zlik, kashtachilik, quroqchilik sohalarini tanlab olib, ularning о’qitilish jihatlari rivojlantirilishi lozim.
3. Umumiy о’rta ta’lim maktablarida amalda qо’llanilayotgan о’quv dasturlari mazmunini tanlashda о’quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashda, xalq hunarmandchiligi asoslarini о’rganishini tarkib toptirish hamda ularga xalq xunarmandchiligini ushbu soha misolida о’rgatish lozim.
4. О’quv jarayonida о’quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashni ta’limning maqsad va vazifalarini belgilashda, albatta, ularning о’ziga xos pedagogik usullari va vositalarining qо’llanilishi lozim bо’ladi.

Hozirgi davrda uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida, mehnat va kasb-hunar pedagogikasida xalqimizning milliy, manaviy, madaniy meroslaridan, qadriyatlaridan, tarixiy yutuqlaridan foydalanishning yо’llarini, pedagogik shart- sharoitlarini belgilash ishi barcha izlanishlarning asosiy yо’nalishlaridan hisoblanadi.


Masalan, zardо’zlik sa’nati, uning vatani qadimgi Yunoniston bо’lib, bu yerda zodogonlar zar, ipak va jun qо’shib tо’qilgan kashtali naqshlar tushirilgan kiyimlar kiyishgan. Keyinchalik Rim imperiyasi tomonidan bosib olingan qadimgi Misr hamda Bobilda ham zardо’zlik rivojlana boshlagan. Qadimgi Bobil (Vavilion) о’zining kashtali qimmatbaho matolari bilan dunyoga mashhur bо’lgan.
Keyinroq zardо’zlik qadimgi Bobil bilan yaqin aloqada bо’lgan Eron podsholigi saroyida xam rivojlana boshlagan. Eron shoxlari hamda asilzodalarining kiyimlari ham oltin iplar bilan tikilgan bezaklar va qimmatbaxo toshlar bilan naqshlana boshlagan. Asilzodalar hayotida muhim о’rin egallay boshlagan zardо’zlik Eron orqali asta sekin Afg’oniston, Xindiston, Xitoy va ularga qо’shni bо’lgan О’rta Osiyo mamlakatlariga tarqala boshlaydi. Har bir mamlakatda u о’ziga xos tarzda shakllangan va taraqqiy etgan.
XIX va XX asrlarda kashtachilik sa’natining bir turi bо’lgan zardо’zlik Buxoroning о’ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan qimmatbaho matodan tayyorlangan zardо’zlik kiyimlari katta ahamiyatni kasb etgan. Bu kiyim kechaklar asosan amir saroyidagilarning extiyoji uchun tikilgan.
Buxoro zardо’z ashyolarining deyarli xammasi amir saroyining extiyoji uchun ishlatilgan, faqat juda oz miqdorigina sotish uchun bozorga chiqarilgan. U paytda zardan tikilgan erkaklar kiyimlarini faqatgina xonga va uning qon-qarindoshlariga tegishli insonlar kiyar edilar. Hech kim hatto eng katta amaldordan birortasi ushbu qimmatbaho kiyimlarni о’ziga buyurtirishga xaqqi yо’q edi. Ular bu kiyimlarni faqat amir sovg’a qilgandagina kiyishlari mumkin edi. XIX va XX asr boshlarida, ya’ni 1785 yildan to 1920 yilgacha Buxoroda hukmronlik qilgan mang’itlarning oxirgi sulolasiga taaluqli bо’lgan zardо’z kiyimlari hozirgi kunda yodgorlik bо’lib qolgan.
Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda qо’yilgan talablar о’quvchilarni mehnatga tayyorlashning muammolari yechimini topishga qaratilgan izlanishlar faollashuviga sabab bо’ldi. Bu boradagi tadqiqotlarlarning yosh avlodni kasb tanlashga tayyorlashning amaliy yechimini topishga qaratilgan quyidagi asosiy yо’nalishlarini qayd etish mumkin:
- о’quvchilarning kasblar olamida yо’nalish olishiga yordam beruvchi hamda о’z individual imkoniyatlarini haqqoniy baholay olish kо’nikmalari zarur darajasini ta’minlovchi axborotlar tizimini yaratish;
- о’quvchilarni mehnat tarbiyasiga yordam berish maqsadida shaxsni о’rganishning tashhis metodlarini ishlab chiqish;
- yoshlarga kasbiy konsultatsiyalar uyushtirishning nazariy va metodik asoslari;
- mehnatga tayyorlashning ijtimoiy ahamiyatli motivlarini asoslash;
- О’zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga tadbiq etish sharoitida о’quvchilarni mehnatga tayyorlashning metodik asoslari;
- alohida olingan hududiy markazlarda yoshlarni kasb tanlashga yо’llash ishini boshqarish xususiyatlari.
Mustaqillikka erishgan О’zbekiston Respublikasida dastlabki davrlaridanoq jahon sivilizatsiyasining taraqqiyotida muhim о’ringa ega milliy ma’naviyatimiz asosida kelajagi buyuk davlatni barpo etish - bosh maqsad etib belgilandi. Ushbu buyuk maqsadga erishishda asosiy e’tiborning yosh avlodni barkamol, ma’naviy va jismonan sog’lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilganligi milliy an’analarimiz, mentalitetimizning о’ziga xos ifodalanishidir. Biroq, qayd etilgan yutuqlar bilan birga kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun tоlaqonli xizmat qilmayotgan sohalar ham mavjud. Jumladan, о’quvchilarning kasbiy bilim va kо’nikmalarini dars jarayonida bir qadar e’tibor qaratilayotgan bir davrda, tо’garak mashg’ulotlarini tashkil qilishda tizimlilik, maqsadga yо’naltirilganlik yetarlicha о’z aksini topmay kelmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida muayyan natijalar olingan bо’lsada, bugungi kunda mehnatga tayyorlash ishlarining asosiy maqsadi - har bir о’quvchining shaxsiy sifatlariga, jamiyat talablariga hamda kasb talablariga mos keluvchi sohani ongli ravishda tanlash kо’nikmalarini shakllantirish muammosi hal etilgan emas. Muammoning tо’laqonli yechimini topishga tо’siq bо’layotgan asosiy holatlardan biri tadqiqotlarning odatda qandaydir tartibda belgilanadigan о„rtacha olingan о’quvchi shaxsiga yо’naltirilganligi bilan izohlanadi. Natijada: о’quvchiga individual, tabaqalashtirilgan yondoshuv joriy etilmayapti; aksariyat holatlarda quruq sо’zlashuvdan iborat deklarativ metodlar bilan cheklanilmoqda; о’quvchini qiziqtirgan va yoki tanlagan kasbi xususiyatlari bilan bevosita tanishishi uchun keng imkoniyat yaratilmayapti. О’quvchilarni mahalliy sharoitlardan kelib chiqib kasb tanlashga yо’llash uchun zarur bо’ladigan shahar, tuman va boshqa hududiy birikmalarning mutaxassislarga bо’lgan ehtiyoji tо’g’risida joriy va istiqbolli dasturlar ishlab chiqilmagan.
О’quvchilarning о’qishdan tashqari vaqti ular hayotida katta о’rin tutadi. Shu sababli bu vaqtni tо’g’ri tashkil etishda, undan dam olish uchun, oqilona foydalanishda ularga yordam berish zarur. Barcha shakllardagi darsdan va maktabdan tashqari ishlarning chuqur ichki mohiyati о’quvchilarni ijtimoiy foydali faoliyatga faol jalb qilish, ularning tashabbusi va mustaqilligini rag’batlantirish, individual qiziqishlari, mayl va qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. О’quvchilarning о’qishdan tashqari ishlariga pedagogik rahbarlikning xususiyati ularga faqat dars mashg’ulotlarida emas, balki ijtimoiy tashkilotlar orqali, sinfda va maktabdan tashqari har xil tadbirlar orqali, о’quvchilarni texnik ijodkorlik va qishloq xо’jalik tajribachiligiga bevosita jalb etish orqali ham tarbiyaviy ta’sir kо’rsatishni amalga oshirishdir.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda amaliyotda keng qо’llanilayotgan metodlarni asosan quyidagi uch guruhga ajratish mumkin.
О’quv materialini og’zaki bayon qilish metodi maktab ta’lim tizimida eng kо’p qо’llaniladigan metodlardan biri bо’lib, mazkur metodga barcha о’quv predmetlari bо’yicha barcha sinflarda murojaat qilish mumkin.
Ushbu metod bayon qilinayotgan ma’lumotlarning tо’g’ridan-tо’g’ri о’qituvchining jonli nutqi orqali idrok qilinishi bilan tavsiyalanadi va ana shu xususiyatiga kо’ra ta’limning boshqa metodlaridan farq qiladi.
Hikoya qilish – о’qituvchi tomonidan yangi о’tilayotgan mavzuga oid fakt, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bо’lib, obrazli tasvirlash yо’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir. Hikoya qilish davomida о’quvchilar passiv tinglovchi bо’lib qolmasliklariga aksincha ular faolliklarini oshirish, diqqatni mavzuga safarbar qilish, hodisa va voqealar ustida fikr yuritish, fikr almashish maqsadida savollar berib borish, kо’rgazmali qurollardan foydalanishga e’tibor berish lozim

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling