Rayimqulov shoxrux


Download 423.5 Kb.
bet5/14
Sana16.06.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1496399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Rayimkulov Shohruh

Tadqiqot vazifalari: qо’yilgan maqsadlarga erishish va tadqiqot farazini tasdiqlash uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- texnologik ta’limi va tо’garak mashg’ulotlari jarayonida о’quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid qobilyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari tahlil qilish;
- о’quvchi yoshlarning xalq hunarmandchiligiga qiziqish va qobiliyatlarini aniqlab olish uchun sо’rovnomalar о’tqazish;
- texnologik ta’limi darslari va tо’garak mashg’ulotlari о’tqazish jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlovchi omillarni aniqlash;
- texnologik ta’limi jarayonida о’quvchilar xalq hunarmandchiligiga oid ijodiy faoliyatini rivojlantirishning metodik tomonlarini asoslab berish;
- о’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini loyihalar metodi vositasida rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqish.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: texnologik ta’limida xalq hunarmandchiigini о’qitishda о’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, agarda:
- о’quvchilarning xalq hunarmandchiligiga qiziqish va qobiliyatlarini vaqtida aniqlab ta’lim-tarbiyaga maqsadli yо’naltirilsa;
- ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilsa;
- о’qituvchi va о’quvchining kafolatlangan natijaga erishishidagi hamkorlik faoliyati tо’g’ri tashkil etilsa;
- о’qituvchi tomonidan har bir dars jarayoni xalq hunarmandchiligi elementlariga boyitilgan holda loyihalashtirib olinsa, yani darsning texnologik xaritasi tuzilsa;
- tо’garak mashg’ulotlari va texnologik ta’limi darslarini о’qitish xonalari va jixozlari va ularda mashg’ulotlar о’tqazish xonalari ilmiy asoslangan talablar asosida tashkil etilsa;
- tо’garak mashg’ulotlari va texnologik ta’limining sifat va samaradorligini oshiruvchi uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilib amaliyotga keng tadbiq etilsa.
Mavzu bо’yicha adabiyotlar taxlili:O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli farmoishi .www.lex.uz va Texnologik ta’limidan umumiy о’rta ta’lim maktablari uchun dastur. “Maktab va hayot” jurnalining maxsus soni tahlil qilindi va о’rganildi.
A.I.Varobyevning «Mehnat politexnika ta’limi didaktikasi» nomli qо’llanmasida о’quvchilarga politexnik ta’lim berish metodikasining asosiy masalalari va texnologik ta’lim darslari bilan bog’liq holda sinfdan tashqari olib boriladigan tarbiya ishlari yoritilgan.
D.A.Txorjevskiy taxriri ostida yozilgan «Texnologik ta’limi metodikasi» nomli о’quv adabiyotida 5-6 sinf о’quvchilariga texnologik ta’limi berishning vazifalari, mazmuni va tamoyillari yoritilgan. Metal va yog’ochga qо’lda ishlov berishga, dastgohlarda ishlashga, elektromontaj ishlarini bajarishga va qishloq xо’jalik mashinalarini о’rgatish metodikasi bayon qilingan, shuningdek laboratoriya ishlarini, ishlab chiqarish ekskursiyalarini о’tqazish, kasbga yо’llash ishlarini, о’quvchilarning ijtimoiy foydali, unumli mehnatini tashkil qilish masalalari yoritilgan.
K.Davlatov, A.Varobyev, «Mehnat va kasb ta’limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasi» nomli о’quv adabiyotida mehnat va kasb ta’limi metodologiyasi, tamoyillari, mazmuni, shakl va metodlari yoritilgan. Ilovalar asosan talabalarning mustaqil ishlari mazmuni bayon qilingan.
Z. Ochilovning “Sinfdan tashqari ishlarda kasbga yо’llashni shakllantirish” nomli kitobidan tо’garak mashg’ulotlarini tashkil etishga oid materiallar tо’plandi.
Mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalaniladigan Yangi pedagogik texnologiyalarni yoritishda: N.Sayidaxmedovning «Yangi pedagogik texnologiyalar», J.G.Yо’ldoshev va S.A.Usmonovning «Pedagogik texnologiya asoslari» nomli kitobidan, B.L.Farbermanning «Ilg’or pedagogik texnologiyalar» kitobidan foydalandik.
Kuzatishlarimizdan shu narsa ma’lum bо’ldiki, о’qituvchining dars, mashg’ulot olib borish usullaridagi bir xillik о’quvchilarning texnologik ta’limiga bо’lgan qiziqishlarini susaytiradi. Buning oldini olish maqsadida darslarda о’quvchilar faoliyatining xilma-xilligini ta’minlash kо’p о’quv predmetlari qatori texnologik ta’limidagi asosiy vazifalardan biridir. Shu sababli hozirgi paytda mehnat ta’limi darslarida о’quvchilarning qiziqishini orttirish, ularga bilim berish va mehnat kо’nikmalarini singdirish ishlarini yaxshilash, zamon talablariga javob beradigan mashg’ulotlarni о’tqazish uchun о’qitishning noan’anaviy usullaridan keng foydalanishga katta ehtiyoj sezilmoqda.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling