Rayimqulov shoxrux


Download 423.5 Kb.
bet3/14
Sana16.06.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1496399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Rayimkulov Shohruh

7. Ilmiy yangiligi.
1. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari talablari asosida V-VII sinflarda texnologik ta’limi darslarida xalq hunarmandchiligi bо’yicha о’quv ishlari mazmunini aniqlanganligi.
2. Texnologik ta’limi darslarida xalq hunarmandchiligining axamiyati ochib berilganligi.
3. Texnologik ta’limi darslarining turlari, tiplari bо’yicha olib boriladigan о’quv ishlari mazmuniga mos keluvchi zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini tanlash va qо’llash yuzasidan nazariy-metodik asoslarning ishlab chiqilganligi.
4. Texnologik ta’limi darslarida xalq hunarmandchiligiga oid о’quv ishlari mazmuniga mos keluvchi zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini tanlash va qо’llash yuzasidan uslubiy kо’rsatma va tavsiyalarning ishlab chiqilganligi.
8.Tadqiqot natijalarining nazariy amaliy ahamiyati.
1. Texnologik ta’limi darslarini tashkil etishning shart-sharoitlari aniqlashtirib olinadi.
2. Texnologik ta’limidan о’quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid bilim va kо’nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslari yoritiladi.

3. Texnologik ta’limi darslarida o’quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid bilim va kо’nikmalarini shakllantirish metodikasi ishlab chiqiladi.


9. Ishning tuzilishi va tarkibi. Dissertatsiya kirish, uch bob, umumiy xulosa, 59 nomdagi adabiyotlar rо’yxati hamda ilovalardan iborat. Shuningdek, ishda dissertatsiya mazmunini aks ettiruvchi 5 ta rasm, 2 ta diagramma va … ta jadval о’z ifodasini topgan bо’lib, uning umumiy hajmi … betni tashkil etadi.
10. Ishning asosiy natijalari. Tadqiqotning bazasi sifatida Toshkent viloyati Bekobod tumani XTB ga qarashli 53 sonli - umumiy о’rta ta’lim maktabi tanlab olindi va ularda tadqiqot ishlari amalga oshirildi.
Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari ilmiy uslubiy maqolalar to’plamlarida (2021–2023 yy.) “Umum ta’lim maktablarida o’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga oid bilim va ko’nikmalarini shakllantirish metodikasi” , “Texnologiya va kasb ta’limi praktikumi amaliy mashg’ulotlarida kasb-hunar o’rgatishning milliy an’anaviy asoslari” hamda “Texnologik ta’limi darslarida o’quvchilarni xalq hunarmanchiligi asosida mehnatga tayyorlash jarayoni” nomli maqolalar chop etildi.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling