Rayimqulov shoxrux


Tosh o‘ymakorligida ishlatiladigan


Download 423.5 Kb.
bet14/14
Sana16.06.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1496399
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Rayimkulov Shohruh

Tosh o‘ymakorligida ishlatiladigan asboblar
Tosh o‘ymakorligida yog‘och o‘ymakorligidagiga o‘xshash asboblar ishlatiladi. Ustalar, katta bolg‘a, kichik bolg‘a, zubila, qalam iskanalar, arra, pichoq, parma va boshqalarni ishlatadilar. Bu , asboblar azaldan temirchi ustalarga buyurtma berib tayyorlatilgan. Hozir ham maxsus temirchi ustalarga buyurtma berib tayyorlatish mumkin. Agarda bunday temirchi ustalarni topishga qiynalsangiz, o‘zingiz o‘quv xonada yasab olishingiz mumkin. Bu asboblar po‘latdan yasaladi. Tayyor asbobni albatta toblatish kerak. Asbobni ishchi qismini to‘q qizil yoki qizil rang holatida qizarib o‘sha zahoti xona haroratiga mos bo‘lgan suvga botirish kerak. Sariq yoki pushti ranggacha qizdirib bo‘lmaydi. Chunki qizdirishni oddiy yog‘och olovida qizdirgan ma’qul. Agar toshli olov bo‘lsa toblashni ishdan chiqaradi.
Xulosa qilib aytganda, tosh o‘ymakorligi san’ati gullab-yashnamoqda, qo‘li gul ustalarimiz Rahim Obidoz, A. Boltaev, S. Xudoyberganov, X. Rahimov, B. Davlatov, A. Bekjonov, K. Polvonov, 3. Abdulov, K. Ro‘zmetov, Jalol Jo‘raev. Rahim Obidov, Abdurahmon Turdiev, Baqo Kamolov, Bobonazar Jabborov, Abdulla Hayitov, Salimjon Hamidov va boshqalar yaratgan asar lari xalqqa xizmat qilmoqda. Tosh o‘ymakorlik san’ati noyob san’at turi bo‘lib, yangi zamon nafasi bilan yangicha jilo hamda go‘zallik kasb etishi shubhasizdir. Hozir o‘lmas san’at sirlari ishonchli, talantli qo‘llarda.
SUYAK O‘YMAKORLIGI
O‘zbekistonxalq amaliy bezak san’atiichida suyak o‘ymakorligi ham san’atning boshqa turlari kabi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Suyak o‘ymakorligi O‘zbekistondasan’atning eng yosh turidir. Suyak o‘ymakorligi Hindiston, Yoqutiston, Afrika, Xitoy umuman sharq mamlakatlarida yuksak darajada rivojlangan.
O‘rta Osiyoda suyak o‘ymakorligi geografik sharoiti tufayli rivojlanmagan. Ammo xalq amaliy san’atining boshqa turlarida (pichoqchilikda) qo‘llanilgan. Bular oddiy suyaklardan (qoramolning, echkining shoxlaridan) ishlangan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ortiq Fayzullaevdir.
O‘ymakor kundankunga yashnayotgan Toshkentda qurilayotgan eng yirik ma’muriy binolarning deyarli barchasida o‘z ijodi bilan qatnashgan, desak xato qilmaymiz.Asarlari el tahsiniga sazovor bo‘lgan, yuksak mahoratli Ortiq Fayzullaev P.Benkov nomli jumhuriyat rassomchilik bilim yurtida o‘qituvchilik qilib yurgan vaqtida o‘z san’atining sirlarini yoshlarga sitqidildan o‘rgatdi. Ortiq Fayzullaevning ijodi 50-yillarning ikkinchi yarmida P.Benkov nomidagi Badiiy maktabni bitirish arafasida boshlangan. 1957 yili u O‘zbekiston yoshlari festivali munosabati bilan ochilgan ko‘rgazmada qatnashdi.
Ortiq Fayzullaev faqat yog‘och o‘ymakorligi bilangina shug‘ullanmay, o‘zbek o‘ymakorlari orasida birinchi bo‘lib suyak o‘ymakorligini ham chuqur o‘rgandi. U Moskva, Kiev muzeylari va fabrikalariga borib, suyak o‘ymakorligini o‘rganib «keldi. Suyak o‘ymakorligida,— deydi Ortiq Fayzullaev,—«Mamont tishi», «Morj tishi», «fil suyagi», «mol suyagi» va shoxlari, otning suyagi va boshqa hayvon suyaklari ishlatiladi.
Suyak o‘ymakorligida parma, arracha, egov hamda o‘ziga xos mukammal mexanik asboblar ishla-tiladi. Suyak o‘ymakorligi texnologiyasi quyidagilardan iboratdir. Zarur materialga mos keladigan suyak turi va bo‘lagi tanlanadi. Suyakning ortiqcha bo‘laklarini arralab olib tashlanadi. G‘adir-budir joylari egovda tekislanadi. Suyakka qalam bilan gul chiziladi va o‘sha chiziq bo‘yicha naqsh ishlanadi hamda yo‘ng‘ir tosh bilan jilo beriladi. Ish so‘nggida tayyor bo‘lgan buyumni bo‘r va spirt bilan yaxshilab artib chiqiladi. Ijodkor yuqorida aytib o‘tilgan texnologiya bo‘yicha ajoyib asarlar yaratdi. Keyinroq san’atning bu turida yaratgan asarlari bilan Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida qatnashdi. Ko‘rgazmaga «Cho‘pon», «Lazgi o‘yini», «Yakkama-yakka», «Kurant», «Navoiy haykali» asarlari taqdim etildi. «Paxta o‘yini» deb nomlangan asarda raqs tushib turgan qizning nozik harakatlari san’atkorona tasvirlangan. Uning atrofiga paxta va turli naqshlar ishlanganligi raqqosa raqsining muzmunini chuqurlashtiradi, paxta va gullarga boy farovon O‘zbekistonning ramziy obrazi namoyon bo‘ladi. «Cho‘pon» deb atalgan suyak o‘ymakorligi hadl ta’sirli chiqqan. Qo‘zilar keng dalada o‘tlashib yurishibdi. Uzoqdan baland tog‘lar ko‘rinadi, cho‘pon o‘z bolasini allalayotgan onadek nayda yoqimli kuy chalmoqda. San’atkor suyakni shu qadar ehtiros va mohirlik bilan ishlaganki, uni tomosha qilgan kishiga cho‘pon nayining ovozi, qo‘y-qo‘zilarning ma’rashi eshitilgandek tuyuladi. Mazkur asarlar uchun Ortiq Fayzullaev ko‘rgazmaning kumush medali va diplom bilan taqdirlandi. Ortiq Fayzullaev hozirgi vaqtda suyak o‘ymakorligining jumhuriyatimizdagi yagona ustalaridan. U xalq san’atining qaysi turiga murojaat qilmasin, doimo yangilikka intiladi, bu janrni ham shak-lan, ham muzmunan boyitadi. San’atkor ijodiga xos bu fazilat uning Toshkentdagi «Sovg‘a» fabrikasida bosh rassom bo‘lib ishlab yurgan kezlarida ayniqsa kamol topdi. U yaratgan o‘nlab sovg‘a buyumlar turli konkurslarda katta muvaffaqiyat qozondi. Bu sovg‘a buyumlariga ishlangan anvoyi bezaklar tekis va qabariq sirtlarga xos kompozitsiya tufayli go‘yo naqshlar jonlanib harakatga kelganday tuyuladi. Kezi kelganda, shuni aytish kerakki, jumhuriyatimiz turistlar o‘lkasi. Shunday ekan, milliy naqshlar bilan bezatilgan kichik hajmdagi xar xil sovg‘a buyumlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish lozim. Chunki, ko‘pgina sovg‘a buyumlarini faqat ko‘rgazmalarda va muzeylarda ko‘rish mumkin, xolos. Aksincha, bunday yodgorlik buyumlariga ega bo‘lishni har bir xonadon sohibi jon dilidan istashi shubhasiz. Ortiq Fayzullaevning nozik didi, qalb qo‘ri, chidam va matonati tufayli maydonga kelgan san’at durdonalari, madaniyat koshonalari, istirohat maskanlarining husniga husn qo‘shmoqda, qadimiy xalq san’ati bizning davrimizda ham obro‘ va e’tibor qozonishi mumkinligini isbotlamoqda.
San’atkor yaratgan original va nafis asarlar faqatgina jumhuriyat va mamlakatimiz muzeylaridagina emas, balki Yaponiya, Germaniya, Polsha, Turkiya, Finlandiya kabi chet ellardagi xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish qilingan. O‘ymakor O‘zbekiston, Butunittifoq jahon kitob ko‘rgazmalarini badiiy bezashda qatnashdi. O. Fayzullaev hozirgacha hammasi bo‘lib 100 ga yaqin jumhuriyat Butunittifoq va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etganligi uning tinmay izlanayotganligidan dalolat berib turibdi.
Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling