Rayimqulov shoxrux


Download 423.5 Kb.
bet6/14
Sana16.06.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1496399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Rayimkulov Shohruh

Tadqiqot metodi: tadqiqot mavzusiga doir bо’lgan ilmiy-metodik adabiyotlarni, jumladan dissertatsiya ishlarini о’rganish va tahlil qilish; umumiy о’rta ta’lim maktablarida texnologik ta’limi darslarini tashkil qilinishini kuzatish, maktab о’qituvchilari, о’quv ustalari va о’quvchilar bilan suhbat, sо’rovnoma о’tqazish; maktab hujjatlari va о’quvchilarning bajargan ishlarini о’rganish, mehnat ta’limi darslarida va mashg’ulotlarda о’qitishning an’anaviy va noan’anaviy usullaridan foydalanish bо’yicha pedagogik tajribalar о’tqazish, olingan natijalarni matematik-statistik usul yordamida taqqoslash hamda natijalarning ishonchliligi va asosliligini aniqlash.
Tadqiqot natijalarining nazariy amaliy ahamiyati:
3. Texnologik ta’limi darslarini tashkil etishning shart-sharoitlari aniqlashtirib olinadi.
4. Texnologik ta’limidan о’quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid bilim va kо’nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslari yaratiladi.

3.Texnologik ta’limi darslarida о’quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid bilim va kо’nikmalarini shakllantirish metodikasi ishlab chiqiladi.


Ilmiy yangiligi:
1. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari talablari asosida V-VII sinflarda texnologik ta’limi darslarida xalq hunarmandchiligi bо’yicha о’quv ishlari mazmunini aniqlanganligi.
2. Texnologik ta’limi darslarida xalq hunarmandchiligining axamiyati ochib berilganligi.
3.Texnologik ta’limi darslarining turlari, tiplari bо’yicha olib boriladigan о’quv ishlari mazmuniga mos keluvchi zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini tanlash va qо’llash yuzasidan nazariy-metodik asoslarning ishlab chiqilganligi.
4. Texnologik ta’limi darslarida xalq hunarmandchiligiga oid о’quv ishlari mazmuniga mos keluvchi zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini tanlash va qо’llash yuzasidan uslubiy kо’rsatma va tavsiyalarning ishlab chiqilganligi.
3. Ilmiy tadqiqot ishlari uch bosqichda amalga oshirildi:
1-bosqichda (2021 yil sentabr, 2022 yil mart) mavzuga oid adabiyotlar va dissertatsiya ishlari о’rganildi, tahlil qilindi, shu asosda mavzu yо„nalishi belgilanib, pedagogik tadqiqotlar о’tqazildi, tadqiqot natijalari haqida maqolalar e’lon qilindi.
2-bosqichda (2022 yil aprel, 2023 yil yanvar) pedagogik tadqiqotlar yanada faollashtirilib, muhim xulosalar chiqarildi, tajriba-sinov maydonlarida shakllantiruvchi tajriba–sinov ishlari olib borildi va о’tqazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari tahlil etildi.
3-bosqichda (2023 yil fevral, 2023 yil ….) tadqiqot ishi mazmuniga aniqliklar va qо’shimcha materiallar kiritildi, tajriba–sinov ishlari statistik tahlil asosida qayta ishlandi, natijalar umumlashtirilib, dissertatsiya holiga keltirildi.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling