« Свойства текста» - Matn xususiyati bo`limidagi «Текстовый стиль:» - Matn uslubi: bandidagi (…) ko`rsatkichi tanlanganda Matn tahrirlash panelidagi «Текстовые стили» - Matn uslublari buyruq tugmasi singari yangi oyna ochiladi.
Izoh: «Текст» - Matn tahrirlash paneli funksiyalari bilan tanishib chiqing.
Matn uslublari oynasida yangi matn uslubi yaratilib, Shrift nomi – ISOCPEUR, Tuzilishi – Курсив va Balandligi – 3.5 o`rnatiladi. Avval «Применить» - Qo`llash so`ng «Закрыть» - Yopish interfaol tugmalari bosiladi. Matn uslublari oynasi yopiladi.
«Текст» - Matn sarlavxa bo`limiga qaytib, «Свойства текста» - Matn xususiyati bolimidagi «Текстовый стиль:» - Matn uslubi: bandidan () ko`rsatkichi tanlanib, yaratilgan yangi matnning nomi ko`rsatiladi.
«Выраынивание текста» - Matnni tekislash bo`limiga o`tiladi. Undagi «Отс-туп от размерной линии:» - O`lcham chizig`idan cheklanish: bandidagi ko`rsatkich 1 – 2 atrofida o`rnatiladi.
«Ориентация текста» - Matn joylashuvi bo`limida «Согласно ISO» - ISO asosida bandi tanlanadi.
«Размещение» - Joylashuvi sarlavxa bo`limiga o`tiladi. Undagi barcha bo`lim va band talablari O`z DST talablariga mos bo`lganligi uchun ular tahrirlanmaydi.
â «Основные единицы» - Asosiy o`lchov birliklari sarlavha bo`limiga o`tiladi. U beshta bo`lim va namuna oynasidan iborat.
«Линейные размеры» - To`g`ri o`lchamlar bolimi ko`rib chiqiladi. Undagi «Формат единицы» - Son qiymati bandidagi «Десятичный» - O`nli o`z holida qoldiriladi.
«Точность» - Aniqligi bandida – 0.00 tanlanadi.
«Десятичный разделитель» - O`nli ayirgich belgisi bandida «Запятая» - Vergul belgisi saqlanadi.
«Подавление нулей» - Nullarni cheklash bo`limida «Хвостовые» - Ortdagi bandi belgilanadi. Bu verguldan keyingi sonlar nul bo`lsa ularni cheklab ko`rsatmaslikni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |