Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
96
Mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini egallash uchun o‘quvchilar ijodiy fikrlashlari, o‘z 
fikrlarini boshqalarniki bilan qiyoslay olishlari talab etiladi.
Fikrlash jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida muloqot vaziyati yuzaga keladi. 
O‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish natijasida o‘quv jarayoni ishchanlik 
ruhiga ega erishiladi.
Mantiqiy fikrlashni shakllantirish uchun, ularning shaxsiyatini hurmat qilish, qo‘llab-
quvvatlash talab etiladi. Negaki, jamiyat hayotining jadal rivojlanishi yoshlarda mustaqil
mantiqiy fikrlashning shakllanganlik darajasiga bog‘liq. Yuqoridagilarga asoslangan holda 
o‘quvchilarda erkin mushohada qilish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish 
lozimligi ijtimoiy-pedagogik zaruriyat hisoblanadi.
Pedagoglarning vazifasi o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirishga xizmat 
qiladigan pedagogik muhitni vujudga keltirishdan iborat.
O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
– o‘quvchilarda ularning o‘zigagina xos bo‘lgan tahliliy nuqtai-nazarni qaror 
toptirish;
– fikrlarni qiyoslash ko‘nikmasini qaror toptirish;
– o‘quvchilarni murakkab muammolarni еchishga o‘rgatish;
– dalillarga asoslangan holda bahslashishga odatlantirish;
– yagona fikrga kelish uchun sinfdoshlari bilan o‘zaro hamkorlikka kirishish 
muhitini qaror toptirish;
– o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan bilimlarning, ularda mantiqiy fikrlash 
ko‘nikmalarini shakllantirishga qay darajada xizmat qilishini aniqlash.
Maktab o’quvchilarini faol fikrlash jarayoniga olib kirish, muammoli vaziyatlarni hal 
qilishga o‘rgatish, ularda mantiqiy fikrlashni tarkib toptirish lozim.
O‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirish murakkab pedagogik jarayondir. 
Ushbu jarayon muntazamlik xarakteriga ega. O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatishga 
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon muayyan ilmiy-metodik va didaktik ta’minotni taqozo 
qiladi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
1. O‘quvchilarda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan 
pedagogik tizimni vujudga keltirish;
2. O‘quv-biluv jarayonida o‘quvchilarning mustaqil, mantiqiy fikrlashlari uchun 
pedagogik imkoniyat yaratish;
3. O‘quvchilar tomonidan bildirilgan turli-tuman fikrlarni qabul qilish, ularni sinf 
jamoasi bilan birgalikda qiyoslash va eng to‘g‘ri fikr haqida aniq xulosalar chiqarish;
4. O‘quv-biluv jarayonida mantiqiy fikrlash muhitini yaratish va muloqotda har bir 
o‘quvchining faol ishtirok etishini pedagogik jihatdan ta’minlash;
5. O‘quvchilarni ular tomonidan bayon qilingan mantiqiy fikrlarning to‘g‘ri yoki 
noto‘g‘ri ekanligiga ishontira olishga erishish;
6. O‘quvchilarda o‘z-o‘ziga ishonchni qaror toptirish va ular tomonidan bayon 
qilingan ob’ektiv fikrlarni rag‘batlantirish;
7. O‘quvchilarning o‘z mustaqil fikrlari bilan ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlarini 
ta’minlash;
8. O‘quvchilar tomonidan bayon qilingan fikrlarga hurmat bilan qarash lozim.
Shaxsning mantiqiy fikri quyidagi xususiyatlarga ega:
– mantiqiy fikrlash, savollar qo‘yish va qo‘yilgan muammoni hal qilish jarayonida 
boshlanadi;
– mantiqiy fikrlovchi shaxs ishonchli dalillarga ega bo‘lishi kerak.
Nemis olimi M.Mauerman ta’kidlashicha: “Ijodiy fikrlash - bu inson uchun 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling