Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
99
asosi va manbayi hisoblanadi. Chunki narsa va xodisalarni aks ettirishning aksariyat 
bo’lagi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo’lmaganda edi tevarak-atrofni narsa va 
xodisalarni aks ettirishdan ularni bilishdan maxrum bo’lgan sanaladi.
Diqqat - ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodislarga faol yo’naltirishga 
aytiladi. Diqaat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har 
doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarida har doimiy yo’ldoshidir. 
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvafaqqiyatli amalga oshirishning va ularni 
samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Subʼyekt faoliyatining biror 
obʼyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur 
shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari 
Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) 
Diqqat va ixtiyoriy (aktiv). Ixtiyorsiz Diqqat biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan 
qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb 
qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, 
yorqinligi, oʻtkir hidliligi va boshqa xususiyatlari diqqatni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy 
diqqatda psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda 
jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu irodaviy diqqat 
deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy D. vositasida amalga 
oshiriladi.
Idrok - sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi 
sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit 
mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi, 
aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul qilish shaxsning ob’yektivreallikdagi voqea-
xodisalarning va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to’laligi bilan 
sezgirdan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va ba’zi 
xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-xodisada ayrim belgilardan tashqari 
turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo’ladiki, odam ularni 
butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok 
voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir. Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki u 
borliqdagi ko’plab xilma-xil predmet va xodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan 
ob’yektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni ta’minlaydi. Ya’ni 
idrokning asosida narsa va xodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki bu obraz boshqalaridan 
farq qiladi.
Xotira haqida tushuncha. Individning o‘z hayotiy tajribasini esida olib qolishi, esda 
saqlab turishi va keyinchalik esga tushirib turishi xotira deb ataladi. Xotira sohasida quyidagi 
asosiy jarayonlar farqlanadi: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish. Bu 
jarayonlar bir-biridan ajralgan holda yuzaga chiqmaydi. Ular bir umumiy jarayonning turli 
tomonlarini tashkil qiladilar. Xotiraning yuzaga chiqishi, rivojalanishi kishining faoliyati 
bilan bog‘liq. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual 
ya’ni shaxsiy tajribani to‘plash bilan bog‘liqdir. To‘plangan tajribadan keyingi faoliyatda 
foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay 
qolishi yoki faoliyatdan tushib qolishi uni esdan chiqarib qo‘yishga olib keladi.
Tasavvur - narsa va hodisalar, holatlarni, voqelik obrazlarini eslash, shuningdek, ijodiy 
xayol surish jarayoni. Xotira shaklida ham namoyon boʻladi. Agar idrok hozirgi daqiqalarni 
aks ettirsa, Tasavvur ham oʻtmishni, ham kelajakni oʻzida mujassamlashtiradi, umumlashgan 
xususiyat kasb etadi. Lekin tasavvur idrokdan oʻzining muayyan darajada noaniqligi bilan 
farqlanib turadi. Biroq uning hissiy narsalarga qaratilgan xususiyati maʼlum turlarga ajratish 
imkonini beradi (koʻrish, eshitish, taʼm va hid bilish, terituyush tasavvurlari). Tasavvurda 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling