Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
100
tanish xodisalar, joylar, sahnalarga asoslanish xotirlashning samarali vositalaridan biri 
sifatida xizmat qiladi. Tasavvurni yangi obrazlar bilan boyitish fikrlash topshiriqlarini 
yechishda muhim urin egallaydi. Bu oʻrinda favquloddagi vaziyatlar, shartsharoitlar 
voqelikka yangicha «nigoh» tashlash yoki tahlil etishni talab qilsa, ular yanada yorqinroq 
gavdalanadi. Tasavvur bilan tafakkurning hamkorlikdagi munosabatlari yangilik unsurlari 
paydo boʻlishini, ijodiy xayol timsollari vujudga kelishini taʼminlab turadi. Bilimlarni 
oʻzlashtirishda, kasbiy malakalarni egallashda tasavvur muhim ahamiyatga ega. 
Tafakkur - narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning 
ongimizda aks ettirilishi. Tafakkur - Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. 
Tafakkur atrof¬dagi olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga 
kelishi uchun shartdir. Tafakkur jarayonida fikr paydo bo’ladi, bu fikrlar insonning ongida 
muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafakkur nutq - til bilan chambarchas bog’langan. 
Insonda tafakkur va nutq bo’lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi va shu sababli u 
ongli mavjudotdir. Inson o’z atrofidagi olamda bo’lgan buyumlar va hodisalarni ongli 
ravishda idrok qiladi, ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda 
harakat qiladi.
Nutq - tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida 
ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki 
(ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni 
va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) 
tushuniladi. Lingvistik nazariyada nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan 
ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)
ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroq til tushunchasiga 
qarama-qarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish 
maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl nutq (tashqi nutq), yaʼni 
gapirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi 
uskunalar yordamida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki 
ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi. 
Quyidagi psixologik hislatlarning harakter xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
shuni aytaolamizki, inson shakllanishidagi fazilatlari hammada turlicha nomayon bo’ladi. 
Asosan, adekvatlik odamlarning hatti-harakatlariga tegishlidir. Aytishlaricha odam o’zining 
munosib yoki yetarli darajada tutmaydi. Shunda savol tug’iladi, nima degani bu? Adekvat 
xulq bu ijtimoiy me’yorlarga, madaniyat qoidalariga javob beradigan odamning xulq-
atvoridir. Masalan tashrif buyurgan odam, avvalo atrofdagilarga salom berishi kerak, bu 
hatti-harakatlar yetarli bo’ladi. Endi tasavvur qiling , kimdir sizga keladiyu salom bermaydi. 
Biz buni odatda noo’rin xatti-harakatlar deb ataymiz. Negaki bu muloqot normalariga to’g’ri 
kelmaydi. Bu kabi misoldan ko’rinib turiptiki odamlarning xulq atvoridagi adekvatlik va 
yetishmovchilikni nima ekanligini anglab olamiz. Aksariyat hollarda adekvatlik tushunchasi 
mavjud bir vaziyatni tushunishi qobilyatini nazarda tutadi. Bu kabi insonlar haqida tez-tez 
aytiladi. Bu suhbatsdosh uchun yetarli, chunki sherigini tushunadi va uning so’zlariga, 
hissiy ifodasiga juda vazmin javob beradi. Shu bilan birga adekvat odamning muvozanati 
o’zini tutish qoidalariga rioya qilishning namoyonidir.Adekvatlik (psixologiya) – individual 
harakatlarning tushuntirish darajasi. Insonning xulq-atvor modelining ma’lum xulq-atvor 
modellariga mosligi.
Odamlar o’rtasidagi bahslarda “adekvatlik” atamasini deyarli hamma joyda eshitish 
mumkin. Bahsning har bir ishtirokchisi iloji boricha raqibning bu sifatiga shubha qilishga 
harakat qilib, uning ajoyib adekvatligini inson ko’z oldida qisman namoyon etadi. Bu sirli 
mulk har bir inson hayotida hal qiluvchi ahamiyatga egami? Afsuski, bu atamani ishlatadigan 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling