Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Муғалим журнал 6-2 2022
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
58 tajribasi ko‘rsatib turibdi. Hammadan oldin musiqaviy qobiliyat ro‘yobga chiqadi, hamma buyuk musiqachilar 4-5 yoshidanoq muvaffaqiyat bilan kuy chalishni bilar edilar. Undan keyin 6-8 yoshdan rassomlik qobiliyati yuzaga chiqadi. Bu yoshdagi bolalarda koloritli original rasm namunalari solishini kuzatish mumkin. Iste’dodli bolalarning rassomlik asarlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish dunyo tajribasida keng tarqalgandir. Demak, ma’lum tabiiy imkoniyatlar mavjud bo‘lganda har tomonlama rivojlanganlik chinakam talant va geniallikning rivojlanishi uchun asosiy shart-sharoitdir. Hatto, ochiq-oydin tabiiy imkoniyatlar mavjud bo‘lmaganda ham, shaxsning har tomonlama rivojlangan bo‘lishi kishi qobiliyatining o‘zi tanlagan yagona faoliyatga nisbatan yuqori darajada rivojlanishi va faoliyatda ancha yuksak ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlaydi. Kasb-hunar ta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishda tadbirlarni tashkil etish va ularni o‘tkazib borishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarni kasblar dunyosiga olib kirish, tanishtirish, qiziqtirish hamda qobiliyati, moyilligi bor o‘quvchilarni ongli tarzda kasb tanlashlariga zamin yaratib beruvchi omil bo‘libsanaladi. Kasbga old ma’lumotlarni tahlil qilish, natijalarni solishtirtsh, birlashtirish, o‘quvchining kasbiy axborot bazasini boy’itishda qo‘llanilgan filmlar, innovatsion yangiliklar vaziyatni baholay olishga yordam beradi. Shuningdek, tasavvur, qiziqish, ehtiyoj, qobiliyat, bilim, ko‘nikma, odatlar bilan uzviy bog‘laydl. Hozirgi kunda kasb-hunarga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot ishlari, kasbiy bilim va ta’limga yo‘naltirilib, o‘quvchilarning fikrlarini, ota-onalarning hamkorligini seminar-treninglar, ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, kasb-hunarning ijtimoiy ahamiyatini yoritish, anjuman, radio va teleko‘rsatuvlarda chiqishlar, qiziqish va havaslarini orttirish individual muloqotlarni uyushtirishdan, mazmunli tashkil etishdan iboratdir. Mustaqillik yillaridagi kasbiy sohalar bilan bugungi kundagi zamonaviylikka asoslangan kasblar o‘rtasida farqlar sezilmoqda. Qizlarni har tomonlama kamolotga boshlovchi kasb- hunarlar shu darajada ko‘payib ketdiki, endilikda o‘g‘il bolalar uchun ham turli to‘garaklar, markazlarning ochilishiga bo‘lgan talab ortmoqda. Ayniqsa, nafaqat qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash kerak, balki o‘g‘il bolalarni ham oila qurishga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga yo‘naltirilgan kasb-hunar markazlari ochilishi ham ayni muddaodir. ProfessorTursunali Qurbonovning «Ota bo‘lish osonmi?» nomli kitobini barcha o‘quvchilar, balog‘at yoshidagi o‘spirinlar o‘qishlarini juda-juda istardim. Chunki kasb-hunarga yo‘naltirish insonni jamiyatga foydasi tegishiga, yomon yo‘llardan qaytarishga turtki beradi. Xalqimizning «Yigit kishiga qirq hunar oz», «Hunardan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik» kabi maqollari bejiz aytilmagan. Hamma jabhalarda ham kasbini to‘g‘ri tanlagan va sevgan inson katta yutuqlarga erishgan, ulkan kashfiyotlar qila olgan. Sportchilarimiz va turli soha egalarining qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlarini keltirish mumkin. Ularning bari fidoyi kasb egalari bo‘lib, tinimsiz mashqlar, samarali ijod tufayli yurtimizni butun jahon tanishiga ulkan hissa qo‘shmoqdalar. O‘zga yurtlarda O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda faxrlanish tuyg‘ulari paydo bo‘lib, insonning shu kasb va uning egasiga havasini orttiradi. Qolaversa, mamlakatimizda maorif sohasi, ta’lim-tarbiyaning uzluksiz tizimida, jumladan, maktab sohasida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Ota-onalarda ham farzandining kelajagiga bo‘lgan qiziqishiari ancha oldin sezila boshladi. Mehnat bozorining qishloqlarda shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasb-hunar ta’limining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga kirishildi. Bu borada muammo ko‘p bo‘lishiga qaramay, o‘n ikki yillik umumiy o‘rta ta’lim yo‘nalishi o‘quvchilarda kasbga yo‘naltirish va ta’limning amaliy yo‘nalganligi yetarli darajada bo‘lishini ta’minlashga harakat boshlandi. Natijada, yigit va qizlar o‘z qobiliyatlari, istaklari ijodiy mehnat moyilliklariga monand hayot yo‘lini belgilay olishga harakat qilmoqdalar. O‘quvchilarda alohida qobiliyatni topish, ajratish va aniqlashda maktab amaliyotchi psixologidan tortib, shahar-tuman XTMMTTEB tashxis bo‘lim-markazlarigacha, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling