Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
59
hamkorlik tashkilotlarigacha harakat qilmoqdalar. Chunki kasb-hunarga yo‘naltirish – 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yoshlarni yurtimizning munosib egalari qilib tarbiyalashda 
muhim bosqichdir. Ayni paytda har bir yosh haqiqiy qiziqish va qobiliyatini, ehtiyoj-xohishini 
bilib olishi kerak. O‘qituvchi bo‘lishni orzu qildimi, u shu kasbning mehnati va zahmatini 
tasavvur qila olishi, ruhan tayyor bo‘lib, eng kerakli bo‘lgan bilimlarni egallab borishi shart. 
Hunarga qiziqdimi, tanlagan kasbidan uyalmasligi, zamonaviy kasb deb o‘ylashi, jamiyatdagi 
ehtiyojini bilishi, o‘rganishi talab etiladi. Tanlangan har bir kasb uchun xohish va iste’dod 
zarur. Evaziga nima olish mumkin? Kelajagi qanday bo‘ladi? kabi savollarga javob topilishi 
kerak. Kasb-hunarni to‘g‘ri tanlash uchun yoshlar o‘zlarining imkoniyati, qobiliyati, shaxsiy 
xislatlarini hisobga olishlari zarur. O‘quvchilar, ko‘pincha, kasb tanlashda obro‘li insonlarga, 
ota-onalari, aka-opalariga taqlid qiladilar. 
Hozirgi kunda aqlan zukko, qobiliyatli, izlanuvchan, mustaqil, mulohazali yigit va qizlarga 
qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilgan. Zamon talablariga javob beruvchi kasb-hunar 
maskanlarida o‘qitish ishlarida mahoratli pedagoglarning o‘rni beqiyos. Zero, insonning o‘z 
o‘rnini topishi bugungi kundagi dolzarb muammodir.
O‘quvchining o‘z imkoniyatlariga ishonch hosil qilishi, qiyinchiliklarni yengib chiqishi 
«Nima uchun shu kasbni yoqtiraman?» mavzuidagi davra suhbatlarini o‘tkazish, kasbning 
yaxshi va yomon tomonlarini tahlil etish, tanqidiy ko‘z bilan qarashga chorlash o‘quvchi 
va o‘qituvchi uchun ahamiyatlidir. O‘quvchining, eng avvalo, o‘z-o‘zini to‘g‘ri anglashi 
va tushunishi, baholashi, munosabatlar o‘rnatishi, «Kim bo‘lsam ekan?» savoliga aniq 
javob topishi, mehnat jarayonida o‘z-o‘zidan qoniqishi, ongli kasb tanlashi o‘zi va jamiyat 
uchun foydalidir. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda quyidagi muammolarga ham 
duch kelinmoqda: maktablarda kasb tanlash haqidagi maxsus fanlarning yo‘qiigi; maktab 
amaliyotchi psixologlarning tajribasizligi; hamkorlikdagi uzilishlar; O‘quvchilarni kasb-
hunarga yo‘naltirishda har biriga alohida yondashuv yo‘qligi; kasbiy tayyorgarlik madaniyati 
va pedagoglar mahoratining yetishmasligi.
Shunday ekan, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishdagi muammolarni hal etishda 
quyidagi tavsiyalarga amal qilish samaralidir: 1) kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagogik 
korreksiya va diagnostikadan foydalanish zarur; 2) yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashda 
rnahoratli pedagoglar, psixologlar, rahbarlar, ota-onalar, faollar hamkorligidagi uzviylikni 
ta’minlash, umumiy rahbarlik nazorat tizimini to‘g‘ri tashkil etish; 3) korxonalarga amaliyot 
uchun borishning sifat darajalarini ko‘tarish; 4) maxsus kechalar, davra suhbatlari, ko‘rik-
tanlovlarni mazmunli tashkil etish; 5) o‘quvchilarning har yili kasbiy, tibbiy, pedagogik, 
psixologik ko‘rikdan o‘tishlariga jiddiy e’tibor qaratish; 6) shahar-tuman XTMMTTEB 
qoshidagi tashxis markazlarini va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi kasbga yo‘naltirish 
xonalarini zamonaviy, innovatsion, kompetensiyaviy yondashgan holda bezatish; 7) ta’lim 
muassasalarining o‘quv-moddiy negizini takomillashtirish.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, kasb-hunarga yo‘naltirishda kuzatish orqali 
hayotni o‘rganish, xarakter, qobiliyat, kayfiyatlarni kuzatish bilan turli tuzatishlar olib 
boriladi. Insonning tashqi ko‘rinishlari: harakatlari, so‘zlashi, boshqalar bilan aloqasi, 
xulq-atvori o‘rganiladi. Belgilangan reja yoki dasturga muvofiq kuzatish asosiy maqsadga 
tezroq yetkazadi. Bu borada birinchi prezedentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini
ta’kidlamoqchimiz: “O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalari har – bir xududning
o‘ziga xos, jo‘g‘rofiy, etnik xususiyat, ehtiyojlaridan kelib chiqib, tashkil etilishi hamda
unda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota – onalari bag‘rida o‘qib, kasb – hunar 
egallashlari qolaversa, o‘sha xududning madaniy – ma’rifiy markaziga aylantirish,
yoshlarni chinakkam barkamol kadrlar qilib tayyorlashga bo‘lgan talabdandir” deya e’tirof 
etganlar. Ushbu fikrlari orqali jamiyat va davlat rivojlanishida yoshlarni har tomonlama yetuk 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling