Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISHDA PEDAGOGIK
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Муғалим журнал 6-2 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 56
O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISHDA PEDAGOGIK
DIAGNOSTIKA Tayanch so‘zlar: yoshlarga xalq hunarmandchiligi kasblarini o’rgatish kasb-hunarga yo‘naltirish va yoshlarni kasblar dunyosiga olib kirish. Ключевые слова: обучение молодежи народно-ремесленным профессиям, профессиональ- ная ориентация и приобщение молодежи к миру профессий. Key words: teaching youth folk craft professions, vocational orientation and introducing young people to the world of professions. Bugungi kunda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish pedagogik faoliyatning ajralmas qismi bo‘lib, bu jarayon oiladan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanib, МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 56 o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarigacha davom ettiriladi. O‘z vaqtida kasbga yo‘naltirish o‘quvchining hayotdagi o‘rnini yaxshiroq egallashida muhimdir. Psixologik diagnostika va pedagogik tashxis ishlari ham ushbu soha bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida endilikda bizga faqatgina har tomonlama rivojlangan bola bo‘libgina qolmasdan, balki har tomonlama sog‘lom, aqlan rivojlangan bolani tarbiyalashda va unga bilim berish va kamolga yetkazishda har bir insonning asosiy burchi ekanligi uqtiriladi. O‘qituvchining mahorati o‘quvchilarning hayotda o‘z o‘rnini topishlarida, kerakli mutaxassis, jamiyatning intellektual salohiyatli kadrlari bo‘lib yetishishlarida, ularning kasbiy madaniyatini shakllantirishda va kasb-hunarga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o‘qituvchilar shaxsiy va kasbiy, umummadaniy, maxsus kompetensiyaga ega bo‘lishlari, shaxsiy-kasbiy sifatlarni rivojlantirishlari, o‘z ustilarida doimiy ishlashlari, pedagogik qobiliyat va pedagogik texnikani, pedagogik mahorat namda insonparvarlikni takomillashtirishlari talab etiladi. Kasb-hunar tanlashda maqsadning to‘g‘ri qo‘yilishi yarim g‘alabadir. Bu g‘alabani yuzaga chiqarishdagi qo‘llanilgan vositalar, metodlar samaraliligi, sinovdan o‘tgan bo‘lishi ayni muddaodir. Kasbga yo‘naltirish o‘quvchi shaxsi, barkamol inson rivojlanishi, manfaatlar, qiziqishlarni amalga oshirish muhiti, harakatlantiruvchi mexanizmlar bilan bog‘liqdir. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim qadamlardan biridir. Odatda insondan hayotimizdagi asosiy qadriyatlar nima deb so‘ralsa, u “sevimli insonlar” va “sevimli ishim”deb javob beradi. Shuning uchun kasb tanlashda adashish kechirilmas xato. Ko‘p hollarda bu xatolik inson o‘z-o‘zini yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi. Ko‘ngilga yoqadigan ish topish va bu ishda muvaffaqiyat qozonish uchun, avvalambor o‘zining xohish va moyilligini aniqlab olish kerak, keyin shunday kasb tanlash kerakki uning xohish, moyilligiga mos tushishi kerak. Har qaysi insonda turli layoqat, temperament, yashashdan maqsadi bo‘ladi. Ba’zi birlar butun bir korxonani muvaffaqiyat bilan boshqaradilar, boshqalar uchun esa bitta mas’uliyatli qaror qabul qilish ham azobli kechadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bir odamga to‘g‘ri kelgan kasb ikkinchi insonga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Hayotda xohishi, qiziqishi, layoqati, qadriyatlar tizimi, mobilligi, xarakteri bir-biriga to‘la mos keladigan insonlar yo‘q, faqat o‘xshash insonlar bor, ya’ni ularning ko‘pchiligida shaxs tipi (turi) bir-biriga to‘la mos tushadi. Bu o‘xshashlik har qaysi odam uchun qaysi sohada muvaffaqiyat qozonish, qaysinisida esa ishlolmasligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerakligi uchun muhim shart-sharoitdir. Bugungi dolzarb muammolardan biri o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik – pedagogik tashxis ishlari samaradorligini oshirish va maxsus ehtiyojga muhtoj bolalarning jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, kasb-hunarga to‘g‘ri va ongli ravishda yo‘naltirish masalalarini qamrab olgan amaliy- uslubiy yordam, yo‘naltiruvchi tavsiyalar berish zarur. Kasb- hunarga yo‘naltirish ishlari butun pedagog jamoaning, mahalla ahlining, oilaning, barcha- barchaning ishidir. Kasblarni to‘g‘ri va ongli tanlashda pedagog va psixologlarning o‘rni ahamiyatlidir.Shu jumladan, psixologlar “Kasb tanlash motivini aniqlash”, ”Xolland”, D.D.S., ya’ni Differensial-diagnostik so‘rovnoma, “Qiziqishlar xaritasi” kabi metodikalarni o‘tkazgandan so‘ng, boladagi qiziqish, moyilliklari, layoqatlari, motiv va qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Bolalardagi qiziqish, qobiliyat aniqlangandan so‘ng, bolani shu tanlagan kasbi bo‘yicha yo‘naltirish lozim, chunki boladagi bor layoqat, qobiliyat rivojlantirilsa, u o‘z kasbining ustasi, mahoratli kasb egasi bo‘lib yetishadi. Ingliz bioximigi S.Rouz, kishi qobiliyatining rivojlanishi uchun to‘siqlar biologiyaga qaraganda, sotsial sharoitda ko‘proqdir deb ta’kidlaydi. Ingliz psixologi D.Kidjin ham aynan shunday xulosaga kelib, tarbiyaning kishi intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta’siri haqida so‘z yuitiladi. Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning sotsial sharoiti belgilaydi, deb uqtiradilar. Masalan, Gelvetsiy o‘z vaqtida, tarbiya yordamida geniy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling