Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Муғалим журнал 6-2 2022
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
57 yaratsa bo‘ladi, degan edi. Hozirgi zamon olimlaridan amerikalik U.Eshbi, kishining qobiliyati yashab turgan vaqtida stixiyali ravishda o‘z-o‘zidan va ongli ravishda ta’lim- tarbiya jarayonida shakllanadi, shularning natijasi o‘laroq masalalarni yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va programmalar vujudga keladi, deb ta’kidlaydi. Ijodiy programma va zo‘r ishchanlik qobiliyati mavjud bo‘lsa, faoliyatda eng yuksak yutuqlarga erishiladi. Masalan Firmen, qobiliyat muhitga bog‘liq, deb hisoblaydi. Muvaffaqiyatli faoliyatning eng muhim shartlaridan biri tasvirlayotgan narsangga nisbatan muhabbatingdir, deb yozgan edi mashhur rassom Yu.Neprinsev. Mashhur peyzajchi, tabiat kuychisi V.V.Meshkov ham ana shu fikrda edi. Rassomga fidokorlik, ijod o‘tida yonish zarurdir. Agar bu o‘t kuchli bo‘lsa, rassom ehtirosli va hayajonlantiruvchi rasm ishlashni oxiriga yetkaza oladi, chunki asar nafaqat aql va o‘tkir kuzatuvchanlik bilan, balki ishga halol munosabatda bo‘lish bilan bunyod etiladi. I.Repin rassomlikka shunchalik ehtiros bilan berilib ketgan ediki, hatto mehmonlar huzurida dam olayotganida ham qalami qo‘lidan tushmas edi. O‘ng qo‘li charchab qalam bo‘lishi va rivojlanishi uchun zamindir. Hatto kishi asosiy hayotiy faoliyat sifatida bitta muayyan faoliyatni tanlab olganda ham bu faoliyatda yuksak muvaffaqiyatlarga erishishiga har tomonlama rivojlanganligi sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik yirik yozuvchilar, yuqorida ko‘rsatilgandek, faqat professional yozuvchi sifatida mashhur bo‘lganlar, lekin ular yanada aniqroq, jonliroq, yorqin adabiy obrazlarni yaratishga yordam beruvchi vosita sifatida rasm solishga, rassomlikka va muzikaga murojaat qilganlar (A.S.Pushkin, M.Yu. Lermontov va boshqa ko‘pgina yozuvchilar). Masalan, Repinning musiqani tushunishi va uni ehtiros bilan sevishi, yorqin badiiy kartinalar yaratishida musiqiy obrazlar unga yordam bergani bizga ma’lum. Kishining har tomonlama rivojlangan bo‘lishi o‘z imkoniyatlarini to‘g‘riroq baholash va shunga muvofiq ravishda asosiy faoliyatini aniqlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari, u hamma qobiliyatlarning rivojlanishini ta’minlaydi, ular hammasi birgalikda hatto bitta muayyan faoliyatda bitta qobiliyatning mazkur faoliyatda bergan samarasiga qaraganda, haddan tashqari yuqori samara beradi. Agar qobiliyat-bu shaxs xususiyatlarining “ansambli” bo‘lsa, iste’dodning oliy darajalari-talantlik va geniallik- odamning yuksak darajada rivojlangan qobiliyatlari “ansambli” bo‘ladi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi “talant” deb ataladi. Talant – insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi qobiliyat, tabiiy iqtidor hamohangligidir. Talant haqida xalqning o‘zida “Xudo bergan” degan gap bor. O‘z navbatida tabiiy iqtidor, qobiliyat, talant hayotiy kasbiy tajriba va zo‘r mehnat bilan uyg‘unlashsa mahorat shakllanadi. Agar qobiliyatning yuqori darajada namoyon bo‘lishi “talant” deb atalsa, talantning yuqori darajada namoyon bo‘lishi buyuklikdir. Buyuklik – bu inson ijodiy kuchining yuksak darajada namoyon bo‘lishi. Nemis faylasufi Shopengauer bu haqda shunday deydi: “Hech kim tekkiza olmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan- talantdir, hech kim ko‘rmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan - buyukdir”. Maktab o‘quvchilari bir-birlaridan o‘z qobiliyatlari bilan farqlanadilar. Qobiliyat notekis rivojlanadi, rivojlanishning vaqtincha to‘xtab qolishi ko‘pincha jadal rivojlanish bilan almashinadi. Bu hol individuallashni, maxsus pedagoglik nazokatini talab qiladi. Ba’zan birovlarga oshiqcha talablar qo‘yib, qo‘shimcha topshiriqlar berish lozim, boshqalarga esa yordam berish kerak, toki ularning qobiliyati tezroq rivojlanib, bilimlar bilan yanada to‘lsin, kerakli xususiyatlari, kompensatsiyalovchi (tiklovchi) mexanizmlari shakllansin. Shuni esda tutish kerakki, tani sog‘, psixik jihatdan sog‘lom bolalar orasida qobiliyatsizlari bo‘lmaydi, balki ular orasida faqat shundaylari bo‘ladiki, ularning nimaga qobiliyatli ekanini biz bilmaymiz. Shu sababli bolalarni sabot bilan o‘rganish va ular qobiliyatini baholashga optimistik ravishda yondoshish-qobiliyat tarbiyachisining zaruriy fazilati bo‘lib hisoblanadi. Qobiliyat muayyan izchillikda namoyon bo‘lishi va rivojlanishini hayot |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling