Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISHDA PEDAGOGIK


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISHDA PEDAGOGIK 
DIAGNOSTIKA 
Tayanch so‘zlar: yoshlarga xalq hunarmandchiligi kasblarini o’rgatish kasb-hunarga yo‘naltirish 
va yoshlarni kasblar dunyosiga olib kirish.
Ключевые слова: обучение молодежи народно-ремесленным профессиям, профессиональ-
ная ориентация и приобщение молодежи к миру профессий.
Key words: teaching youth folk craft professions, vocational orientation and introducing young 
people to the world of professions.
Bugungi kunda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish pedagogik faoliyatning 
ajralmas qismi bo‘lib, bu jarayon oiladan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanib, 


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
56
o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarigacha davom ettiriladi. O‘z vaqtida kasbga yo‘naltirish 
o‘quvchining hayotdagi o‘rnini yaxshiroq egallashida muhimdir. Psixologik diagnostika va 
pedagogik tashxis ishlari ham ushbu soha bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida endilikda bizga faqatgina har tomonlama rivojlangan bola 
bo‘libgina qolmasdan, balki har tomonlama sog‘lom, aqlan rivojlangan bolani tarbiyalashda 
va unga bilim berish va kamolga yetkazishda har bir insonning asosiy burchi ekanligi 
uqtiriladi. O‘qituvchining mahorati o‘quvchilarning hayotda o‘z o‘rnini topishlarida, kerakli 
mutaxassis, jamiyatning intellektual salohiyatli kadrlari bo‘lib yetishishlarida, ularning kasbiy 
madaniyatini shakllantirishda va kasb-hunarga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Buning uchun o‘qituvchilar shaxsiy va kasbiy, umummadaniy, maxsus kompetensiyaga 
ega bo‘lishlari, shaxsiy-kasbiy sifatlarni rivojlantirishlari, o‘z ustilarida doimiy ishlashlari
pedagogik qobiliyat va pedagogik texnikani, pedagogik mahorat namda insonparvarlikni
takomillashtirishlari talab etiladi. Kasb-hunar tanlashda maqsadning to‘g‘ri qo‘yilishi yarim 
g‘alabadir. Bu g‘alabani yuzaga chiqarishdagi qo‘llanilgan vositalar, metodlar samaraliligi, 
sinovdan o‘tgan bo‘lishi ayni muddaodir. Kasbga yo‘naltirish o‘quvchi shaxsi, barkamol
inson rivojlanishi, manfaatlar, qiziqishlarni amalga oshirish muhiti, harakatlantiruvchi
mexanizmlar bilan bog‘liqdir. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim qadamlardan biridir. 
Odatda insondan hayotimizdagi asosiy qadriyatlar nima deb so‘ralsa, u “sevimli insonlar”
va “sevimli ishim”deb javob beradi. Shuning uchun kasb tanlashda adashish kechirilmas
xato. Ko‘p hollarda bu xatolik inson o‘z-o‘zini yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi. 
Ko‘ngilga yoqadigan ish topish va bu ishda muvaffaqiyat qozonish uchun, avvalambor
o‘zining xohish va moyilligini aniqlab olish kerak, keyin shunday kasb tanlash
kerakki uning xohish, moyilligiga mos tushishi kerak. Har qaysi insonda turli layoqat, 
temperament, yashashdan maqsadi bo‘ladi. Ba’zi birlar butun bir korxonani muvaffaqiyat 
bilan boshqaradilar, boshqalar uchun esa bitta mas’uliyatli qaror qabul qilish ham azobli
kechadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bir odamga to‘g‘ri kelgan kasb ikkinchi 
insonga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Hayotda xohishi, qiziqishi, layoqati, qadriyatlar tizimi,
mobilligi, xarakteri bir-biriga to‘la mos keladigan insonlar yo‘q, faqat o‘xshash insonlar
bor, ya’ni ularning ko‘pchiligida shaxs tipi (turi) bir-biriga to‘la mos tushadi. Bu o‘xshashlik 
har qaysi odam uchun qaysi sohada muvaffaqiyat qozonish, qaysinisida esa ishlolmasligi 
haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerakligi uchun muhim shart-sharoitdir. Bugungi dolzarb
muammolardan biri o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik – pedagogik
tashxis ishlari samaradorligini oshirish va maxsus ehtiyojga muhtoj bolalarning jamiyat
ehtiyojidan kelib chiqib, kasb-hunarga to‘g‘ri va ongli ravishda yo‘naltirish masalalarini
qamrab olgan amaliy- uslubiy yordam, yo‘naltiruvchi tavsiyalar berish zarur. Kasb-
hunarga yo‘naltirish ishlari butun pedagog jamoaning, mahalla ahlining, oilaning, barcha-
barchaning ishidir. Kasblarni to‘g‘ri va ongli tanlashda pedagog va psixologlarning 
o‘rni ahamiyatlidir.Shu jumladan, psixologlar “Kasb tanlash motivini aniqlash”, ”Xolland”,
D.D.S., ya’ni Differensial-diagnostik so‘rovnoma, “Qiziqishlar xaritasi” kabi metodikalarni
o‘tkazgandan so‘ng, boladagi qiziqish, moyilliklari, layoqatlari, motiv va qobiliyatlari
namoyon bo‘ladi. Bolalardagi qiziqish, qobiliyat aniqlangandan so‘ng, bolani shu tanlagan 
kasbi bo‘yicha yo‘naltirish lozim, chunki boladagi bor layoqat, qobiliyat rivojlantirilsa, u
o‘z kasbining ustasi, mahoratli kasb egasi bo‘lib yetishadi. Ingliz bioximigi S.Rouz,
kishi qobiliyatining rivojlanishi uchun to‘siqlar biologiyaga qaraganda, sotsial sharoitda
ko‘proqdir deb ta’kidlaydi. Ingliz psixologi D.Kidjin ham aynan shunday xulosaga kelib, 
tarbiyaning kishi intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta’siri haqida so‘z yuitiladi. Ikkinchi
konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning sotsial sharoiti
belgilaydi, deb uqtiradilar. Masalan, Gelvetsiy o‘z vaqtida, tarbiya yordamida geniy 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling