Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
58
tajribasi ko‘rsatib turibdi. Hammadan oldin musiqaviy qobiliyat ro‘yobga chiqadi, hamma 
buyuk musiqachilar 4-5 yoshidanoq muvaffaqiyat bilan kuy chalishni bilar edilar. Undan
keyin 6-8 yoshdan rassomlik qobiliyati yuzaga chiqadi. Bu yoshdagi bolalarda koloritli
original rasm namunalari solishini kuzatish mumkin. Iste’dodli bolalarning rassomlik 
asarlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish dunyo tajribasida keng tarqalgandir. Demak, ma’lum
tabiiy imkoniyatlar mavjud bo‘lganda har tomonlama rivojlanganlik chinakam talant
va geniallikning rivojlanishi uchun asosiy shart-sharoitdir. Hatto, ochiq-oydin tabiiy
imkoniyatlar mavjud bo‘lmaganda ham, shaxsning har tomonlama rivojlangan bo‘lishi
kishi qobiliyatining o‘zi tanlagan yagona faoliyatga nisbatan yuqori darajada rivojlanishi
va faoliyatda ancha yuksak ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlaydi. Kasb-hunar ta’lim 
muassasalari umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishda 
tadbirlarni tashkil etish va ularni o‘tkazib borishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarni kasblar
dunyosiga olib kirish, tanishtirish, qiziqtirish hamda qobiliyati, moyilligi bor o‘quvchilarni
ongli tarzda kasb tanlashlariga zamin yaratib beruvchi omil bo‘libsanaladi. Kasbga old 
ma’lumotlarni tahlil qilish, natijalarni solishtirtsh, birlashtirish, o‘quvchining kasbiy axborot 
bazasini boy’itishda qo‘llanilgan filmlar, innovatsion yangiliklar vaziyatni baholay olishga 
yordam beradi. Shuningdek, tasavvur, qiziqish, ehtiyoj, qobiliyat, bilim, ko‘nikma, odatlar 
bilan uzviy bog‘laydl. Hozirgi kunda kasb-hunarga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot ishlari, 
kasbiy bilim va ta’limga yo‘naltirilib, o‘quvchilarning fikrlarini, ota-onalarning hamkorligini 
seminar-treninglar, ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, kasb-hunarning ijtimoiy ahamiyatini 
yoritish, anjuman, radio va teleko‘rsatuvlarda chiqishlar, qiziqish va havaslarini orttirish 
individual muloqotlarni uyushtirishdan, mazmunli tashkil etishdan iboratdir. 
Mustaqillik yillaridagi kasbiy sohalar bilan bugungi kundagi zamonaviylikka asoslangan 
kasblar o‘rtasida farqlar sezilmoqda. Qizlarni har tomonlama kamolotga boshlovchi kasb-
hunarlar shu darajada ko‘payib ketdiki, endilikda o‘g‘il bolalar uchun ham turli to‘garaklar, 
markazlarning ochilishiga bo‘lgan talab ortmoqda. Ayniqsa, nafaqat qizlarni oilaviy hayotga 
tayyorlash kerak, balki o‘g‘il bolalarni ham oila qurishga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga 
yo‘naltirilgan kasb-hunar markazlari ochilishi ham ayni muddaodir. ProfessorTursunali 
Qurbonovning «Ota bo‘lish osonmi?» nomli kitobini barcha o‘quvchilar, balog‘at yoshidagi 
o‘spirinlar o‘qishlarini juda-juda istardim. Chunki kasb-hunarga yo‘naltirish insonni jamiyatga 
foydasi tegishiga, yomon yo‘llardan qaytarishga turtki beradi. Xalqimizning «Yigit kishiga 
qirq hunar oz», «Hunardan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroylik» kabi maqollari bejiz 
aytilmagan. Hamma jabhalarda ham kasbini to‘g‘ri tanlagan va sevgan inson katta yutuqlarga 
erishgan, ulkan kashfiyotlar qila olgan. Sportchilarimiz va turli soha egalarining qo‘lga 
kiritgan muvaffaqiyatlarini keltirish mumkin. Ularning bari fidoyi kasb egalari bo‘lib, tinimsiz 
mashqlar, samarali ijod tufayli yurtimizni butun jahon tanishiga ulkan hissa qo‘shmoqdalar. 
O‘zga yurtlarda O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda faxrlanish 
tuyg‘ulari paydo bo‘lib, insonning shu kasb va uning egasiga havasini orttiradi. Qolaversa, 
mamlakatimizda maorif sohasi, ta’lim-tarbiyaning uzluksiz tizimida, jumladan, maktab 
sohasida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Ota-onalarda ham farzandining kelajagiga bo‘lgan 
qiziqishiari ancha oldin sezila boshladi. Mehnat bozorining qishloqlarda shakllantirishning 
hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasb-hunar ta’limining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga 
kirishildi. Bu borada muammo ko‘p bo‘lishiga qaramay, o‘n ikki yillik umumiy o‘rta 
ta’lim yo‘nalishi o‘quvchilarda kasbga yo‘naltirish va ta’limning amaliy yo‘nalganligi 
yetarli darajada bo‘lishini ta’minlashga harakat boshlandi. Natijada, yigit va qizlar o‘z 
qobiliyatlari, istaklari ijodiy mehnat moyilliklariga monand hayot yo‘lini belgilay olishga 
harakat qilmoqdalar. O‘quvchilarda alohida qobiliyatni topish, ajratish va aniqlashda maktab 
amaliyotchi psixologidan tortib, shahar-tuman XTMMTTEB tashxis bo‘lim-markazlarigacha, 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling