Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
57
yaratsa bo‘ladi, degan edi. Hozirgi zamon olimlaridan amerikalik U.Eshbi, kishining
qobiliyati yashab turgan vaqtida stixiyali ravishda o‘z-o‘zidan va ongli ravishda ta’lim-
tarbiya jarayonida shakllanadi, shularning natijasi o‘laroq masalalarni yechish uchun tegishli
dastlabki rejalar va programmalar vujudga keladi, deb ta’kidlaydi. Ijodiy programma va
zo‘r ishchanlik qobiliyati mavjud bo‘lsa, faoliyatda eng yuksak yutuqlarga erishiladi. 
Masalan Firmen, qobiliyat muhitga bog‘liq, deb hisoblaydi. Muvaffaqiyatli faoliyatning 
eng muhim shartlaridan biri tasvirlayotgan narsangga nisbatan muhabbatingdir, deb yozgan
edi mashhur rassom Yu.Neprinsev. Mashhur peyzajchi, tabiat kuychisi V.V.Meshkov ham
ana shu fikrda edi. Rassomga fidokorlik, ijod o‘tida yonish zarurdir. Agar bu o‘t kuchli
bo‘lsa, rassom ehtirosli va hayajonlantiruvchi rasm ishlashni oxiriga yetkaza oladi, chunki
asar nafaqat aql va o‘tkir kuzatuvchanlik bilan, balki ishga halol munosabatda bo‘lish bilan 
bunyod etiladi. I.Repin rassomlikka shunchalik ehtiros bilan berilib ketgan ediki, hatto
mehmonlar huzurida dam olayotganida ham qalami qo‘lidan tushmas edi. O‘ng qo‘li
charchab qalam bo‘lishi va rivojlanishi uchun zamindir. Hatto kishi asosiy hayotiy faoliyat 
sifatida bitta muayyan faoliyatni tanlab olganda ham bu faoliyatda yuksak muvaffaqiyatlarga 
erishishiga har tomonlama rivojlanganligi sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik yirik yozuvchilar,
yuqorida ko‘rsatilgandek, faqat professional yozuvchi sifatida mashhur bo‘lganlar, lekin
ular yanada aniqroq, jonliroq, yorqin adabiy obrazlarni yaratishga yordam beruvchi vosita
sifatida rasm solishga, rassomlikka va muzikaga murojaat qilganlar (A.S.Pushkin, M.Yu.
Lermontov va boshqa ko‘pgina yozuvchilar). Masalan, Repinning musiqani tushunishi va
uni ehtiros bilan sevishi, yorqin badiiy kartinalar yaratishida musiqiy obrazlar unga yordam
bergani bizga ma’lum. Kishining har tomonlama rivojlangan bo‘lishi o‘z imkoniyatlarini
to‘g‘riroq baholash va shunga muvofiq ravishda asosiy faoliyatini aniqlab olishga imkon
beradi. Bundan tashqari, u hamma qobiliyatlarning rivojlanishini ta’minlaydi, ular hammasi
birgalikda hatto bitta muayyan faoliyatda bitta qobiliyatning mazkur faoliyatda bergan
samarasiga qaraganda, haddan tashqari yuqori samara beradi. Agar qobiliyat-bu shaxs
xususiyatlarining “ansambli” bo‘lsa, iste’dodning oliy darajalari-talantlik va geniallik-
odamning yuksak darajada rivojlangan qobiliyatlari “ansambli” bo‘ladi. Qobiliyatning
eng yuqori darajasi “talant” deb ataladi. Talant – insonga qaysidir murakkab faoliyatni
muvaffaqiyatli, mustaqil va o‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi qobiliyat, 
tabiiy iqtidor hamohangligidir. Talant haqida xalqning o‘zida “Xudo bergan” degan gap bor.
O‘z navbatida tabiiy iqtidor, qobiliyat, talant hayotiy kasbiy tajriba va zo‘r mehnat
bilan uyg‘unlashsa mahorat shakllanadi. Agar qobiliyatning yuqori darajada namoyon 
bo‘lishi “talant” deb atalsa, talantning yuqori darajada namoyon bo‘lishi buyuklikdir. 
Buyuklik – bu inson ijodiy kuchining yuksak darajada namoyon bo‘lishi. Nemis faylasufi
Shopengauer bu haqda shunday deydi: “Hech kim tekkiza olmagan mo‘ljalga tekkizgan
mergan- talantdir, hech kim ko‘rmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan - buyukdir”. Maktab 
o‘quvchilari bir-birlaridan o‘z qobiliyatlari bilan farqlanadilar. Qobiliyat notekis rivojlanadi,
rivojlanishning vaqtincha to‘xtab qolishi ko‘pincha jadal rivojlanish bilan almashinadi.
Bu hol individuallashni, maxsus pedagoglik nazokatini talab qiladi. Ba’zan birovlarga
oshiqcha talablar qo‘yib, qo‘shimcha topshiriqlar berish lozim, boshqalarga esa yordam
berish kerak, toki ularning qobiliyati tezroq rivojlanib, bilimlar bilan yanada to‘lsin,
kerakli xususiyatlari, kompensatsiyalovchi (tiklovchi) mexanizmlari shakllansin. Shuni
esda tutish kerakki, tani sog‘, psixik jihatdan sog‘lom bolalar orasida qobiliyatsizlari
bo‘lmaydi, balki ular orasida faqat shundaylari bo‘ladiki, ularning nimaga qobiliyatli
ekanini biz bilmaymiz. Shu sababli bolalarni sabot bilan o‘rganish va ular qobiliyatini 
baholashga optimistik ravishda yondoshish-qobiliyat tarbiyachisining zaruriy fazilati bo‘lib
hisoblanadi. Qobiliyat muayyan izchillikda namoyon bo‘lishi va rivojlanishini hayot 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling