Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Муғалим журнал 6-2 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
64 Ziyayev A.N. Qo’qon davlat pedagogika instituti fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi dosenti vazifasini bajaruvchi SEMINAR MASHG`ULOTLARINI INTERFAOL TASHKIL ETISHNING AFZALLIK JIHATLARI Tayanch so’zlar: seminar, interaktivlik, innovatsiya, ta’lim, ta’lim samaradorligi, tartib, izchillik, tizimlashtirish, faoliyat, usul, natija. Ключевые слова: семинар, интерактивность, инновация, образования, образовательная эффективность, порядок, последовательность, систематизасия, деятельность, метод, результат. Key words: seminar, interactivity, Innovation, quality of education, educational efficiency, order, sequence, systematization, activity, method, result. Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha sohalaridagi, xususan, pedagog kadrlar tayyorlash,ta`lim sohasidagi islohotlar bevosita ta`lim oluvchilarning belgilangan bilim,ko`nikma,malaka va kompetensiyalarini ongli,faol o`zlashtirishlari va kelajakda o`z kasbiy faoliyatlarida yutuqlarga erishish, mutaxsis sifatida munosib o‘rin egallashdan iborat maqsad yo‘lida keng qamrovli izlanishlarni taqozo etmoqda. Islohotlarning borishi va kutilgan natijalarga erisha olish bevosita ta’lim tizimini takomillashtirilishi bilan bog‘liq. Bo`lg`usi pedagog kadrlarni pedagogik jihattan tayyorlashda Umumiy pedagogika fani alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.Ma`lumki pedagogika oliy o`quv yurtlari barcha ta`limy o`nalishlarida Umumiy pedagogika fanidan nazariy va seminar mashgulotlari olib boriladi. Mazkur maqolada seminar (lot. “seminarium” – bilimlarni ko‘chirib o‘tkazish) mashg‘uloti OTMda tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarining muhim shakllaridan biri sifatida o‘quv fani dasturida belgilangan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarning amaliy ko‘nikma va malakalarga aylanishini ta’minlashdagi mohiyati,mashg`ulotlarni tashkil etish va olib borishning innovatsion texnologiyalarini yoritishdan iborat. Odatda, seminar mashg‘ulotlari belgilangan mavzular bo‘yicha muayyan masalalarning bahs-munozara asosida tahlil qilishga asoslanadi. Bugungi talablar zamonaviy ta’lim har bir o‘quv mashg‘ulotining talabalar o‘quv-bilish faoliyatidagi faolligiga asoslanishi taqozo etadi. Talabalarda ta’limiy faollikni oshiruvchi omillardan biri – innovatsion texnologiyalar bo`lib bu texnologiyalar interfaol metodlarni qo`llash orqali amalga oshirilishi ekanligi nazarda tutilsa, seminar mashg‘ulotining tarkibiy tuzilmasida ushbu metodlar yordamida bajaraladigan topshiriqlarning bo‘lishi kutilgan natijaga erishishni ta’minlaydi. Interfaol metodlar turli murakkablikdagi o‘quv materiallarini juftlikda, kichik guruhlar va katta guruhda talabalar tomonidan birgalikda, o‘zaro o‘zlashtirish imkonini beradi. Talabalarning bilish imkoniyatlarini oshirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda interfaol metodlarning o`ni va ahamiyati kattadir.Zero, interfaol metodlar zamonaviy ta’limda ta`lim oluvchilarning bilish faolligini oshirish, ularda ta’lim olishga bo‘lgan amaliy ko`nikmalarni shakllanishidagi rag`batni kuchaytirish imkoniyatiga ega. Interfaol metodlar yordamida o‘zaro juf ta`lim oluvchilarning juftlikda, kichik va katta jamoalarda ta’lim olishlari esa ular tomonidan o‘quv masalalarining har tomonlama tahlil qilish imkonini beradi. Shu sababli fan o‘qituvchilari pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda interfaol metodlarni samarali qo‘llashlari maqsadga muvofiqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling