Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
15
adabiyotshunosligida rivojlandi. Aristotel dastlab asarlarni lirik, epik va dramatik turlarga 
ajratish bilan adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Hali badiiy 
adabiyot tushunchasi shakllanmagan bir paytda Aristotel uni “poeziya” deb atadi. Poeziya 
deganda muallif faqatgina she’riyat haqida so‘zlamaydi. Nasr va dramaturgiyani ham 
unga aloqador holda tahlil hamda talqin qilib beradi. Aristotel fikricha, poeziya hayotning 
o‘xshashini yaratadi:
“Epos va tragediya, shuningdek, komediya va difiramb (madhiya, qasida) ijod etish, 
yaratish, avletika nay chalish) va kifaristikaning (kifara chalish san’ati) katta qismi – bu 
hammasi, umuman aytganda oʻxshatish (mimesis) san’atidan oʻzga narsa emas; ular oʻzaro 
uch jihatdan (1) tasvirlashning turli vositalari bilan; (2) tasvirlash predmeti bilan; (3)rang-
barang nooʻxshash usullar bilan farqlanadi”. [1.7]
Shundan so‘ng G‘arb adabiyotida shakllangan adabiy asarlarni turlarga ajratish masalasi 
Sharq xalqlari ijodkorlari asarlarida keng quloch yoygan holda bayon etila boshlandi. 
Xususan, bu holatga birinchilardan bo‘lib Abu Nasr Forobiy (873-950) va Abu Ali ibn Sino 
(980-1037) o‘z munosabatlarini bildirishdi. Ular Aristotelning “Poetika” asariga yozgan 
sharhlarida adabiy tur va janrlar haqidagi qarashlarni juda chuqur tahlil qilishdi hamda 
unga o‘zlarining fikrlarini aytishdi. She’riyat va dramaturgiyaning o‘zaro aloqasini Forobiy 
asar misolida yanada yorqinroq aks ettirib berdi. Forobiy Aristotelning asarini sharhlar 
ekan undagi she’r haqidagi nazariyani alohida izohlaydi. Aristotel fikricha, she’r bir qancha 
turlarga bo‘linadi. Ularning ba’zilari insonlarni yomon yo‘ldan saqlasa, ba’zilari ruhiy 
sezgini o‘stiradi. Aristotel bunday she’rlarni “she’r navlari” deb aytadi hamda ular tarkibiga 
satirani ham kiritadi.
Aristotel nafaqat asosiy turlarni, balki bir qancha qo‘shimcha tur va janrlarni ham 
tekshirgan. Xususan, satirik yo‘nalishdagi asarlarni muallif she’rning navi, ya’ni bir 
turi sifatida e’tirof etadi. Aristotelning qarashlaridagi yana bir e’tiborli jihat u satira va 
komediyani bir xil deb belgilamaydi. Ko‘pchilik adabiyotshunoslar nazaricha, satiradagi 
komiklik tabiati uning komediya bilan bog‘liqligida namoyon bo‘ladi. Lekin har qanday 
satira komediya bo‘lavermaydi, hamma komediya esa satirik yo‘nalishda yozilavermaydi. 
Bunga o‘tmish va bugungi kun adabiyotidagi asarlar yaqqol misol bo‘ladi. 
Satira namunalarining ilk ko‘rinishlari birinchi navbatda, xalq og‘zaki ijodi janrlarida 
ko‘rinadi va sekinlik bilan yozma adabiyotga o‘tadi. Satiraning xalq og‘zaki ijodidagi ilk 
ko‘rinishlari sifatida biz parodiya, masal kabi janrlarni ko‘rsata olamiz. 
Eramizdan oldingi davrlarda yashagan Aristofen satirik dramaturgiyaning asoschisi deb 
qaraladi. Aristofen o‘z ijodi bilan satirani satira holiga keltirgan. Plavt, Yuveniylar satira 
binosiga g‘isht qo‘ygan bo‘lsalar, Servantes, Rable, Svift, Molyer, Didro, Volter, Geyne, 
Dikkens kabi ijodkorlar satiraning to‘la ravishda tashkil topishi uchun katta xizmat qildilar.
Adabiyotshunoslarning e’tirof etishicha, satira ham mustaqil janr. Chunki hajviy 
yo‘nalishda bitilgan asarlarda o‘ziga xoslik, alohidalik bor. Jumladan, epik turga oid asarlar 
hikoya qilish uslubida yoziladi. Lirik tur insonning ruhiyatiga ta’sir qiladi va she’riy yo‘lda 
bitiladi. Dramatik turga mansub asarlar esa sahnada rollarga bo‘lingan holda namoyish 
etiladi.
Satira esa mana shu uch turdagi badiiy asarlarning har birida o‘zini namoyish qilishi 
mumkin. Masalan, satirik roman yoki hikoya, satirik she’r, satirik yo‘nalishda bo‘lgan 
sahna asari (komediya, intermediya). Bularning barchasi satiraning komiklik tabiatini 
yanada aniqroq his qilishimiz uchun zamin yaratib beradi. Jahon adabiyotida ham, o‘zbek 
adabiyotida ham har uchala turga mansub bo‘lgan satirik asarlar yaratilgan va yaratilmoqda. 
Xususan, satira va epik turning uyg‘unligini Chexovning “Qiyshiq oyna”, “Chinovnikning 
o‘limi”, Abdulla Qahhorning “Adabiyot muallimi”, “San’atkor”, Ne’mat Aminovning 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling