Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 17
Mamaraximova N.I.
Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi IJODIY TAFAKKURDA NUTQNING AHAMIYATI Tayanch so‘zlar: ijodiy tafakkur, til, nutq, tafakkur, boshlangʻich sinf, matn, nutq madaniyati, ta’lim, tarbiya, o‘quvchi. Ключевые слова: творческое мышление, язык, речь, мышление, начальная класс, текст, культура речи, образование, воспитание, ученик. Key words: creative thinking, language, speech, thinking, primary education, text, speech cultura, education, upbringing. Oʻquvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishda nutq faoliyati, taʼlim jarayoni, oʻquvchilarning axloqi muhim vositalar boʻlib qolmogʻi kerak. Chunki, nutq faoliyati jarayonida oʻquvchilarda odamlarga nisbatan mehribonlik, gʻamxoʻrlik kabi tuygʻular shakllanadi. Shu sababli oʻqituvchi oʼquvchi shaxsini axloqiy shakllantirish uchun ular bilan doimo munosabatda boʻlishi, oʻzaro samimiy muloqotni tashkil etishi lozim. Bunda oʻqituvchi oʻquvchi shaxsini shakllantirishda axloq, madaniyat, oʻqish, mehnat, ijtimoiy foydali faoliyatlarga asoslanadi. МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 17 Nutq faoliyati jarayonini belgilangan maqsadga erishish, xohish boʻyicha ishlash, kerakli- keraksiz gaplarni gapirish emas, balki oʻz-oʻziga talabchan boʻlish, barcha vaziyatlarda aniq fikrga ega boʻlish, oʻz-oʻzini tarbiyalash va bunda kuchli hamda kuchsiz tomonlarini aniqlash, axloqiy tarbiyalanganligi, bilimlarni yaxshi egallaganligi, nutq madaniyatining rivojlanganligi, dovyuraklik va hal qiluvchanlik, talabchanlik, tashabbuskorlik va mustaqillik, oʻz-oʻzini idora qilish va tuta bilish kabilar tashkil etadi. Bunda oʻqituvchi oʼquvchining nutq madaniyatini shakllantirish dasturiga ega boʻlishi, kundalik daftar tutishi va oʻquvchidagi oʻzgarishlar, nutq odobi qoidalari va ularning bajarilishini yozib borishi kerak. Inson oʻz faoliyati jarayonida, turli sharoitlarda, turmush tarzida nutq madaniyati bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham har bir inson oʻzining xatti-harakatiga, muloqotiga va maqsadiga tashqaridan turib qarashi lozim. Аlbatta, bunda egallangan bilimlar nutq faoliyatining maqsadli boʻlishiga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga bilimlar insonning haqiqatga boʻlgan munosabatini rivojlantirishga, turmushiga, ongiga, hayotiga taʼsir etadi. Yaʼni bilimlar nutq faoliyatining, madaniyatining asosini tashkil etadi. Bilimlar oʻquvchining faoliyatida maʼnaviy koʻnikma va malakalarni shakllantiradi. Demak, nutq madaniyatini shakllantirish oʻquvchilarning maktabda turli fan asoslarini egallashi jarayonida paydo boʻladi. Natijada, oʻquvchida nutq haqidagi bilimlar rivojlanadi. Uning ongi va bilimi turli sohalarga kirib borib dunyoviy tushunchalarini boyitadi. Bilim orqali nutq madaniyatiga erishadi. Hayotda, tajribada bilimli bilan bilimsizning madaniyati barobar emasligini koʻp uchratish mumkin. «Bilim - oʻquvchilarning axloqiy mezonlarida, aloqa va munosabatlarida namoyon boʻladi» – deb taʼkidlaydi R.Ibragimov. [1.71] Shunday ekan, bilimlarni oʻrganish va uni rivojlantirib borish oʻquvchining nutq madaniyatini shakllantirishda va hayotiy tajribasida muhim ahamiyatga ega. Chunki, nutq madaniyatini shakllantirish shaxsda bilimlar, tushunchalar, eʼtiqod, ongli intizom, tajriba faoliyatini yaxlit, bir butun holatda namoyon etadi. M.G.Davletshin va ruhshunos olimlarning fikricha, bilim, koʻnikma va malakalar taʼlim jarayonining natijasidir. Bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni muammosi P.Ya.Galьperin va N.F.Talezina tomonidan oʻrganilgan. Ular bilimlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar. [2.126] Darhaqiqat, oʻquvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish koʻp jihatdan uning bilimiga bogʻliqdir. Taʼlim jarayonida ularning bilimlar koʻlami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi. Shunday ekan, har bir darsda oʻquvchi tomonidan egallangan bilim, axloqiy qarashlar nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan boʻlishi lozim. Chunki, bilim boylik manbai boʻlib, kishining aqlini mustahkamlaydi, izzatini oshiradi, kamolga yetkazadi, nomini boqiy qiladi. Bilim inson uchun gʻoyat oliy va muqaddas bir fazilat hisoblanib, kishi zehnini, fikrini boyitadi. Har bir shaxsni madaniyat, maʼrifat dunyosiga olib kiradi. Yomon odamlardan, nopok ishlardan qaytaradi. Yaxshi xulqli va odobli boʻlishga, eʼtiqodlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bilim kishilarni har yerda aziz va hurmatli qiladi, kamolga yetkazadi. Inson hayotidagi ishlarni toʻgʻri yoʻlga soladi. Shuning uchun ham xalq orasida bilim orqali nutq madaniyatiga ega boʻlgan va shu tufayli ulugʻlikka, orzu-istaklariga erishgan kishilar qadrlanadilar. Oʻquvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishda nutq his-tuygʼulari asosiy oʻrinni egallaydi. Nutq his-tuygʻulari, uning taʼsirchanligi, asosan, axloqiy bilimlar va eʼtiqodlar, burch, milliy gʻurur bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, inson xarakterida hamda nutqiy faoliyatida namoyon boʻladi. «His-tuygʻular – kishining oʻz hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashgʻul boʻlayotganiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling