Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
20 Yuqoridagilarga asoslanib, oʻquvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish vazifalarini quyidagicha belgiladik: – nutq his-tuygʻularini tarkib toptirish va rivojlantirish; – nutq koʻnikmalari va odatlarini shakllantirish; – soʻzning tarixiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati anglash, xalqimizning anʼana va urf-odatlariga amal qilgan holda nutq odobi, nutq madaniyati, til madaniyatiga amal qilish; – oʻz fikrini ogʻzaki va yozma ravishda aniq bayon eta olish, fikrini isbotlay olish, soʻzlashish, boshqalarni eshitish va ishontira olish koʻnikmalariga ega boʻlish; – bilim egallashga ehtiyojni sezish va oʻz bilimi va qobiliyatini namoyon qila olish koʻnikmasiga ega boʻlishi; oʻqish va jamoa ishlarida faol ishtirok etish, ishga ijodiy munosabatni shakllantirish; – nutq madaniyatiga nisbatan talabchan, nutqidagi kamchiliklarni bartaraf eta olish; – nutq odobi sifatlariga ega boʻlish; mehribonlik bilan soʻzlash; – soʻzlash jarayonida moslashuvchanlik, kirishimlilik, soʻzga chechanlik va boshqalar. Sanab oʻtilgan sifatlarni boshlangʻich taʼlim oʻquvchilariga singdirish uchun quyidagi shart-sharoitlarga amal qilish zarur: – oʻquvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishda adabiy tilni mukammal oʻrganish; – oʻquvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishda oila, atrof-muhit amaliy faoliyatini tashkil etish; – notiqlik sanʼati maʼnaviyatlilik, komillik belgisi ekanligini tushuntirish; – oʻquvchilarning nutq madaniyatini shakllantirishda dars jarayoni imkoniyatlaridan foydalanish; – dars va darsdan tashqari jarayonda Mahmud Qoshgʻariyning «Devonu lugʻatit turk», Аlisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarlaridagi notiqlik sanʼati haqidagi fikrlarini oʻrganish maqsadga muvofiqdir. Ushbu fikrlarning xulosasi oʻrnida shuni taʼkidlash mumkinki, jahon hamjamiyatida ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar keskinlashayotgan bir sharoitda notiqlik sanʼatiga ahamiyat berish muhim oʻringa ega. Shu munosabat bilan boshlangʻich taʼlim bosqichi oʻquvchilarida nutq madaniyatini shakllantirish, uning axloqiy ongi, axloqiy faoliyatining yetuklik darajasi, axloqiy ehtiyojlari va axloqiy yoʻnalishlari, soʻz va ishning birlik darajasi, xullas faol hayoti bilan bevosita bogʻliqdir. Demak, nutq madaniyatini shakllantirish natijasida har bir kishi turli ijtimoiy munosabatlarga faol kirishadi. Nutq madaniyati tufayli har bir fuqaro oʻz uquvi, isʼtedodi, intilishi, tirishqoqligi, mehnatsevarligini namoyon etib, huquqiy-demokratik davlat qurishga intilayotgan yurtimiz hayotida faol ishtirok etadi. Oʻzining nutqi, fikri, tafakkuri bilan siyosiy tajavvuzkor kuchlarga qarshi kurashadi. Birinchi prezidentimiz I.А.Karimov aytganidek – «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi». [5.18] Har bir kishi oʻz mustaqil, tanqidiy fikri bilan nafaqat Oʻzbekistonda balki, jahon hamjamiyatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat; diniy ekstremizm, giyohvandlik singari salbiy illatlarga oʻz munosabatini bildiradi. Xulosa qilib aytganda, nutq madaniyatini shakllantirish faqatgina bilim, fikr, tafakkurni rivojlantirib qolmay, balki uning negizida oʻsib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik sifatlariga ega qilib voyaga yetkazish, salbiy illatlarga qarshi faol kurasha oladigan muloqotga ega qilib tarbiyalashdir. Adabiyotlar: 1. Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: Oʻzbekistin, 2000. – 71 b. 2. Коммуникативность обучения - в практику школы: Из опыта работы. / Книга для учителя. - М.: Про- свещение. 1995. – 126 с. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling