Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
22 olib keladigan noyob narsa kerakligi anglashiladi. Shunda Ibn Mug‘anniy “Kuy olamni sel qiladur” jumlasini topib oladi. Bu jumla bir xil hayot tarzidagi oila a’zolari uchun o‘ta noyob hodisa edi. “Kuy olamni sel qiladur”. Bu jumlada qanday ma’no yashiringanki, oila a’zolari uchun noyob hodisaga aylandi? Ibn Mug‘anniy asar davomida hovli etagidagi uyga yetib olishga harakat qiladi. Yo‘lda u turli to‘siqlarga uchraydi. Vayron bo‘lgan bog‘, qarg‘alar, kalamush hamda sovuq. Oxirida u manzilga yetib boradi va “Qor bosgan vodiyga ko‘hna soz nolasi taraladi”. Asar shu bilan o‘z nihoyasiga yetadi. Yozuvchining “Nusxakashning merosxo‘ri” asari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, asar qahramonlarining murakkab o‘y-fikrlariga guvoh bo‘lamiz. U ham otasi kabi rassom bo‘lishni, rassom bo‘lgandayam mashhur rassom bo‘lishni xohlaydi. U ayrim vaqtlarda otasining yonida ish jarayonlarini kuzatib turadi, o‘zi ham rasmlar chizishni boshlaydi. Nuriddin yigit yoshiga yetgandan keyin tadbirkorlik qila boshlaydi, dastlabki vaqtlarda yaxshigina pul topadi va yakunda yangi tanishgan “do‘sti” Kuntunbey uni chuv tushirib ketadi. Endi Nuriddin uchun hayot asl qiyofasini ko‘rsatadi. Qiyinchilik, “qo‘li kaltalik”, pushaymonlik hayotining asosiy qismi bo‘lib qoladi. “Ming yillik” xolstdagi xomaki nusxalar, qaysidir kishilarning tugallanmay qolgan suratlari ichida u otasining “Men rassom emasman, nusxakashman… Dengiz, o‘rmon, osmonni chizing deysan… Nur, ustaxonaga qamalib olib qiladigan hunarimni faqat sen bilasan. Uni sen o‘rganding. Men senga rassomlikni emas, nusxakashlikni o‘rgatdim…Lekin bir narsani bilib qo‘y, men chizgan mana shu nusxalar bor-ku shular dunyodan o‘tgan zahoti menga o‘xshagan nusxakashni rassom o‘rnida osmonga ko‘tarayotgan zamonning ham dumi tugiladi… Nur, sen ko‘chaga chiq, odamlarga aralash, hayotning ichida yur, negaki dengiz, o‘rmon, osmon tashqarida, ustaxonada emas” [2.179] deganini eslaydi. Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalarini o‘rgatishda talabalarni 3 guruhga bo‘lamiz. 1-guruh “Jajman”, “Ibn Mug‘anniy” hikoyalarini 2-guruh “Jim o‘tirgan odam”, “Otamning do‘sti” hikoyalarini 3-guruh “Jim o‘tirgan odam”, “Nusxakashning merosxo‘ri” hikoyalarini Nazorat savollari. 1. “Jajman” asaridagi Zardusht bobo obrazi tahlili? 2. “Jajman” asarida adib nega Ahuramazda va Ahriman obrazidan foydalangan? 3. Nega Jajmanni o‘ldirish juda mushkul ish deb tasvirlangan? 4. “Ibn Mug‘anniy” hikoyasida nega qor tasviri keltirigan? 5. “Jimjitxonaga yo‘l” nega aynan shunday nomlang? 6. Befarqlikning jamiyat uchun qanaqa zararlari bor? 7. Hayotni qat’iy chegalar asosida qurishni qanday baholaysiz? 8. “Yettinchi qavat” va “Jimjitxonaga yo‘l” asarlarini qiyoslang? Yozuvchining ramzga asoslangan yana bir hikoyasi “Jimjitxonaga yo‘l” asaridir. Ushbu asar italyan adibi Dino Butsattining “Yetti qavat” hikoyasiga nazira o‘laroq yozilgan. Hikoyada Dino Korte va Zohid Yaqin obrazlari hayotida ro‘y berayotgan voqealar tasvirlanadi. Ular o‘zlarini sog‘lom insonlarmi deb o‘ylashadi. Kasalxonaga boramiz-u darrov yoki qisqa muddat ichida davolanib qaytamiz degan fikrda bo‘ladilar. Dino Korte |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling