Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
23
dastlab yettinchi qavatga joylashadi, asta-sekinlik bilan 6, 5, 4, 3, 2, 1-qavatlarga tushib 
keladi. Bu tartibda tushirilish Kortening ahvoli og‘irlashayotganidan darak beradi. Lekin 
u o‘zini yaxshi holatdaman deb o‘ylaydi. 1-qavatga yetib kelganda esa u uchun hammasi 
tugaydi. 
Zohid Yaqin xususida ham shu gaplarni aytishimiz mumkin. U hech qachon o‘zini 
kasal bo‘laman deb o‘ylamaydi, har doim sog‘lom, baquvvat, tetik, ming yil yashayman 
deb o‘ylaydi. Ammo taqdir deb ataluvchi mexanizm o‘z yo‘lida to‘xtamasdan davom etadi. 
Bu yo‘lda kimdir baxtli bo‘ladi, kimdir esa… Kimdir uzoq umr ko‘radi, kimdir esa qanoat 
qiladi. Lekin hammamiz bir kun bu dunyoning omomat ekanligini, barcha narsalarimiz, 
ishimiz, qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz, mulkimiz, yor-do‘stlarimiz, oilamizdan “yiroqqa”, 
insonlar tirik holida hech qachon borolmaydigan, juda kam insonlargina insoniy xislatlar 
orqali his qila oladigan olamga ketamiz. 
Adib “Jim oʻtirgan odam” hikoyasida bitta idorada qirq yil xizmat qilgan Qurbonalining 
hayoti, xususan, uning xarakteri, jamiyatimizda kun kechirayotgan shaxslarga xos loqaydlik 
illati muhokama qilinadi. Hikoya qahramoni Qurbonali, aslida, hayotining birinchi qismida 
botir, gapga chechan edi. Ammo hayotining ikkinchi qismida xuddi otasi kabi, padari vasiyat 
etib ketganidek, tiliga qulf solib, jim yashaydi. Hikoyada bayon etilayotgan onasi vafoti 
bilan oʻtkazilgan Ilyosvoynikidagi xudoyi maʼraka, taʼziyaga kelgan chollarning gurungi, 
bu bahsga oʻzgacha talqin bergan nomaʼlum shaxsning deyarli har kuni hikoya qahramoni 
oldidan chiqib, maʼrakadagi voqeani eslatish orqali, goʻyoki, ramziy maʼnoda, jamiyatda 
olimlik maqomini olgan-u ammo odamiylik maqomiga erisha olmagan Qurbonalining 
fojiaviy hayoti muhokama etiladi. Qurbonali har kuni kutilmaganda oldidan chiqib, 
maʼrakadagi voqeani eslatuvchi bu kishini “Kimsan” deb ataydi. Kimsanning luqmali gap-
soʻzlaridan, chunonchi, “jim oʻtirgan odam eng xavfli odam”, degan hukm-xulosasidan 
soʻng, Qurbonali oyogʻi kuygan tovuqdek tipirchilab, vijdoni azobda qoladi. Qurbonali 
qanday fan sohasi bilan shugʻullangan, qanday ilmiy kashfiyot qildi kabi tafsilotlarga 
yozuvchi mutlaqo toʻxtalmaydi. Asarda ilgari surilayotgan ikkita muhim gʻoya oʻsimlikning 
oʻq tomiri singari koʻrinish berib turibdi. Birinchidan, Qurbonali hayoti misolida: “Olim 
boʻlish oson, ammo odam boʻlish qiyin”, degan jaydari bir xalqona falsafa koʻrsatib beriladi.
Qurbonalining idoradoshi Odilxon yuvoshning quyidagi gap-soʻzlaridanoq, ziyoli 
shaxsining naqadar qashshoqona hayot kechirayotganidan voqif boʻlamiz: “Qurbon aka, – 
dedi koʻzini chimirib. Koʻzoynagiga koʻrsatkich barmogʻini nuqdi. Soʻng gʻoyatda maxfiy 
yangilikni oshkor qilayotgan odamdek, boʻzrayib turib shipshidi: Zina qolib, devor-u 
tomlargacha marmar qoplanib ketdiyu, sakkiz yildan beri oynakni butlolmayman!” Hikoya 
qahramoni Qurbonali Odilxon yuvoshning qoʻli kaltaligi sababini zamonadan emas, oʻzidan 
koʻradi: “Koʻzoynaging darz ketibdi-yu, mabodo koʻzing sitilib oqsayam aravangni oʻzing, 
oʻz qoʻling bilan sudraydigan zamon kelganiga qancha boʻldi, soʻtak! Eplasang – sudra 
aravangni, koʻchani boshingga koʻtarib sudra, eplamasang – egamning dargohi bepoyon!” 
Qurbonalining ichki monologi orqali ifodalangan fikrlaridan ayon boʻlmoqdaki, u zamondan 
orqada qolib ketgan qoloq odam ham emas, u fikrlay oladi, baholay oladi, lekin dilidagi 
gapini tiliga chiqarmaydi. 
Qurbonali besamar hayoti natijasida, “mahallaning soʻpisi” darajasigagina chiqa olgan 
oddiy olim, u burnining tagidan narini koʻra olmadi. Aslida, olim shaxs dunyo ilmidan, 
dunyo afkor ommasi qiziqayotgan muammolar bilan qiziqa olishi, ular bilan bahslashishi, 
juda boʻlmaganda, ular darajasida fikrlay olishi lozim edi. Adib Qurbonalining hash-pash 
deguncha oʻtib ketgan besamar umri misolida, bugungi kun ziyolisini jadalroq mehnat 
qilishga, faqat tor doirada emas, xorij ilmini ham egallash darkorligini uqtirayotgandek 
hissiyot uygʻotadi.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling