Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аbdumutalipov А.B. IIV Akademiyasi Jangovar va jismonit tayyorgarlik kafedrasi o’qituvchisi DZYUDO BILAN SHUG‘ULLANUVCHI KURASHCHILARDA
- Ключевые слова
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
155 РЕЗЮМЕ В статье рассказывается о негативных изменениях в психике студентов и задачах по их устранению в физическом воспитании. Для освещения темы статьи были использованы научные разработки зарубежных и отечественных ученых. SUMMARY The article talks about negative changes in the psyche of students and the tasks of eliminating it in physical education. Scientific developments of foreign and domestic scientists were used to cover the topic of the article. Аbdumutalipov А.B. IIV Akademiyasi Jangovar va jismonit tayyorgarlik kafedrasi o’qituvchisi DZYUDO BILAN SHUG‘ULLANUVCHI KURASHCHILARDA CHAQQONLIK VA CHIDAMLILIKNI TAKOMILLASHTIRISH Таяанч сўзлар: kurashchilar, texnika, taktik, chidamlilik, egiluvchanlik, mahorat, sportchilar, jismoniy tarbiya, o’rganish, rivojlantirish. Ключевые слова: борцы, техника, тактика, выносливость, гибкость, мастерство, спор- тсмены, физическое воспитание, обучение, развитие. Key words: wrestlers, technique, tactics, endurance, flexibility, mastery, athletes, physical education, training, development. Chaqqonlikni rivojlantirishi metodikasi bilan tanishib chiksak: birinchidan - chaqqonlikni rivojlantirish koordinatsiya jixatdan murakkab harakatlarni bajarishni; ikkinchidan - harakat faoliyatini tusatdan o‘zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini madaniyatlashdan iboratdir. Bunda chaqqonlik uchun zarur bo‘lgan o‘z harakatlarini fazo va vaqtda aniq idrok etish, lozim bo‘lsa, stabil harakatlar, muvozanat saqlay olish, galma-gal zo‘r berish va muskullarni bo‘shattirib olish yoki, aksincha, muskullarni taranglashtirish qobiliyati va shunga o‘xshash boshqa xususiyatlarni tanlab takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Demak, «Chaqqonlik» deganda, harakatlar koordinatsiyalarning umumiy tuplami yig‘indisi tushuniladi. Chaqqonlikni rivojlantirish va madaniyatlashning asosiy yo‘li yangi xilma-xil harakat malakalarini va kо’nikmalarini shakllantirish demakdir. Bu esa harakat malakalarining zahirasi ortib borishiga sabab bo‘ladi va harakat analizatorlarining funksional imkoniyatlariga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Yangi harakatlarni o‘zlashtirish o‘zluksiz bo‘lgani yaxshi. Agar uzoq vaqt oraligida yangi harakatlarni o‘rganish rejalashtirilgan bo‘lsa ham, o‘quvchilarga vaqti-vaqti bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lmagan mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi. Chunki yangi harakatlar (mashqlar) o‘zlashtirib turilmasa shug‘ullanuvchini harakatga o‘rgatish qiyinlashadi. Bunday mashqlarni tula o‘zlashtirib olish shart emas, chunki u shug‘ullanuvchilarning qandaydir yangi harakatlarni xis qilib turishlari uchun zarur. Bu kabi mayda-chuyda harakatlarni, odatda, aktiv dam olish uchun ajratilgan kunlardagi mashg‘ulot jarayoni tarkibiga kiritiladi. Chaqqonlini rivojlantirishda yangi harakatlarni o‘zlashtirib olish qobiliyati sifatida har kanday ixtiyoriy harakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi elementlari bo‘lgani uchungina o‘rganiladi. Malaka avtomatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning chaqqonlikning rivojlantirish vositasi tarzidagi ahamiyati kamayib boradi. Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq qayta tuzish qobiliyati to‘satdan o‘zgargan sharoitdagi ta’sirlarga darxol javobning berilishi chaqqonlikni rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Bunda yuklamning o‘zgarishi sodir bo‘ladi, chaqqonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilib yuklamani oshirish shug‘ullanuvchilarga koordinatsiyaviy qiyinchiliklarni oshirib amalga oshiriladi. Ular yengishi lozim bulgan koordinatsiyaviy qiyinchiliklarni uch guruhga bo‘ladilar: 1. Harakatlarning aniqligiga erishishdagi qiyinchiliklar; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling