Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
64 Odatda, seminar mashg‘ulotlari belgilangan mavzular bo‘yicha muayyan masalalarning bahs-munozara asosida tahlil qilishga asoslanadi. Bugungi talablar zamonaviy ta’lim har bir o‘quv mashg‘ulotining talabalar o‘quv-bilish faoliyatidagi faolligiga asoslanishi taqozo etadi. Talabalarda ta’limiy faollikni oshiruvchi omillardan biri – innovatsion texnologiyalar bo`lib bu texnologiyalar interfaol metodlarni qo`llash orqali amalga oshirilishi ekanligi nazarda tutilsa, seminar mashg‘ulotining tarkibiy tuzilmasida ushbu metodlar yordamida bajaraladigan topshiriqlarning bo‘lishi kutilgan natijaga erishishni ta’minlaydi. Interfaol metodlar turli murakkablikdagi o‘quv materiallarini juftlikda, kichik guruhlar va katta guruhda talabalar tomonidan birgalikda, o‘zaro o‘zlashtirish imkonini beradi. Talabalarning bilish imkoniyatlarini oshirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda interfaol metodlarning o`ni va ahamiyati kattadir.Zero, interfaol metodlar zamonaviy ta’limda ta`lim oluvchilarning bilish faolligini oshirish, ularda ta’lim olishga bo‘lgan amaliy ko`nikmalarni shakllanishidagi rag`batni kuchaytirish imkoniyatiga ega. Interfaol metodlar yordamida o‘zaro juf ta`lim oluvchilarning juftlikda, kichik va katta jamoalarda ta’lim olishlari esa ular tomonidan o‘quv masalalarining har tomonlama tahlil qilish imkonini beradi. Shu sababli fan o‘qituvchilari pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda interfaol metodlarni samarali qo‘llashlari maqsadga muvofiqdir. Quyida pedagogika nazariyasidan “Fuqarolik tarbiyasi”dagi seminar mashg`ulotining innovatsion texnologiyalarini qo`llash tajribasini keltiramiz: I.Blts-so`rovlar o`tkazish: 1.Fuqaro kim? 2. Fuqarolik tarbiyasi tarifini ayting va tushuntiring. 3.Fuqarolik tarbiyasi maqsadi? 4. Fuqarolik tarbiyasi vazifalari? 5. Respublika bosh qonunida shaxsning qanday huquqlari kafolatlanadi? 6. Davlat ramzlari nima va uning ijtimoiy ahamiyatini ayting. 7. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish yo`l va usullarini tushuntiring. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling