ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqat-lanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar Shuningdek, individual mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va shirkat (o‘rtoqlik)ga birlashib ishlovchi jismoniy shaxslarni ham kichik biznes subyektlari qatoriga kiritdi.
Yuqorida keltirlgan Farmonga asosan kichik korxonalar jumlasiga qo‘ydagilar kiradi:
yengil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozliq yog‘ochni qayta ishlash , mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati ishlab chiqarish tarmoqlaridagi band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 100 kishigacha bo‘lgan korxonalar (2004 yil 1 yanvarga qadar 40 kishidan oshmagan);
mashinasozliq metallurgiya, yoqilg‘i energetika va kimyo sanoati korxonalarida 50 kishigacha (ilgari 40 kishi)
qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ish-lash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalari korxonalarida ishlayotgan xodimlari soni 50 kishigacha (2004 yilgacha 20 kishidan oshmagan)
fan- ilmiy xizmat ko‘rsatish , transport, aloqa , xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bolmagan sohalaridagi band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 25 kishigacha (ilgari 10 kishi) bo‘lgan korxonalar kiradi.
Kichik biznesda jamoa korxonalari bunyod etish keng tarqalmoqda. Jamoa korxonasi-bu shunday xo‘jalik shakliki, unda olinadigan foyda uning mehnat jamoasiga tegishli bo‘ladi. U quyidagicha tashkil bo‘lishi mumkin: mehnat jamoasi tomonidan davlat mulkini sotib olish yo‘li bilan; uncha katta bo‘lmagan davlat korxonalarini jamoa korxona-lariga aylantirish yo‘li bilan; jismoniy va yuridik shaxs-lar mulkini ixtiyoriy tarzda birlashtirish yo‘li bilan; davlat korxonalari mulkini(qaytarib bermaslik sharti bilan) mehnat jamoalariga berish yo‘li bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |