Реферат 26-бик-12 гурух талабаси Наманган 2015 йил Д. Муминова асс. Р. Мавлонов
Download 165.19 Kb.
|
oldindan-zo0riqtirilgan-temir-beton-buyumlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- У-\-- ,я^ •
1 7 & * ketishidan ilgari <^=^lsEs=0,2-10' 3 -2 -10=40 MPa dan ko'p bo'lmaydi; bu esa foydalanish chog'idagi kuchlanishdan bir necha marta kamdir. Betondagi darzlarning kengligi kuchlanish as=150...170 MPa bo'lganda ham 0,1...0,2 mm dan oshmaydi. Armaturadagi kuchlanishning ortishi betondagi yoriqlar kengayib boradi va kuchlanish 400-500 MPa ga yetganda darzlarning kengligi yo'l qo'yilmaydigan darajaga yetadi. SHunday qilib, oddiy temirbetonda yoriqlarning haddan tashqari kengayib ketishi o'ta mustahkam po'latlardan samarali foydalanish imkonini bermaydi. Oldindan zo'riqtirilgan konstruktsiyalarning afzalligi ularning yoriqbardoshligi va bikrligi yuqori darajada ekanligidadir. Ana shu xossa tufayli o'ta mustahkam po'lat va У-\-- ,я^ • // J ^Ж^хх-^ " / « <5sf К , \ Vy 1-rasm. Oldindan zo'riqtirishni hosil qilish usullari. a-armaturani tayanchga tortish; b-tayyor element; v-uzluksiz armaturalashda tayanchga tortish; v-armaturani betonga tortish; d-tayyor element. 1-qolip; 2-armatura; 3-tayanch; 4- domkrat; 5-qotgan beton; 6-poddon; 7-poddon shtirlari; 8-quvurchalar; 9-qichqich; 10-kanal; 11-anker; 12-to’ldirilgan kanal. Oldindan zo'riqtirilgan konstruktsiyalarni tayyorlash uchun ko'p mehnat sarflanadi, maxsus uskunalar hamda yuqori malakali ishchilar talab etiladi; bular uning kamchiligi hisoblanadi. Oldindan zo'riqtirilgan konstruktsiyalarda faqat siqilish emas, balki cho'zuvchi kuchlanishlar ham uyg'otadigan qo'shimcha kuchlar (masalan, siquvchi kuchlar) mavjud bo'ladi; bu kuchlar konstruktsiyani tayyorlash va montaj qilish jarayonida yoriqlar paydo qilishi mumkin. Taranglangan armaturadan betonga uzatiladigan kuchli zo'riqish betonning ayrim yerlarini (masalan, elementlar uchi ankerlar ostini) yemirish, hamda beton bilan armatura orasidagi yopishuvga putur yetkazishi mumkin. Maxsus konstruktiv choralar qo'llash orqali bu hodisalarning oldini olsa bo'ladi. Oldindan zo'riqtirilgan konstruktsiya tejamkorligiga baho berishda shuni unutmaslik kerakki, iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko'rsatkichi keltirilgan xarajatlar va konstruktsiyaning amaldagi narxidir. Konstruktsiyaning iqtisodiy samaradorligiga faqat beton bilan po'latning sarfiga qarab baho berib bo'lmaydi, chunki bu ko'rsatkichlar konstruktsiya narxining atiga 60% tashkil etadi xolos. SHuning uchun ham oldindan zo'riqtirilgan temirbeton konstruktsiyalarning tayyorlash texnalogiyasini takomillashtirish va arzonlashtirish masalasi eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Oldindan zo'riqtirilgan temirbeton konstruktsiyalarida oldindan zo'riqish hosil qilishning ikki usuli ko'llaniladi (12.1-rasm). Birinchi usul: Tayanchlarda taranglash, eng industrial usul hisoblanadi. SHuning uchun temirbeton konstruktsiyalari zavodda oldindan zo'riqtirib chiqarishda bu usul asosiy o'rinni egallaydi. Tayanchlarda taranglashda betondan oldin qolipga armatura o'rnatiladi. Bunda armaturaning bir uchi mahkamlanadi, ikkinchi uchi esa domkrat yoki boshqa moslama bilan belgilangan kuchlanishgacha taranglanadi (mexanik taranglash), qolipga yotqizilgan beton ma'lum mustahkamlikka yetgandan so'ng armatura tayanchlaridan bo'shatiladi. Natijada kuchlanish armaturadan betonga uzatiladi va uni siqishga harakat qiladi. Mexanik zo'riqish o'rniga elektr energiyasi bilan qizdirish (300-400 °S gacha) usulida zo'riqtirish ham mumkin. Elektr energiyasi bilan qizdirganda armatura sterjenlarga oldindan ugoloklar mahkamlangan bo'ladi. Bunday elektrotermik taranglashda sterjenlar qizigandan keyin darhol tayanchlarga joylashadi. SHunday qilinganda tayanchlar sterjenlarning sovib qisqarishiga to'sqinlik qiladi. Natijada sovugan sterjenlarda oldindan cho'zuvchi kuchlanishlar hosil bo'ladi. Download 165.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling