Referat azizova S. I. Sirdaryo viloyati Sirdaryo stansiyasidan uzunligi28 km LI temir yo’l uchastkasi qurilishini tashkil etish loyihasini ishlab chiqish. Tayanch iboralar
Download 0.67 Mb.
|
Azizova S Diplom ishi tahrir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2.9. Raqobotdosh variantlarni taqqoslash
- 3.3. Asosiy ishlarni bajarish texnologiyasi va mexanizatsiyasi
- 3.3.2. PK223+00dan PK227+00 gacha EO-6111 markali ekskavatorli komplekt yordamida ko‘tarmani barpo etish texnologiyasi
3.2.9. Raqobotdosh variantlarni taqqoslash Asosiy yer ishlarini bajarishning variantlar bo‘yicha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari quyidagi tartibda aniqlanadi: a) uchastkadagi yer ishlari hajmi Vuch, m3; b) er ishlarini bajarishdagi mexnat sarfi Ksm, kishi-soat; v) bir smenada mexanizatsiyalashgan va qo‘lda bajariladigan ishlarni bajarish uchun uchastkadagi ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj Kum odam-kun: (68) bu yerda t – ish smenasi davomiyligi, soat; g) smena davomida bir ishchiga to‘g‘ri keladigan er ishlarini ishlab chiqarish qiymati b, m3/kishi-kun: (69) Ko‘rib chiqilayotgan variantlar bo‘yicha hisoblab aniqlangan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar 18-jadvalga jamlanib, ko‘rsatkichlar taqoslanadi va ishlab chiqarish uchun eng optimal variant tanlanadi. 18-jadval. Uchastkadagi yer polotnosini barpo etishda asosiy yer ishlarini bajarish texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqoslash.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqoslanib I-variantdagi mashina komplektlari iqtisodiy jihatdan ma’qul topildi. 3.3. Asosiy ishlarni bajarish texnologiyasi va mexanizatsiyasi 3.3.1 PK247+39 dan PK270+00 DZ-115 markali o‘zi yurar skreperli komplekt yordamida o‘ymadan ko‘tarmani barpo etish texnologiyasiQuyidagi uchastkada etakchi mashina sifatida DZ-115 markali o‘zi yurar skreper mashinalari tanlangan. CHo‘michining hajmi q=8 m3 skreper mashinalar komplekti yordamida ko‘tarmani barpo etish texnologik jarayoni. Grunt o‘ymalarda skreperlar bilan ishlov berilib, bo‘ylama tashish yo‘li bilan ko‘tarmaga toshiladi va qatlam-qatlam qilinib to‘kilib zichlanadi. Zohiralarda grunga ishlov berilib ko‘ndalang tashish yo‘li bilan ko‘tarmaga toshiladi va qatlam-qatlam qilinib to‘kilib zichlanadi. Zaboyda skreper bilan erga ishlov berishda, skreper cho‘michining tishlari chuqurlanishi, uning to‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi. CHo‘michining to‘lishi, uning hajmiga va erni qirqish qatlamining qalinlagiga bog‘lik bo‘ladi. Skreperga ortiqcha kuch sarf etmasdan, cho‘michini to‘lishi boro uning pichog‘ini ko‘tarish, kesilayotgan grunt qatlamining balandligini kamaytirish, unga traktor bilan yordam beriladi.DZ-115 markali o‘zi yurar skreper komplekt yordamida ko‘tarmani barpo etish texnologiyasi to‘liq jarayoni 3-ilovada keltirilgan. 3.3.2. PK223+00dan PK227+00 gacha EO-6111 markali ekskavatorli komplekt yordamida ko‘tarmani barpo etish texnologiyasi Quyidagi uchastkada etakchi mashina sifatida ekskavator EO-6111tanlangan. CHo‘michining hajmi q=1.25m3 ekskovator-transportli komplekt yordamida o‘ymadan ko‘tarmani barpo etish texnologik jarayoni. Grunga o‘ymalarda ekskovator bilan ishlov berish, gruntni avtosamosvallarga yuklash, ko‘tarmalarga tashish, to‘kish, qatlam-qatlam qilib tekislab zichlash ishlaridan iborat. O‘ymaga yonbosh qazish usulida, transport vositalari ekskovator yonboshida joylashgan bo‘lib gruntga ishlov beriladi. Zaboyning balandligi ekskavatorning pasportida ko‘rsatilgan eng katta qirqish balandligidan oshmasligi kerak, ekskovatorning o‘lchamlariga bog‘langan holda ko‘ndalang kesim o‘lchamlari aniqlanadi. Ekskavatorning o‘qidan zaboyning yonbosh nishabligigacha masofa ekskovatorning eng katta qirqish radiusida 0,4-0,5m kam bo‘lishi kerak. Ko‘tarmalarga grunt “kolsovoy” yoki oylanma usulida olib borib, qatlam-qatlam to‘kiladi, buldozerlar yordamida tekislanadi va katoklar bilan zichlanadi. Bu usulda ko‘tarma eni bo‘yicha ikkita zaxvatkaga ajratiladi. Birinchi zaxvatkada grunt to‘kilib zichlanadi. Ikkkinchi zaxvatka (yo‘lak)da avtosamosvallar qatnaydi. Bu yo‘lakni yuklangan avtosamosvallar boshidan ohirigacha bosib o‘tib birinchi yo‘lakka, orqaga yurish berib gruntni to‘kadi. YUksiz transport oldingi harakatlanib ko‘tarmada eng yaqin joylashgan tushadigan joylardan foydalanib pastga haraklanadi va ekskovator ishlab turgan joyga yo‘naladi.EO-5122 markali ekskavator komplekt yordamida ko‘tarmani barpo etish texnologiyasi to‘liq jarayoni 4-ilovada keltirilgan. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling