3.2.3. Vaqtinchalik avtomobil yo‘llarini qurish
Avtotransportning trassa bo‘ylab xarakatlanishi ta’minlash maqsadida doimiy avtoyo‘llar bo‘lmagan yoki ancha uzoqdan o‘tgan uchastkalarda trassa oldida vaqtinchalik avtomobil yo‘llari qurish ko‘zda tutiladi.
Trassa oldida transport xarakatlanadigan qatnov qismi eni 7 m, yo‘l chekkasi eni 1,0 m bo‘lib, 0,25 m qalinlikdagi shag‘al qatlami yotqizilgan avtoyo‘llar quriladi [4]. Vaqtinchalik quriladigan avtmiobil yo‘lning ko‘ndalang kesimi 9-rasmda keltirilgan.
Vaqtinchalik avtomobil yo‘llari qurilishiga berilgan vaqtni quyidagi formula asosida aniqlanadi:
T3= Σ S / Pum* N* n, kun (43)
bu erda: Σ S –qurilidigan vaqtinchalik yo‘llar umumiy yuzasi, m2.
Σ S=L*b, m2 (44)
Σ S=4000 *7 =28000 m2
Pum −avtogreyderning ish unumdorligi, Pum 5200m2/smena
N- etakchi mashinalar soni.
n - bir sutkada smenalar soni.
T2= 28000/5200*2*1=2.7≈ 3 kun
7-rasm. Vaqtinchalik avtmiobil yo‘llarining ko‘ndalang kesim ko‘rinishlari.
Qurilishga tayyorgarlik ishlari davomiylig 2 kun davom etiladi, unda ishlar parallel olib boriladi.
Tayyorlov ishlarining davomiyligi asosiy ishlar davomiyligini 20% dan oshmasligi lozim. SHart bajarilmaganda mashinalar yoki sutkada smenalar soni oshiriladi.
Tayyorgarlik ishlarini davamiyligi
Tt=T1+ T2=1+2=3 kunga teng
Tt≤ 0.2 Tas , ya’ni 3 ≤ (0.2 *24 ) shart bajarildi.
3.2.4. Asosiy yer ishlarini bajarish
Asosiy er ishlari quyidagi ishlardan tashkil topgan.
Bo‘ylama profilni tahlil qilish.
Yer ishlari hajmini aniqlash.
Yer polotnosi konstruksiyalarini tayinlash.
Yer ishlarining piketlararo hajmlar grafigini tuzish.
Yer massalari hajmini tahsimlash. Ishchi uchastkalarida ish bajarish usullarini tanlab olish. Gruntning tashish o‘rtacha masofasini aniqlash.
Bir ishchi uchastkasida yer polotnosini barpo etish ishlarini bajarishning raqobatbardosh variantlarini taqqoslash.
Bir ishchi uchastkasida yer polotnosini barpo etish ishlarini ekskavator, skreper yoki buldozerlar yordamida bajarishning texnologiyasi (talaba tanlagan ikkita uchastkada).
Do'stlaringiz bilan baham: |