Referat. Bajardi: ta’lim yo‘nalishi


Xavflar daraxti" ning sxemasi


Download 152.5 Kb.
bet2/5
Sana17.08.2023
Hajmi152.5 Kb.
#1667746
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
18 nomer

Xavflar daraxti" ning sxemasi.
Xavflarni o’rganish tartibi uch xil bo’ladi:
I.Bosqich- - xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi:
1 -qadam xavf manbalarini aniqlash.
2-qadam xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash.
3-qadam tahlilni chegaralash, ya’ni tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
II. Bosqich - xavfli xolatlarning ketma-ketligini aniqlash, xodisa va xavflar "daraxtini" (shajarasini) tuzish.
III. Bosqich – oqibatlarni tahlil qilish. Misol tariqasida kran-balka ilgagidan yukning tushib ketish xodisasi sabablarini aniqlash daraxti sxemasi keltirish mumkin; Kran-balka ilgagidan yukning tushib ketishi > Saqlagich qulfining yo`qligi Fiksator kuchining yo`qolishi Chiqish yoki kirish > Trosning uzilishi > Texnik nazoratning yo`qligi > Trosning zanglashi (korroziyasi). "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo’ladi. Bu xavfsizlikning murakkab masalalarini xal qilish yo’llarini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir.O’zaro ta’siri bilan aniq bir maqsadga erishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi - sistema deb ataladi. Qism - (komponent) - deganda birgina moddiy obyektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik sistemasining misoli tariqasida ko’rinishi mumkin.Tarkibiga odam ham kiradigan sistema - ergatik sistema deb ataladi.Ergatik sistemaning misollari "odam-mashina", "odam-mashina-atrof muhit".Sistemalash printsip xodisalarga o’zaro bog’liq ravishda bir dasta yoki to’plam (yig’indi) tariqasida qaraydi.Sistema beradigan maqsad yoki natija sistema yaratuvchi element deb aytiladi. Masalan, yong’in - yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. Bu yerda yong’in sistema, yonuvchi modda, oksidlovchi, yondiruvchi uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, sistema buziladi. Sistemada bor sifat uning elementlarida bo’lmaydi. Bu sistemaning muhim xususiyati bo’lib, xavfsizlik masalalari taxlili asosida joylashgan.Ko’ngilsiz voqealarning paydo bo’lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik sistemasi tahlilining asosiy maqsadidir."Sabablar va xavflar "daraxti" - sistema tariqasida.Har qanday sabab(lar) natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi.Sababsiz chinakam (haqiqiy) xavf ham zarar ham yo’q. Demak, xavfdan saqlanish uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan.Sodir bo’lgan xavflar bilan sabablar o’rtasida sabab - oqibat aloqasi bor. O’z yo’lida bir sabab ikkinchi sababiy oqibat bo’lib chiqadi va h.k. Shunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon sistemani yaratadi. Bunday grafik ko’rinishi (tasvir) shoxli daraxtga o’xshaydi. Xorijda "Sabablar daraxti", "Inkorlar daraxti", "Xavflar daraxti" va bo’lak har xil "daraxtlar" degan tushuncha va u "daraxtlar"ni tuzish uchun kerakli raqamlar mavjud. Quriladigan "daraxtlar"da sabab shoxlari va xavflar shoxlari bor. Ularni o’zaro ajratib tashlash mumkin emas. Shuning uchun xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan daraxtni "sabablar va xavflar" daraxti deb atash lozim.

Download 152.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling