Referat bajardi: Tekshirdi: Reja adabiyotlar 622452 ta videodars 982 ta audiokitob 2205 ta


Qo’lqanotlilar (Chiroptera) turkumi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana16.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1488585
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sut emizuvchilar sinfiga umumiy tavsif

Qo’lqanotlilar (Chiroptera) turkumi sutemizuvchilarning havoda
uchib yurishga moslashgan birdan—bir guruhidir. Bularning uchish
organi — qanotlari oldingi oyoqning nihoyatda uzaygan barmoqlari,
yelka, yelka oldi, tanasining yon tomonlarini, keyingi oyog'i va dumini
tutashtirib turadigan junsiz teri pardadan tashkil topgan. Qushlardagi
singari to’sh suyagining oldingi yuzasida ko’krak toj suyagi bo’lib,
unga qanotni harakatga keltiruvchi muskullar birikadi.
Qo’lqanotlilar yer yuzasida keng tarqalgan, tunda faol hayot
kechiradigan 1000 dan ortiq turni o’z ichiga oladi. Ularning ko’zlari
yaxshi rivojlanmagan. Eshitish organiyaxshi rivojlangan va asosan aks
etgan ultratovushlarni qabul qiladi. Qo’lqanotlilar bizga eshitiladigan
odatdagi chiyillash tovushdan tashqari, ayrim impulslardan iborat 30000
dan 70000 gersgacha ultratovushlar chiqaradi. Impulslar tezligi
ko’rshapalakning biror buyumdan yoki ljasidan nechoglik narida
turganiga qarab o’zgaradi. Ko’rshapalaklar yakka yoki koloniya bo’lib
hayot kechiradi. Yil mavsumiga qarab o’rta mintaqada yashovchilari
migratsiya qilishadi. Qo’lqanotlilar turkumi mevaxo’r va hasharotxo’r
ko’rshapalaklar kenja turkumlariga bo’linadi.
Mevaxo’r ko’rshapalaklar yoki katta qanotlilar ancha katta hayvonlar
bo’lib, qanotlarini yoyganda 170 sm gacha yetadi. Afrika, Osiyo va
Avstraliyaning tropik mintaqalarida tarqalgan. Tishlarining chaynash
yuzalari yassilashgan va mevalar bilan ovqatlanishga moslashgan.
Hasharotxo’r ko’rshapalaklar birmuncha kichik, tishlarining uchi O’tkir,
quloq supralari katta bo’ladi. Markaziy Osiyo hududida taqaburun,mitti ko’rshapalak,
shalpangquloq ko’rshapalak, quloqdor shomshapalak va
tunshapalak tarqalgan.


(Nyctalus noctula)
18-rasm. Malla shomshapalak
(Chiroptera)
19-rasm. Qo’lqanotlilar turkumi vakillari

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling