Referat bajardi: Tekshirdi: Reja adabiyotlar 622452 ta videodars 982 ta audiokitob 2205 ta
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Sut emizuvchilar sinfiga umumiy tavsif
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuksak darrandalar
Haqiqiy darrandalar (Theria) kenja sinfiga xaltali va y ldoshli
sutemizuvchilar kiradi. Ularning hammasi tirik tug'adi. Bu kenja sinf 2 ta infrasinfga: 1. Tuban darrandalar (Metatheria); 2.Yo’ldoshlilar, ya'ni yuksak darrandalar (Eutheria)ga bo’linadi. Tuban darrandalar infrasinfi Xaltalilar (Marsupialia) turkumini o’z ichiga oladi. Xaltalilar sutemizuvchilarning qadimgi va primitiv turkumi bo’lib, yo’ldoshining asosan bo’lmasligi, shu sababli tug'ilgan bolasining nimjon bo’lishligi, bir juft qopchiq suyagi, urg'ochilarida bir juft bachadon bo’lishi va gavda harorati yuqori darrandalarga nisbatan pastligi bilan xarakterlanadi. Xaltalilar Avstraliya, Yangi Gvineya, Tasmaniya, Janubiy Amerikaning rmon, dasht va tog'larida tarqalgan. Xaltalilardan daraxtlarda yashaydigan Amerika opossumi, Tasmaniya qopchiqli bo’risi, qopchiqli ayiq yoki koala, qopchiqli olmaxon, qopchiqli kalamush, vombat, qopchiqli sichqon, qopchiqli chumolixo’r, kenguru va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Xaltalilar turkumiga 270 dan ortiq tur kiradi. Ularning tana harorati 34 dan 36°C gacha o’zgarib turadi. 16-rasm. Xaltalilar (Marsupalia) turkumi vakillari Yuksak darrandalar infrasinfi yer yuzida keng tarqalgan sut emizuvchilarning asosiy turkumlarini ichiga oladi. Ularda hech qachon qopchiq suyagi bo’lmaydi, yo’ldoshi yaxshi rivojlangan. Yuksak darrandalar 18 turkumga b linadi. O’zbekistonda sutemizuvchilar sinfining 108 ta turi uchraydi. Hasharotxo’rlar (Insectivora) yo’ldoshli sutemizuvchilarning eng primitiv turkumi hisoblanadi. Miya yarim sharlari ancha kichik va yuzasi silliq bo’ladi. Tishlari ixtisoslashmagan, bachadoni shoxli, tumshug'ining uchida harakatchan xartumchasi bo’ladi. Ular mayda va o’rtacha kattalikdagi hayvonlar bo’lib, tuproq ichida, yerda va daraxtlarda yashaydi. Avstraliyadan tashqari barcha qit’alarda tarqalgan bo’lib 370 ta turni o’z ichiga oladi. Ularga tipratikanlar, tuproqda in qazib yashashga moslashgan krotlar, barg va xaslar tagida yashovchi yerqazarlar (uzunligi 4 sm), suvda yashashga moslashgan va qimmatbaho mo’yna beradigan vixuxol, Madagaskar orolida yashovchi tenereklar, Afrikada tarqalgan uzun oyoqlilar va Janubiy Osiyo o’rmonlarida yashovchi tupaylar kiradi. O’zbekistonning cho’l mintaqasida tipratikan bilan yerqazarlar keng tarqalgan. 17-rasm. Hashorotxo’rlar (Insectivora) turkumi vakillari Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling