Referat bajardi: Tekshirdi: Reja adabiyotlar 622452 ta videodars 982 ta audiokitob 2205 ta


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana16.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1488585
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sut emizuvchilar sinfiga umumiy tavsif

 
Yirtqichlar (Carnivora) turkumi vakillari asosan tirik hayvonlar
bilan oziqlanadi. Ularning tishlari va barmoqlaridagi tkir timoqlari
boshqacha tuzilgan. Kurak tishlari mayda, qoziq tishlari yaxshi
rivojlangan, oziq tishlarining yuzasi doimo bo’rtmali bo’ladi. Ular
jag’ining oxirgi soxta oziq tishi va pastki jag'ining birinchi haqiqiy
oziq tishi zining kattaligi bilan boshqa tishlardan ajralib turadi, bular
yirtqich tishlar deb ataladi. Tirnoqlari yaxshi rivojlangan va ba'zan
ichiga tortiladigan bo’ladi.
Bu turkumga Janubiy Osiyo va Afrikada tarqalgan viverralar,
mangustlar, sirtlonlar; mushuklar oilasiga mansub yo’lbars, Afrika arsloni,
qoplon, bizda tarqalgan ilvirs, silovsin, mushuklar; suvsarlar oilasiga
mansub bo’rsiq, suvsarlar, sassiqqo’zanlar, norka, qunduz; ayiqlar oilasiga
mansub qo’ng'ir ayiq, qora ayiq, oq aylq; bo’rilar oilasiga mansub
tulki, oq tulki, chiyab ri, yenotsimon it, bo’ri va boshqa bir qancha
turlar vakil bo’ladi. Bulardan suvsarlar oilasining ko’pchilik turlari va oq tulkilar
qimmatbaho mo’yna beruvchi hayvonlar hisoblanadi. Umuman, yirtqichlar turkumiga 240
ta tur kiradi.
22-rasm. Yirtqichlar (Carnivora) turkumi vakillari
Kurakoyoqlilar (Pinnipedia) turkumi vakillari o’zlarining tuzilishi va kelib chiqishiga
ko’ra yirtqichlarga ancha yaqin turadi. Hayotini
asosan suvda o’tkazadi, faqat dam olish, qo’shilish, bola tug'ish va tullash vaqtida suvdan
qirg'oqqa, yoki muzliklarga chiqadi. Jun qoplami
kalta va qattiq sochlardan iborat bo’ladi. Teri ostida qalin yog' qatlami
bo’ladi. Gavdasi torpedasimon bo’lishi, oyoqlari shaklan o’zgarib, suzgich
kurakka aylanganligi, tishlarining bir xilda konussimon bo’lishi, quloq
supralari yaxshi taraqqiy etmaganligi, dumining juda kichik bo’lishi
kurakoyoqlilarning suv muhitida moslashganlik belgilari hisoblanadi.
Kurakoyoqlilar turkumiga 30 dan ortiq tur kiradi. Shimoliy muz okeani,
Tinch va Atlantika okeanlarining qirg'oqlarida kurakoyoqhlardan dengiz
mushuklari, uzunligi 3 —4 m va og'irligi 1,5 t gacha boradigan morjlar,
grenland tyuleni, kaspiy tyuleni va boshqa turlari yashaydi.


Janubiy yarim sharda esa bo’yi 6 m va og'irligi 3000 kg keladigan
dengiz fillari tarqalgan. Kurakoyoqlilar go’sht, yog', dandon suyagi
(morj), terisi (dengiz mushugi) uchun ovlanadi.
23-rasm. Kurakoyoqlilar( Pinnipedia) turkumi vakillari

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling