Referat mavzu : Nerv tizimi a’zolarining gistofiziologiyasini o’rganish
Download 364.68 Kb. Pdf ko'rish
|
nerv tizimi azolarining gistofiziologiyasini organish
Opqa miya.
Orqa miya ko’ndalang kesimi anatomik ikki simmetrik o’ng va chap qismdan iborat. Bu qismlar opqa miya oldingi soxasidagi chuqurcha va orqa soxasidagi biriktiruvchi to’qimali, o’siq xosil bo’ladi. Miya moddasi markazida kulrang modda, chekkasida oq modda joylashadi. Kulrang (bir tekis bo’yalmaydi) modda (ventral o’simtalarga ega bo’lib) oldingi va opqa shoxlarni hosil qilishda ishtirok etadi. Ko’krak soxasida yon shoxlar ham mavjud. Kulrang modda markazida ependimogliya bilan o’ralgan opqa miya kanali joylashadi. Oq moddada oldingi o’rta tirqish va kulrang modda oldingi щox orasida oldingi ustunga biriktiruvchi to’qimali to’siq va ketingi shox orasida orqa ustunga: oldingi va ketingi shox orasida yon ustunchalar joylashadi. Orqa miyaga orqa soxadan nerv tolalarining to’plami-orqa ildiz kiradi.Orqa miyaning kulrang moddasi asosan neyrositlar, gliositlar, miyelinsiz va ingichka miyelinli tolalardan iborat. Oldingi shox yirik multipolyar neyrositlardan iborat, oldingi xarakat yadrlari joylashadi. Yon shoxlarda xam motor neyrositlar joylashadi, lekin ular bir muncha mayda bo’ladilar. Oldingi shoxda bir muncha dorzal joylashgan ichki vegetativ yadroni ko’rsatish mumkin. Orqa miya asosida Klark yoki dorzal yadro joylashadi. Bu yadro yirik tutamli xujayralardan iborat. Opqa shoxda opqa shoxning xususiy yadrosi joylashadi. Yon shoxda lateral oraliq yadro, assosiativ neyrositlar-vegetetiv nerv sistemasining effekt simpatik to’qimaning 1 neyroni xam joylashadi. Bundan tashqari, kuldrang moddaning turli qismlarida opqa miyaning kalta o’tkazuvchi yo’llarining (xususiy) yadrosi hosil qiluvchi xujayralarni xam kuzatish mumkin. Barcha neyrositlar shakliga qarab multipolyar xujayralardir. Bu xujayralar kattaligi va funksiyasi bilan bir-biridan farq qiladilar. Shakli va funksiyasiga qarab, orqa miya neyrositlari uch xilga ajratladi: 1.ildiz neyrositlari. Bu xujayra neyritlari opqa miyaning oldingi ildiz tarkibiga kiradi. 2 ichki neyrositlar.Ularning o’simtalari orqa miya kulrang moddasidagi xujayralarning aloqasini ta’minlaydi. 3.Tutamli neyrositlar.Ularning neyritlari orqa miya oq moddasida va bosh miyaning ayrim qismlarida o’tkazuvchi yo’llarning tutamlarini shakllantiradi. Orqa shoxlardagi yadrolardan tashqari glial asosga ega bo’lgan g’ovak qavat va mayda tutamli xujayralar xam neyrogliyadan iborat jelatinasimon modda farqlanadi. Opqa miyaning oq moddasi orqa miyaning o’tkazuvchi yo’lini shakllantiruvchi miyelinli tolalar tutamidan iborat bo’lib, ikki guruxga ajratiladi: 1.Orqa miya xususiy apparatining kalta yo’llari. U orqa miyaning turli segmentlari va opqa miya bilan bosh miya orasidagi aloqani ta’minlaydi. 2.orqa miyaning bosh miyaga ko’tariluvchi va bosh miyadan pastga tushuvchi , orqa miyaga impulslar olib keluvchi uzun o’tkazuvchi yo’llardir. Uzun ko’tariluvchi yo’llar orqa kanalcha orasi uzunchoq miyaga va miyachaga ko’tariladi.Pastga tushuvchi yo’l bosh miya po’stlog’ini, piramida yo’lini ekstrapiramida yo’lini orqa miyani xarakat neyrositlari bilan bog’laydi. Miya moddasini tashqi tomonidan tomirlar tutuvchi siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat miyaning yumshoq pardasi qoplaydi. Undan so’ng siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat, yupqa o’rgimchaksimon parda qoplaydi. Orqa miya tashqi tomondan elastik tolalarga boy zich briktiruvchi to’qimadan tuzilgan qattiq miya pardasi bilan o’raladi. Chaqalqlarda opqa miya nerv sistemasining boshqa qismlariga nisbatan yaxshi rivojlangan. Tug’ilishiga yaqin orqa miya kanali erkin yuzasida kiprik tutuvchi ependimiositdar bilan (kanallarda) qoplanadi. Bu kipriklar 5 yoshga kelganda yo’qoladi. Makro- va mikrogliyalar shakllanishi 6 oylikda tugaydi. Lekin to’liq shakllanishi 1 yoshda kuzatiladi. Chaqaloqlarda opqa miyaning xamma yadrolari mavjud bo’lib, neyrositlari mayda, ular pigment tutmaydilar. Chaqaloqlar nerv tolalarining miyelinlanishini kattalarga qapaganda ancha sust bo’ladi. Miyelinizasiya jarayoni 2-3 yoshga kelib yakunlanadi. Afferent tolalardan bu jarayon efferent tolalarga nisbatan tez boradi. Piramida yo’li tolalari 2-3 oylikda katta yoshdagilarga o’xshab qoladi. Yon tutam tolalari miyelinizasiyasi 4 yoshga kelib yakunlanadi.
Download 364.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling