BOSh MIYa. Bosh miya tarkibiga miya o’zagi (stvoli), miyacha, bosh miya yarim sharlari
po’stlog’i kiradi. Miya o’zagi, uzunchoq miya, miya ko’prigi, oraliq va oxirgi miyadan tashkil
topgan.
1. Uzunchok miya
2. Keyingi miya (ko’prik va miyacha)
3. O’rta miya
4. Oraliq miya
UZUNChOQ miya. Miya pufagining bir qismi bo’lib, undan bosh miyani opqa miya bilan
bog’laydigan yo’llar o’tadi. Undan tashqari uzunchoq miyada nafas, tomir, xarakat uglevod
alashinuvini nazorat etuvchi markazlar joylashadi. Oq modda o’tkazuvchi yo’llarni tashkil
etuvchi tolalardan iborat. Bazal yuzasida to’g’ri va kesishuvchi tutam tolalaridan iborat
piramidalar yotadi. Bazal va lateral yuzasi yaqinida Manakov tutami joylashgan lateral yuzasida
Manakov tutamini yopib turuvchi ventral opqa miya miyacha tutami kuzatiladi lateral yuzaning
yuqorigi qismidan dorsal opqa miya miyacha tutami o’tadi. Dorsal yuzasi kulrang moddasi
yoysimon tolalarga ega yupqa va ponasimon tutamli yadro xujayralaridan tuzilgan. Yupqa va
ponasimon tutamli yadro medial tomonda adashgan nerv yadrosi va undan ham medialrok esa,
til osti nervi yadrosi joylashgan. Uzunchoq miyada miyachaning qarama-qarshi tomoniga tolalar
uzatuvchi neyrositlardan tuzilgan olivalar ham mavjud.
Yadro oraliqlarini oq moddaga o’tib ketuvchi retikulyar-to’psimon formasiya egallaydi.
Uning neyrositlari asosan bir tekis taqsimlangan bo’lib, ularning o’simtalari katta yarim sharlar
po’stlog’ini, uzunchoq miya va miyacha yadrolarini umumiy sistemaga birlashtiradi. Retikulyar
formasiyada turli tomonga yo’naluvchi nerv tolalari yotadi va u opqa miya miyacha, bosh miya
po’stlog’i va gipotalamus bilan bog’langan murakkab reflektor markaz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |